Assonans
Assonans (lotinchadan assonare - uyg‘un jaranglash; fransuzchadan esa assonance - ohangdoshlik degan ma'nolarni anglatadi) - 1) she'riy nutqda (nasrda nisbatan kam) bir xil unlilar takroriga asoslangan ifodaviylikni kuchaytiruvchi vosita, takrorning fonetik sathdagi xususiy ko‘rinishi; she'rga xushohanglik baxsh etadi, musiqiylikni kuchaytiradi.
Geminatsiya
Geminatsiya yoki ikkilantirish (lotinchadan) fonetikada undosh tovushlarning davomiy talaffuz qilinishidir. Ritorikada geminatsiya - bu birgina o‘sha so‘zning yoki gap bo‘lagining uslubiy maqsadda takrorlanishidir. Geminatsiyada birgina element o‘z shaklini o‘zgartirmagan holda o‘quvchining e'tiborini o‘ziga qaratish maqsadida yoki talab qilinayotgan tovushli obrazni o‘ziga jalb qilish maqsadida takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |