Guruh: 1904 Talaba: Amirqulova Muxlisa
Download 1.68 Mb.
|
uslubiyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alliteratsiya
Fonetik uslubiyatFonetik stilistika tovushlarning bir-biriga bog‘lanish jarayonidagi ekspressiv-stilistik imkoniyatlarini, umuman, nutq tovushlarining ta'sirchanlik vositasi bo‘lib xizmat qila olish usullari va qonuniyatlarini o‘rganadi. Nutqda tovush va ohangdan foydalanish, ta'sirchanlikni kuchaytirish turlari xilma-xildir. Nutqni emotsional va ifodali qilishda alliteratsiya, assonans va tovush takrorlashning rang-barang ko‘rinishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Narsa va jonivorlarning tovushlariga taqlid qilish hodisasidan ham stilistikada fikrni bo‘rttirib ifodalash va unga ekspressiv tus berish uchun keng foydalaniladi. Badiiy matnni tahlil qilish jarayonida fonetik birliklarning estetik xususiyatlariga ham alohida e'tiborni qaratish zarur. She'riy matnda nutq tovushlarining estetik imkoniyatlari tez va qulay idrok etiladi. Chunki she'rda o‘ziga xos jozibador ohang bo‘ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo‘llash natijasida erishiladi. She'riyatda asosan, alliteratsiya (undoshlar takrori), assonans (unlilar takrori), geminatsiya (undoshlarni qavatlash) kabi fonetik usullardan foydalaniladi. Nasrda unlilarni cho‘zish, undoshlarni qavatlash, tovushlarni takrorlash, so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish, tovush orttirish yoki tovush tushirish kabi fonetik usullar yordamida ekspressivlik ta'minlanadi. Qahramonlar ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bo‘lish, xafa bo‘lish, rozilik, taajjub, yalinish, hayratlanish, kinoya, piching, kesatiq, olqish, so‘roq, ta'kid, qoniqmaslik, norizolik, tilak-istak, qo‘llab-quvvatlash kabi holatlarni aynan berishda yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usuli, fonografik vositalardan foydalanadilar. AlliteratsiyaAlliteratsiya (lotinchadan al - yonida, litera - harf degan tushunchani anglatadi) - she'riy nutqda (nasrda nisbatan kamroq uchraydi) bir xil undosh tovushlarning takrorlanishiga asoslangan ifodaviylikni kuchaytiruvchi vosita, takrorning fonetik sathdagi xususiy ko‘rinishidir. Alliteratsiya she'rning alohida satri yoki misradagi so‘zlar guruhini fonetik jihatdan ajratadi, natijada ularning ifodaviyligi ortadi, she'rning musiqiyligi, xushohangligi kuchayadi. Alliteratsiya nasrda kamdan-kam hollardagina kuzatiladi. Quyidagi misollarda j, b, g‘, q, sh, t, k undoshlarining takrorlanishi natijasida hosil qilingan undoshlar takrorini kuzatish mumkin: - Jer aylanib teqsimshilarning jetib qolg‘udek ko‘r Butun bet-boshim bij-bij bo‘ldi. Butun bet-boshim g‘uj-g‘uj ajin bo‘ldi. Bet-boshim bet-bosh bo‘lmadi - darz-darz yer bo‘ldi. Bet-boshim bet-bosh bo‘lmadi - qaqroq-qaqroq yer bo‘ldi. Bet-boshim bet-bosh bo‘lmadi - sho‘r-sho‘r yer bo‘ldi! (T.Murod) Bolalar folklorida alliteratsiyaga asoslangan tez aytish hamda aytishmachoq o‘yinlari bor. Tez aytishlar: Bir tup tut, tutning tagida bir tup turp. Tut turpni turtib turibdimi, turp tutni turtib turibdimi? G‘ani g‘ildirakni g‘ildiratdi. Oq choynakka oq qopqoq, Ko‘k choynakka ko‘k qopqoq. Aytishmachoqda esa ishtirok etuvchi bolalardan aynan bir xil tovush bilan boshlanadigan gap tuzish talab qilinadi. Boshqa tovush bilan boshlanadigan so‘z aralashtirib yuborgan ishtirokchi yutqazgan hisoblanadi va o‘yindan chiqadi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling