Guruh: 20/123 Talaba: Xamidova Gulxumor
Tasmasimon chuvalchanglar hazm qilish sistemasi reduksiyaga uchragan. Ular ichak bo‘shlig‘ida hazm bo‘ladigan oziq moddalarni butun tana yuzasi bilan so‘rib oladi. Mikrotrixlarga ega bo‘lgan tegument
Download 178.04 Kb.
|
XAMIDOVA GULXUMOR
Tasmasimon chuvalchanglar hazm qilish sistemasi reduksiyaga uchragan. Ular ichak bo‘shlig‘ida hazm bo‘ladigan oziq moddalarni butun tana yuzasi bilan so‘rib oladi. Mikrotrixlarga ega bo‘lgan tegument bunga yordam beradi.Ayirish sistemasi protonefridiy tipidagi buyraklar tana bo‘ylab o‘tadigan ikkita ayirish naychalaridan iborat. Naychalar tananing keyingi qismidan boshlanadi; oldingi bosh qismiga yaqinlashgach, yana orqaga burilib, tanasining keyingi qismiga ketadi va u yerda tashqariga ochiladi. Tasmasimon chuvalchanglarda yon ayirish naylari o‘zaro ko‘ndalang naylar orqali qo‘shilganidan ayirish sistemasi narvon ko‘rinishga ega. Tananing keyingi tomonida ayirish naylari birlashib kichikroq qovuqni hosil qiladi. Tasmasimon chuvalchanglar tanasining keyingi yetilgan bo‘g‘imlari bilan birga qovuq ham uzilib tushadi; yangi qovuq hosil bo‘lmasdan yon naylar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanadan tashqariga ochiladi.Nerv sistemasi kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi bir juft miya gangliylari va ulardan tana bo‘ylab orqaga ketadigan nerv tomirlaridan iborat. Nerv tomirlari ko‘ndalang nervlar bilan o‘zaro qo‘shilib, ortogon sistemasini hosil qiladi.Tananing ikki yonida joylashgan ikkita nerv tomirlari boshqalariga nisbatan kuchliroq rivojlangan. Nerv tomirlaridan tarqalgan tolalar teri ostida qalin nerv to‘rini hosil qiladi. Sezgi organlari tana yuzasida tarqoq joylashgan sezgir hujayralardan iborat. Bunday hujayralar skoleksda ayniqsa ko‘p bo‘ladi;Jinsiy sistemasi germafrodit, so‘rg‘ichlilarnikiga o‘xshash tuzilgan. Tasmasimon chuvalchanglarning har bir bo‘g‘imida jinsiy organlar takrorlanadi. Bo‘g‘imlarga bo‘linmagan tasmasimonlarning (Caryophyllaeus) jinsiy sistemasi bitta bo‘ladi. Quyida tanasi ko‘p bo‘g‘imlardan iborat bo‘lgan qoramol tasmasimon chuvalchangi (Taeniarhynchus saginatus) ning jinsiy sistemasini ko‘rib chiqamiz. Bo‘yindan keyin joylashgan yosh bo‘g‘imlarning jinsiy organlari rivojlanmagan. Bunday organlar tanasining o‘rta qismida, taxminan 200 segmentdan boshlab rivojlangan bo‘ladi. Bu bo‘g‘imlarda erkaklik jinsiy organlari parenximada sochilgan judako‘p urug‘donlar; ulardan boshlanadigan urug‘ chiqarish naylari va naychalar birlashib, hosil qiladigan umumiy urug‘ yo‘lidan iborat. Uryg‘ yo‘li bo‘g‘im chetida joylashgan kuyikish organi ichidan o‘tadi. Kuyikish organi muskulli naydan iborat bo‘lib, u yon tomondagi chuqurcha -jinsiy kloakaga kirib turadi (11-rasm).Download 178.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling