Guruh: 20/123 Talaba: Xamidova Gulxumor


Download 178.04 Kb.
bet4/6
Sana22.04.2023
Hajmi178.04 Kb.
#1380359
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XAMIDOVA GULXUMOR

 Qoramol va cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi (Taenia solium) lichinkalari tuxum ichida, serbar tasmasimon chuvalchangi (Diphyllobothrium latum) lichinkasi tashqi muhitda (suvda) rivojlanadi. Odatdatuxumdan olti ilmoqli lichinka -onkosfera chiqadi (12-rasm). Ba’zi chuvalchanglarning lichinkasi 10 ilmo­qli bo‘lib, likofor deyiladi. Lichinkaning bundan keyingi rivojlanishi o‘jayin almashtirish orqali boradi. Qoramol tasmasimon chuvalchangining tuxumi asosiy xo‘jayin (odam) ichagidan axlat bilan tashqariga tushganida tuxum ichida onkos­fera lichinkasi yetiladi. Lichinkali tuxumlar yem-xashak bilan oral­iq xo‘jayin ichagiga tushadi. Tuxumdan chiqqan onkosfera ilmoqlari yordamida ichakni yoki oshqozon devorini teshib, limfatik sistema yoki qon tomirlariga, undan esa har xil ichki organlar: ko‘proq jigar, ba’zan o‘pka, miya yoki boshqa organlarga o‘tib oladi. Bu organlarda onko­sfera mosh kattaligidagi pufaksimon davr -finnaga aylanadi. Finna tas­masimon chuvalchanglarning invaziyali (yuqumli) davri hisoblanadi. Tas­masimon chuvalchanglar finnasi besh xilda bo‘lib, sistitserk, protser koid, plerotserkoid, senur, yoki exinokokk deb ataladi.

Sistatserk ichi suyuqlik bilan to‘lgan pufakdan iborat. Pufak devorining bir cheti pufak bo‘shlig‘iga botib kirgan bo‘ladi. Bu joyda lichinkan­ing to‘rt so‘rg‘ichli boshchasi joylashadi. Finnalar ana shu holatda bir necha yil yashashi mumkin. Finna faqat asosiy xujayini, odam ichagiga tushgandan so‘ng rivojlanib voyaga yetadi. Yaxshi pishirilmagan finnali go‘sht yoki jigar odam ichagiga tushganida pufak ichidagi boshcha tashqariga chiqadi. Pufak yemirilib, lichinka boshchasi va bo‘yinchasi tez o‘sa boshlaydi. Bo‘yinchaning keyingi qismi ko‘ndalangiga bo‘linib ko‘plab, yangi yosh bo‘g‘imlar chiqaradi va uzun proglottidlar zanjirini hosil qiladi. Shunday qilib, qoramol tasmasimon chuvalchangining rivojlanishi xo‘jayin almashinishi va murakkab o‘zgarishlar, ya’ni onkosferani finnaga va finnani voyaga yetgan parazitga aylanishi orqali sodir bo‘ladi. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi (Taena solium) ning rivojlanishi ham xuddi shu tarzda sodir bo‘ladi. Serbar tasmasimon chuvalchangning rivojlanishi ikkita oraliq xo‘jayin orqali boradi. Odam ichagidan chiqadigan tuxumdan suvda sirti kipriklar bilan qoplangan olti ilmoqli lichinka - koratsidiy chiqadi. Koratsidiyni siklop yutganida u ichakda kipriklarini tashlaydi; ichak devori orqali siklop tana bo‘shlig‘iga o‘tib, chuvalchangsimon mayda lichinka -protserkoidga aylanadi. Lichinkaning keyingi qismida sharsimon o‘simtasi bo‘ladi. O‘simtaning shakli monogeneyalarning yopishuv serkomerasiga o‘xshab ketadi, unda oltita ilmoqcha joylashgan. Zararlangan sikloplarni cho‘rtan, nalim va ba’zi losossimon baliqlar yeydigan bo‘lsa, protserkoid baliqning tana bo‘shlig‘i, tuxumdoni, muskullari va boshqa organlaiiga o‘tib olib, serkomerasini tashlaydi va o‘sib plerotserkoid lichinkasiga aylanadi (13-rasm). Plerotserkoid 1-1,5 sm uzunlikdagi chuvalchang bo‘lib, tanasining oldingi qismi yon tomonida ikkita tirqishsimon so‘rg‘ichlari bo‘ladi. Plerotserkoid invaziyali (zararlovchi) davr - finnaga mos keladi. Zararlangan baliq go‘shtini odam, it yoki mushuklar yeganida plerotserkoid ularning ichagiga yopishib olib, 10-12 m gacha uzunlikdagi voyaga yetgan parazitga aylanadi.


Download 178.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling