Guruh: 20/123 Talaba: Xamidova Gulxumor


Download 178.04 Kb.
bet5/6
Sana22.04.2023
Hajmi178.04 Kb.
#1380359
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XAMIDOVA GULXUMOR

Exinokokk (Echinococcus granulosus, 14-rasm) finnasi ancha yirik bo‘ladi. Voyaga yetgan exinokokk uzunligi 2-6 mm; uning asosiy xo‘jayini it, bo‘ri, chiyabo‘ri va tulki hisoblanadi. Parazitning tanasi 3-4 bo‘g‘imdan iborat bo‘lib, asosiy xo‘jayiniga katta ziyon keltirmaydi. Asosiy xo‘jayini ichagidan chiqadigan onkosferali tuxumlari odam va ko‘pchilik o‘txur hayvonlar ichagiga tushganida lichinkasi ichak devoridan o‘tib, qon orqali jigar, o‘pka va ba’zan boshqa organlarga boradi va finnaga aylanadi. Exinokokk finnasi juda katta, bolaning boshidek yoki undan ham kattaroq bo‘lishi mumkin. Sigir jigarida 64 kg og‘irlikdagi finna topilgan. Exinokokk finnasi juda sekin, bir yil davomida taxminan 1 sm gacha o‘sadi. Pufak o‘sgan sayin uning ichida yangi birinchi, ikkinchi, uchinchi va hokazo tartibdagi pufaklar paydo bo‘ladi. Pufaklar devorida, va uning ichidagi suyuqlikda parazitning juda ko‘p boshchalari suzib yuradi. Odam (ko‘pincha yosh bo­lalar) it juniga tegib, exinokokkni yuqtirishadi. Itlar va boshqa yirtqich sut emizuvchilar exinokokk bilan zararlangan organlarni yoki kasal hayvonlarni yeb, parazitni yuqtiradi.

Tasmasimon chuvalchanglarning zarari. Tasmasimon chuvalchanglar odam va hay vonlarga katta ziyon keltiradi. Kasallik tug‘diruvchi ko‘pchilik chuvalchanglar Cyclophyllidea va Pseudophyllidea turkumlariga kiradi. Birinchi turkumdan ichak ligulasi (Ligula intestinalis, 15-rasm) baliqlarga ayniqsa katta zararetkazadi. Uning uzunligi 50-80 sm bo‘lib, karpsimon baliqlar (qora baliq, zog‘ora, oqcha, qizil ko‘z) tana bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi. Kasal baliqlar o‘sishdan qolib, ko‘pincha halok bo‘ladi. Voyaga yetgan ligulaning uzunligi 1 m 4 ga yetadi. U suvda suzuvchi va suv bo‘yida yashovchi baliqho‘r qushlarning ichagida parazitlik qiladi. Ligula tanasi bo‘g‘imlarga bo‘linmaydi, lekin germafrodit jinsiy organi tanasi bo‘ylab ko‘p marta takrorlanadi. Qush ichagidan suvga tushgan tuxumdan koratsidiy lichinkasi chiqadi. Lichinka birinchi oraliq xo‘jayin diaptomus qisqichbaqasi tana bo‘shlig‘iga o‘tadi. Uning ikkinchi oraliq xo‘jayini baliqlar diaptomus qisqichbaqasini yeb zararlanadi. Parazitning asosiy xo‘jayini boigan qushlar esa kasallangan baliqlarni yeb zararlanadi.


Download 178.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling