Guruh: bia-82-2 Bajardi: Axrorov Saidraxim Tekshirdi


Banklarding nomoddiy aktivlari hisobi


Download 109.51 Kb.
bet2/2
Sana23.03.2023
Hajmi109.51 Kb.
#1288524
1   2
Bog'liq
Axrorov Bank ishi

2.1. Banklarding nomoddiy aktivlari hisobi
Banklarning aktivlari moddiy va nomoddiy aktivlarga guruhlanadi, moddiy aktivlar natural ko'rinishga, vaznga va moddiy-ashyoviy buyumlar bo'lsa, nomoddiy aktivlar bu xususiyatlarga ega bo'lmaydi.
Nomoddiy aktivlar — bu moddiy-ashyoviy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, bir yildan ortiq foydali xizmat muddatiga ega bo‘lgan va bank xizmatlarini ko‘rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda foydalaniladigan nomonetar, identifikatsiyalanadigan aktivlardir.
Nomoddiy aktivlarga patentlar, mualliflik huquqlari, gudvill (goodwill), savdo markalari, kompyuter dasturiy ta’minoti, litsenziyalar va shu kabilar kiradi.
Agar dasturiy ta’minot tegishli uskunaning tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv sifatida qaraladi. Agar dasturiy ta’minot tegishli uskunaning tarkibiy qismi hisoblanmasa, u nomoddiy aktiv sanaladi.
2) Boshlang‘ich (haqiqiy) qiymat — nomoddiy aktivlarni xarid qilish va ishlab chiqishga haqiqatda qilingan xarajatlar, shu jumladan to‘langan soliqlar, bojxona bojlari va yig‘imlari, xizmatlar, shuningdek aktivni undan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun ishga yaroqli holga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan olib kelish va montaj qilish, o‘rnatish va boshqa xarajatlar summasi.
Nomoddiy aktivlar qiymatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri olib boriladigan xarajatlar masalan, yuridik xizmatlar uchun professional gonorarlarni o‘z ichiga oladi. Haqiqiy qiymatni aniqlash uchun barcha savdo chegirmalari va qaytarishlar chegiriladi.
Nomoddiy aktivlarning qayta baholashni hisobga olingan qiymati tiklash (tiklanish) qiymati deb ataladi. Aktivning buxgalteriya balansida tan olinadigan summasi balans qiymati deb ataladi.
3) Gudvill (goodwill) — bu yaxshi obro‘, “firma bahosi”. Gudvill xaridor tomonidan bankni xarid qilish paytida uning sof aktivlari (barcha aktivlar bozor bahosi va barcha majburiyatlar bozor bahosi o‘rtasidagi farq) qiymatidan yuqori to‘lanadigan summa sifatida aniqlanadi. Bu bankning xaridori bankni xarid qilish bank tomonidan ko‘p yillar mobaynida mijozlar, qarzdorlar hamda omonatchilar bilan o‘rnatilgan o‘zaro munosabatlarni xarid qilishni ham o‘z ichiga olishini tushunishini bildiradi.
4) Faol ikkilamchi bozor — narxlar barcha bozor qatnashchilariga oshkor (qulay) bo‘lgan va har qanday vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi sotuvchi va xaridorlarni topish mumkin bo‘lgan bozor.

Moddiy-ashyoviy ko'rinishga ega bo'lmagan, bir yildan ortiq foydali muddatiga bo'lgan va xizmatlarini ko'rsatishda yoki ma'muriy maqsadlarda foydalaniladigan nomonetar, identitikatsiyalanadigan aktivlar nomoddiy aktivlar hlsoblanadi. Xususan, nomoddiy aktivlarga patentlar, mualliflik huquqi, gudviU (goodwill), savdo markalari, kompyuter dasturiy ta'minoti, litsenziyalar va kabilar kiradi.
Banklarda nomoddiy aktivlar sotib olish, dasturchl xodimlar tomonidan va qonunchilikda taqiqlamagan boshqa yo’llarar bilan qilinadi. Haq xarid qilingan nomoddiy aktiv boshlang'ich (haqiqiy) qiymati bo'yicha baholanadi va hisobga olinadi. Nomoddiy aktivlarning tahliliy hisobi nomoddiy aktivlaming har bir turi ochiladigan tegishli shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
Banklar tomonidan chet el valutasida xarid qilingan nomoddiy aktivlar shu sanada Markaziy bank kursi bo'yicha milliy valutada aks ettiriladi va chet el valyutasi kursining o'zgarishi munosabati bilan baholanmaydi. Bank dasturchilari tomonidan yaratilgan nomoddiy aktiv balansda haqiqiy bo'yicha aks ettiriladi. Tekinga olingan nomoddiy aktivlar dastlab balansda (haqqoniy) qiymati bo'yicha aks ettiriladi.


  1. Bankda nomoddiy aktivlarni sotib olish bo'yicha oldindan to'lov amalga oshirilganda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.

Debet 19909 - «Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lar»
Kredit 10301 -«Markaziy bankdagi hisobvarag'i-Nostro» yok; sotuvchi mijozning hisobvarag'i.

  1. Nomoddiy aktivlar balansga kirim qilinganda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.

Debet 16541-«Nomoddiy aktil'lar»
Kredit 19909-«Tovar-moddiy qimmatliklar uchun to'langan mablag'lari».
v) Nomoddiy aktivlar ke1ib tushgandan keyin to'lov amalga oshirilsa, quyidagi buxgalteriya yozuvi bajariladi.
Debet 16541-«Nomoddiyaktivlar»
Kredit 29802 - «Tovar-moddiy qimmatliklar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun to'lanadigan mablag'lar».
g) Balansga kirim qilingan nomoddiy aktivlar bo 'yicha to'lov amalga oshirildi.
Debet 29802 - «Tovar-moddiy qimmatUklar va ko'rsatilgan xizmatlar uehun to'lanadigan mablag'lar»
Kredit 10301 -«Markavy bankdagi hisobvarag'i-Nostro» yoki sotuvehi mijozning hisobvarag'i.

  1. Tekinga yoki hadyaga oUngan nomoddiy aktivlar balansga kirim qilinganda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.

Debet 16541-«Nomoddiyaktivlar»
Kredit 30905 -«Tekinga oUngan mulklar».

Nomoddiy aktivlami qayta baholash, amortizatsiya qilish va balansdan chiqib ketishi bilan bog'liq operatsiyalar hisobi va rasmiylashtirilishi asosiy vositalardagi kabi amalga oshiriladi. Agar nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqli bo'lsa, xizmat muddati tugaganligiga qaramay bank ulardan foydalanishni davom ettirishi mumkin. Bunda nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblanmaydi.





Yirik makroiqtisodiy ko'rsatkichlari tahlil qilishni muhim vositasi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va bozor iqtisodiyotini tartibga solishga doir boshqaruv qarorlarini qabul qilish shuningdek, modellar va prognozlami Shlab chiqish uchun axborot manbai Milliy hisoblar tizimixloblanadi. Mohiyatan Milliy hisoblar tizimi milliy xoʻjalikning makrostatistik modell boʻlib, xo'jalik aylanmasi qoidalari asosida o'zaro muvofiqlashtirilgan va bozor iqtisodiyoti prinsiplariga javob bera oladigan makroko'rsatkichlar ylindisidan iborat. Milliy hisoblar tizimining jadvallari buxgalteriya hisob-kitoblarini yuritish uslubi bo'yicha tuziladi, ya'ni iqtisodiy operatsiyalar ikki tomonlama: resurs va foydalanuvchi tomonidan aks ettiriladi.
Hisoblarni tuzish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar eng avvalo korxona va xoʻjaliklarning buxgalteriya hisob-kitob tizimida yuzaga keladi. Lekin buxgalteriya hisob-kitob ma'lumotlarini oddiy biriktirish fagregirovaniye) Milliy hisoblar tizimini zaruriy ko'rsatkichlarini olish imkoniyatini bermaydi. Shuning uchun O'zbekiston respublikasida buxgalteriya hisobini takomillashtirish, olami xalqaro amaliyotda qabul qilingan qoidalarga o'tkazish maqsadida Jahon andozalariga Javob beradigan «hisob rejalarini tayyorlash va uni korxona va xoʻjaliklari amaliyotiga kiritish zarurdir. Bizning fikrimizcha, buxgalteriya hisobining hisob rejasining mazmuni va tuzilishi quyidagilarga qaratilgan bo'lishi kerak:
-korxonalarning ixtiyorida mavjud boʻlgan asosiy va aylanma fondlarning harakati, moddiy aktivlar, uzoq muddatli qo'yilmalar va rezerv fondlari to'risida umumlashgan ma'lumotlami olish va ularga tavsif berish;

-korxona va xoʻjaliklarning ustav faoliyati bilan bolangan harajatlar va ishlovchilarga ko'rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmatlarni ifodalovchi umumlashgan ma'lumotlarni to'plash;


-respublika va xorijiy davlatlar bankining hisob-valyuta va boshqa hisob- kitoblarida turuvchi qovoz pullar, milliy va xorijiy valyuta hisoblangan pul mabla larining mavjudligi va harakatini aks ettirish;
-korxona va xo'jaliklaring moliyaviy vositalari va ularning shakllanishi, moliyaviy faoliya natijalaridan (xorijiy mamlakatlardan) moliyalashtirilishi (bank kreditlari turli tadbirlar o'tkazish uchun xorijiy davlatlardan ajratilgan mablalar) to'risidagi ma'lumotlari umimlashtirish va tavsif berish.
Korxona va xo'jaliklarda moliyaviy faoliyatning to'la baholashning yagona yo'li buxgalteriya hisobini koʻrsatkichlarini bir xil asosga keltirishdir. Bu o'z navbatida mamlakat moliyaviy holatini obyektiv baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari ko'rsatkichlar tizimini yaratish uchun sharoit tayyorlaydi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi ko'rsatishicha, Milliy hisoblar tizimini joriy qilish statistika maʼlumotlarini turli yo'llar bilan olish mumkin: buxgalteriya va statistika hisobotlarini shakllarini berish orqali; iqtisodiy ro'yxatga olishlarni o'tkazish orqali; tanlanma tekshirish o'tkazish orqali va xokazolar. Ko'p hollarda tanlanma tekshirishlar ma'lumotlarni kam harajatlar va eng qisqa muddatlarda olish imkoniyatini beradi. Kelgusida ayniqsa ny xoʻjaliklari va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shuullanuvchilar xaqida maxalliy boshqaruv organlari va boshqalar xaqidagi maʼlumotlari to'plashda ularning qo'llanishi kengayishi zarurdir. Lekin yalpi hisob berishdan tanlanma tekshirishga o'tish extiyotlik bilan muhim ma'lumotdan va uning ishonchliligini yo'qotmasdan va dinamik qatorlarni ketma-ketligini ta'minlagan holda shu usulga o'tish asosiy shartdir. O'zbekiston respublikasida Milliy hisoblar tizimini keng miqyosda joriy qilish, amalda bo'lgan buxgalteriya hisobotlari tizimi va boshlan ich hisobni tubdan qayta qurishni talab qiladi. Chunki sobiq buxgalteriya hisobi tizimi MHT ning talablariga to'la javob bermaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda amalda boʻlgan buxgalteriya hisobi bilan sobiq ittifoq buxgalteriya hisobi o'rtasidagi tafovutlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Sobiq sovet buxgalteriya hisobida ba'zi birliklar, masalan, yerning qiymati, aksiyalar, korxonalarning aksiyalari to'risida ma'lumotlar yo'q. Asosiy fondlar qayta tiklash bahosida emas, balki to'la boshlang’ich bahoda hisobga olingan
2. Sobiq ittifoq buxgalteriya hisobini mavjud boʻlgan boshlangich axborotlari xizmat koʻrsatish sohasidagi qiymar ko'rsatkichlarini na mahsulot qiymatiga na moddiy harajatlarga qo'shiladi. MHT da esa xizmat koʻrsatish qiymatlari takror ishlab chiqarishning barcha bo'l inlarida hisobga olinadi. Masalan, qishloq xo'jaligining asosiy ko'rsatkichi bo'lgan wyah ishlab chiqarish qishloq xo'jaligining yalpi mahsulotlari bilan bir qatorda yerning mellorativ holatini yaxshilash, ximlyalashtirish, zootexnika va veterenariya, suv xo'jaligi va inshootlarini ekspluatatsiya qilish xizmatlarini ham qamrab oladi va shuning uchun bir nomdagi foyda ko'rsatkichlari o'zaro mos kelmaydi.
Sobiq sovet metodologiyasiga ko'ra fan rivoji, Ijtimoiy-madaniy va madaniy boshqaruv, takomillashtirish extiyojlari uchun sarflangan harajatlar ishlab chiqarishga kiritilmasdan, foyda hisobiga amalga oshirilgan harajatlar sifatida hisobga olinar edi.
MHT usuli bo'yicha bu harajatlar oraliq istemol ko'rsatkichga kiritiladi va shunga ko'ra qo'shilgan qiymat miqdori va foyda qisqaradi.
Buxgalteriya hisobini xalqaro tizimga tezlik bilan o'tkazish masalasi faqat statistika uchungina emas, balki soliq tizimi uchun ham dolzarbdir. Yangicha soliq to'lash (shuningdek to'langanligini nazorat qilish) unga mos keladigan buxgalteriya hisobi bolishini taqazo qiladi. Soliq tizimidagi islohatda asosiy yangilik qoʻshilgan qiymatga soliqni joriy qilinishidir. Bu ma'noda soliq islohati statistikaga yang tizimni kiritilishini ancha soddalashtiradi. Shunday qilib qo'shilgan qiymatga soliq va unga mos buxgalteriya hischi va hisoboti tizimini Joriy qilinishi Milliy hisobla tizimi uchun zarur bo'lgan axborotlami salmoqli qismini soliq xizmati yoki soliq deklaratsiyasi bilan moslashtirilgan maxsus statistik hisobotlardan olish imkoniyatini yaratadi. Ammo bundan MHT ni tuzish uchun barcha axborotlarga ega, botinell degan Kulosa kelib chiqmaydi. Chunki yana bir qancha qo'shimcha ma'lumotlar zarur va bu ma'lumotlar tanlanma Iqtisodiy ro'yxatlar - senzlar orqali olinib, ular muntazam o'tkazib turilishi lozim boʻladi.
MHT ga o'tish buxgalteriya hisobini xalqaro andozalar asosida o'zgartirishni talab etadi. Bu buxgalteriya hisobi bilan MHT ni asosiy ko'rsatkichlarini muvofiqlashishini ta'minlash kerak. Statistika amaliyotiga keng ko'lamli MHT ni joriy qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Shuni qayd etish lozimki, to'laqonli va xalqaro andozalarga javob bera oladigan Millly hisoblar tizimini joriy qilish birinchi navbatda ularni tuzish uchun foydalaniladigan ma'lumotlaming sifatiga borliqdir. Ko'pincha milliy hisoblamalardagi kamchiliklar ma'lumotlaming to'liq bo'lmaganligi yoki yo'qligi natijasida yuzaga keladi. Shu boisdan, statistika xizmatlarining birinchi navbatdagi vazifalari yangi usul va uslubiyatlardan foydalanib, yang turdagi koʻrsatkichlar tizimini yaratish, ma'lumotlami yish va qayta ishlash usullarini xalqaro andozalarga muvofiqlashtirilgan holda islox qilishdan iboratdir.
Buxgalteriya hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o'zgartirish keyingi vaqtlarda O'zbekiston uchun ham tobora dolzarb ishga aylanmoqda. Bunga, birinchidan, xalqaro bozorlarda ish olib boradigan kompaniyalar o'rtasida ini talab Ikkinchidan, xalqaro standartlarni chuqur o'rganish va ularni o'zbek amadiyotida keng qo'llanish zarurligi sabab boʻlmoqda. Bu sabab bo'lmoqda. Bu hol qonunchilik bazasini shakllantirishni, hisob metodologiyasini o'zgartirishni, kadrlarni tegishli tarzda tayyorlash va qayta tayyorlashni talab qiladi.

Xalqaro amaliyotda qabul qilingan standartlar va qoidalarga mos keluvchi buxgalteriya hisobi tizimi hisob shakllari va usullarini tanlashda korxonalarning mustaqilligini kengaytiribgina qolmasdan, hisob axborotining ishonchliligi uchun ularning ma'sullyatini ham oshita Oshkori hisobotni audit yordamida tasdiqlashning roli va ahamiyati ham oshadi. Bu axborot investitsiya va moliya faoliyatida turli bitim va shartnomala tuzish holida boshqaruvga doir qarorlar qabul qilish uchun ham asos bo'ladi.


Buxgalteriya hisobini o'zgartirish, O'zbekiston bozorida ish olib borayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi kompaniyalar uchun va chet el firmalariga, ularni ona kompaniyalarning Investitsiyalarni jalb etishni istay hisobotiga kiritish maqsadida; xoxy Istaydigan korxonala uchun; jahon savdo bozorlarida ishlashdan manfaatdor tashkilotlar uchun zarurdir. Ichki bozorda ishlayotgan tashkilotlar uchun o'z moliyaviy ahvoll va faoliyatining natijalari toʻrisida ishonchli, xalqaro standartlarga muvofiq o'zgartirilgan axborotni olish ham juda muhimdir.


Hozirgi vaqtda hisobotni o'zgartirishning ikki variantidan foydalanilmoqda. Birinchisi inflyatsiyani hisobga olib hisobomi o'zgartirish, ikkinchisi- valyuta kursining o'zgarishini hisobga olib hisobotni o'zgartirish.
«Giperinflyatsiya sharoitida moliyaviy hisobot degan 29- xalqaro standartdan foydalanishga asoslangan birinchi yondashuvning mohiyatl quyidagilardan iborat:
Moliyaviy hisobot inflyatsiyani hisobga oladigan, ya'ni hisobot tuzilgan sanada amal qilib turgan pul birliklarida taqdim etiladi. Buning uchun ma'lumotla umum ly xarid qobilyatining o'zgarishini aks ettiruvchi umumiy narxlar indeksi (general price index) yordamida qayta hisoblanadi. Shunday qilib, o'zbek so'mlarida tuzilgan hisobotni o'zgartirish jarayonida unga umumiy narxlar indeksi bo'yicha tuzatish kiritilishi, hisobot tuzilgan sanadagi kurs bo'yicha valyutaga o'tkazilishi va tegishli tarzda qayta guruhlanishi kerak.
Bunday yondashuv hisobga olinishi tavsiya etilayotgan xalqaro standartlarga javob bermaydigan bir qator ayrim moddalarni (masalan, asosiy vositalaring, nomoddiy aktivlarning amortizasiyasi) o'zgartirishni talab qiladi. Bunda eng murakkab ish real umumiy narxlar indeksini mpish va qo'llanilishi bilan bo'liqdir.
Hisoboting valyuta nuqtai nazaridan o'zgarishi yana o'sha 29 - standart tavsiyalari asosida yuz beradi. Bu standart Ishonchli umumiy narxlar indeksi ta'sirini hisobga olmagan holda baholashini valyutaning almashuv kursi o'zgarishi asosida amalga oshirishni taklif qiladi. Bu qoida «Valyuta kurslari oʻzgarishining ta'siri degan 21-xalqaro standarta qo'llashni taqozo qiladi. Mazkur standart moliyaviy hisobotning turli moddalarini qayta hisoblash uchun valyutalar kurslarini tanlab olishning quyidagi qoidasini belgilaydi: pul moddalari (Monetary items) hisobot tuzilgan sanadagi kurs bo'yicha qayta hisoblanadi; pulsiz moddalar satth olish qiymati bo'yicha aks ettiriladigan (non-Monetary Items) satth alish sanasidagi kurs bo'yicha qayta hisoblanadi (bu kurs tarixiy kurs deb ataladi); bozor qiymatida aks ettiriladigan pulsiz moddalar uni aniqlash sanasidagi kurs boʻyicha qayta hisoblanadi. ARXIVash
Shunday qilib, buxgalteriya hisoboti o'zgartirilganida so'mdagi ma'lumotlar valyutaga turli kurslar bo'yicha qayta hisoblanadi. Hosil bo'lgan farq "o'zgarish farqi" yoki "umumiy kurs farqi" deb nomlanadi va xalqaro standartlar tavsiya qilgan qoidalarga muvofiq hisobga olinadi. Bundan tashqari, ayrim moddalar hisobi xalqaro standartlarga mos bo'lmaganida ularga uzatishlar kiritiladi.
Buxgalteriya hisobotining asosiy vazifasi korxona mulkiy va moliyaviy ahvolini, shuningdek, uning faoliyatdagi moliyaviy natijalarni toʻri ko'rsatishdan iboratdir.
Hisob ma'lumotlarining to'riligi mezonini har bir mulkdor o'zi uchun belgilab oladi. Lekin chet- ellik sheriklarga ekspert-auditaning xulosasi zarur. Ekspert- auditor ushbu mezonlarning uzil-kesilligini, ularning asosliligini yoki tasdiqlanishi yoki rad etishi kerak
Shunday qilib, auditorlik xulosasi xatto mulkdorlar hisoblash metodologiyasiga turlicha yondashganlarida ham foydalanuvchilarga buxgalteriya hisobiga yetarli darajada ishonch bilan qarash imkonini beradi.
Buxgalteriya hisoboti tashkilotning tegishli davrdagi faoliyati haqida muntazamlashtirilgan molyaviy axborotdir. Ko'rsatkichlar tarkibi mol-mulk, sarmoya, majburiyatlar va moliyaviy natijalarining eng ahamiyatli qismlari yoritib berilishini ta'minlashi kerak:
Balans va boshqa hisobot moddalari tashkiloming moliyaviy ahvolini va faoliyat natijalarini baholash uchun qanchalik muhimligiga qarab ularni ajratib koʻrsatish maqsadga muvofiq, Boshqacha aytganda, aga ayrim aktivlar, passiflar yoki xoʻjalik operatsiyalarining har bir biri alohida olingan holda tashkilot moliyaviy ahvolini yoki uning faoliyati moliyaviy natijasini baholashga ta'sir koʻrsatadigan bo'lsa, ularning ko'rsatkichlar hisobotda alohida ( ayrim moddalar tarzida) keltirilmov zarur.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xalqaro standartlar asosida buxgalteriya hisobi bo'yicha o'z standartlari va uslubiy bazasini ishlab chiqdi. Bular xalqaro amaliyotda qabul qilingan tizimlarga mosdir.
Banklarda buxgalteriya hisobotlarini tuzishda e'tibor ularning hamda bankning moliyaviy va operatsion faoliyatini to'liq aks ettirishi muhim ahamiyat kasb etadi. Banklarning hisobotlari ularning investorlari,aksiyadorlari,mijozlariga hamda undan foydalanuvchilar uchun tushunarli bo'lishi va ular uchun qaror qabul qilishda zamr bo'ladigan barcha ma'lumollarni imkoniyatiga ega bo'lishi lozim. Banklarda layyorlanayotgan hisobotlar boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun shakllantirilib, ular miqdoriy jihatdan to'liq. aniq va sifatli ma’lumotlar asosida tuzilishi lozim.
O'zbekistonda banklari hisobotlari shakli, tarkibi va tayyorlash bilan bog'Jiq metodologik masalalar Markaziy bank tomonidan joriy etiladi. Banklar o’z moliyaviy hisobotlarini Markaziy bank belgilagan shakl va muddatlarda, unda ko'rsatilgan ma'lumotlarning to’g’riligini auditorlar tasdiqlagach, matbuotda e’lon qiladi.
Banklarning oylik va choraklik hisobotlaridan iborat bo'lib, oylik moliyaviy hisobotlar quyidagilardan tashkil topadi:
• balans ( 1-shakl);
• umumlashgan balans (bank bo'limlari bilan birgalikda);
• mulkiy shaklidan qa’tiy nazar bank tomonidan berilgan muddati o’tmagan va muddati o’tgan kreditlar summasining yoyilmasi;
• jalb qilingan va yo'naltirilgan mablag'larni hisobga olib boruvchi ayrim balansli hisobvaraqlardagi summalarning yoyilmasi.
• bank iqtisodiy normativlarini ifodalovchi hisobvaraqlardagi summalarning yoyilmasi;
• iqtisodiy normativlar bo'yicha hisob-kitoblar;
• korrespondentlik hisobvaraqdagi summalarning yoyilmasi;
• bankning boshqa balansli hisobvaraqlardagi summalari yoyilmasi.
Banklarning oylik hisobotlari Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga va soliq organlariga taqdim etiladi.
Bundan tashqari chet cl valutalarida opratsiyalar bajaruvchi tijorat banklari Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga rezident va norezidentlarning erkin almashadigan va boshqa xorijiy valutalardagi operatsiyalari va qoldiq summalari haqida hisobot topshiradi.
Rezident va norezidentlarning xorijiy valutalar bilan bog'liq operatsiyalari va ularning valuta hisobvaraqlari bo'yicha qoldiq summalalari haqidagi hisobotlar sir saqlanadi. Markaziy bank ushbu hisobotlar asosida valuta siyosatini ishlab chiqishda va mamlakat to'lov balansini tayyorlashda foydalanadi.
Xorijiy valutalar bilan operatsiyalar bajaruvchi tijorat banklari ushbu hisobotdan tashqari Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga ochiq valuta pozitsiyasini holati hclqidagi hisobot va naqd chet el valutalari hamda to'iov hujjatlari harakati to'g'risida ham hisobotlarni topsh1radi.
Tijorat banklari chorak yakunida quyidagi hisobot shakllarini tuzadi.
1. Balans bo'yicha so'mda va xorijiy valutalarda aylanma vedomostlar.
2. Bosh bank va filiallarining balanslaIi bo'yicha aylanma vedomost.
3. Foyda va zararlar haqida hisobot.
4. Boshqa hisobot shakllari.
Tijorat banklari yiUik hisobotlari quyidagi shakllardan tashkil topadi:
- yillik balans (l-shakl);
- foyda va zararlar haqida hisobot (2-shakl);
- asosiy vositalar harakati to'g'risidagi hisobot;
- pul oqimlari to'g'risidagi hisobot;
- xususiy kapital to'g'risidagi hisobot;
- izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Tijorat yillik buxgalteriya tuzish uchun tegishli tayyorgarlik ishlarini amalga oshiradi. Birinchi navbatda, balans va ko'zda tutilmagan hisobvaraqlardagi pul mablag'lari, qimmatliklar, asosiy xo'jalik mollari va boshqa materiallarni inventarizatsiyadan o’tkazadi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha pul mablag'lari (aylanma va fondidagi naqd pul1ar va boshqa qimmatliklar) va materiallar kirim qilinadi kamomad summalar esa olinadi.
Bank balansidagi mavjud debitor va kreditor mablag'lar tahlil etilib, ularni so’ndirish va to'lash yo'llarini ko'radi.Real qiymatga ega bo'lmagan (qaytarib olish imkoniyati bo'lmagan muammoli kreditlar va debitor qarzlar, foydalanishga yaroqsiz asosiy vositalar va boshqa xo'jalik materialllari) aktivlar balans va ko'zda tutilmagan hisobvaraqlardan zararga olib borish orqali yopiladi. Yillik buxgalteriya hisoboti tuzishdan oldin barcha operatsiyalar tugatilib, yangi yilning birinchi kuni 1-yanvar holatiga mijozlarning hisobvaraqalari bo'yicha ko'chirmalar mijozlarga yetkaziladi yoki pochta yuboriladi.
Bankning yillik buxgalteriya hisobotini tuzish boshqaruvchi va bosh buxagalter zimmasiga yuklatiladi. Bosh buxgalter barcha balans va ko'zda tutilmagan hisobvaraqlarni audit, reviziya va boshqa dalolatnomalari bilan solishtirib chiqadi.
Tijorat banklarining yillik buxgalteriya hisobotlari 1-martgacha Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalariga va Respublika markaziy bankiga, soliq organlariga, ta'sis hujjatlariga muvofiq mulkdoriarga, davlat statistika organlariga va qonun muvofiq boshqa organlarga taqdim etiladi. Tijorat banklari birinchi maygacha yillik buxgalteriya hisobotini to'g'riligini auditoriar tasdiqlagach ommaviy axborot vositlarida e’lon qilishlari shart.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin yirik xalqaro moliyaviy tashkilotlar va bozor munosabatlari asosida xo 'jalik yuritadigan qator mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar o’rnatildi.


Bu o'z navbatida, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari singari bank tizimida amalda bo'lgan buxgalteriya hisobvaraqlar rejasi va moliyaviy hisobotlami zudlik bilan xalqaro andozalarga moslashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Xususan, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, xorijiy kompaniya va investorlar mamlakatimiz banklari balansi va moliyaviy hisobotlarini o'qiy olmasdi va tegishli qarorlar qabul qilolmasdi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur masalalari ijobiy hal etish bo'yicha juda qisqa muddatda qator ishlarni amalga oshirdi. Xususan, Markaziy bank O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-yanvardagi «O'zbekiston Respublikasi bank tizimida buxgalteriya hisobi va audit islohoti to'g'risida»gi 37-sonli qarori asosida Markaziy bank va tijorat banklari uchun alohida xalqaro andozalarga asoslangan buxgalteriya hisobvaraqlar rejasi va moliyaviy: hisobotlarning shakllarini ishlab chiqdi va MDH mamlakatlari ichida birinchilardan bo'lib, 1997-yil mart oyida banklararo elektron to'lov tizimi bilan parallel ravishda amaliyotga joriy etdi.


Ushbu buxgalteriya hisobvaraqlar rejasi va hisobot shakllari xalqaro andozalarga mos kelishi bilan birga, Buxgalteriya hisobi to'g'risida-gi qonunning 6-moddasida belgilangan qoidalarini deyarli qamrab olgan.


Shuni alohida ta'kidlash joizki, mamlakatimiz bank tizimida amalda bo'lgan buxgateriya hisobi va moliyaviy hisobotlarning xalqaro andozalari:


-davlat tomonidan tegishli moliya-budjet siyosatini amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari o'rtasida pul oqimlari ustidan monitoring o'tkazish va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatiga ega bo'lgan qarorlarni qabul qilishga;
-xalqaro moliya tashkilotlari, investorlar va xorijiy ham korları moliyaviy axborotlarga bo'lgan ehtiyojni qondirishga:
Markaziy bankning mamlakat pul tizimi, pul o'tkazmalari ustidan nazorat qilish, monetar siyosatni amalga oshirishga:
-tijorat banklari boshqaruv kengashi va aksiyadorlari, investorlari va mijozlar uchun qarorlar qabul qilish va zarur axborotlarni olishga to'liq imkoniyat beradi.
Bundan tashqari banklardagi buxgalteriya hisobi va electron to'lov tizimi:
-xo'jalik yurituvchilarga bir va bir necha bankda hisobvaraqlar ochish;
-iqtisodiyotda pul o'tkazmalarini bir necha daqiqalarda amalga oshirish;
-banklarda ko'p valyutali va milliy valyutada umumlashgan kunlik balans tuzish;
-davlat budjetining yagona kassasiga tushadigan budjet daromadlari va xarajatlari ustidan kunlik nazorat va monitoring qilish:
-boshqa qator qulaylik va imkoniyatlarni beradi.
Hozirgi paytda mamlakatimiz Markaziy banki va tijorat banklarida tuzilayotgan buxgalteriya hisobi, balans va boshqa hisobotlar xalqaro andozalar, ya'ni BHXA asosida amalga oshiriladi. MHXA esa Markaziy bankning tegishli me'yoriy hujjat, yo'riqnoma, nizom va boshqa mezonlari tarzida joriy etilgan. Bundan ko'rinib turibdiki, Markaziy bankning mazkur hujjatlarida belgilangan tartib, talab va mezonlari MHXAdan ayrim jihatlari bilan farqlanadi. Masalan, mamlakatimiz tijorat banklari regulyativ kapitali tarkibida devalvatsiya zaxirasi asosiy manba sifatida e'tirof etiladi. MHXA talabi bo'yicha devalvatsiya zaxirasini bank kapitali tarkibiga kiritiladi.
Bank amaliyotida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarini tayyorlashda qo'llaniladigan Markaziy bankning tegishli me'yoriy hujjatlari, yo'riqnomalari va nizomlari o'rniga MHXAmi qo'llash vaqt, mehnat va mablag' talab etish bilan birga, ayrim mezonlar bo'yicha jiddiy tarkibiy oʻzgarishlarni qabul qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
MHXAni dunyoning qaysi mamlakatlari bank amaliyotida qo'llanilishi ham muhim hisoblanadi. Xalqaro amaliyotda buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashning uchta modeli mavjud bo'lib, ular quyidagilardan iborat.
Birinchi model. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro andoza- lari, ya'ni MHXA, yevropacha model sifatida e'tirof etiladi. Ushbu model hozirgi paytda asosan Yevropa mamlakatlarida qo'llaniladi, MDH mamlakatlari bosqichma-bosqich o'tish bo'yicha davlat dasturlari va qonunlar qabul qilingan, biroq uni amaliyotga joriy etish bilan bog'liq muddatlar doimiy ravishida orqaga surib kelinmoqda, birorta MDH mamlakati bank tizimida to'liq joriy etilmagan.
Ikkinchi model. AQShning umumqabul qilingan buxgalteriya tamoyillari, yoki GAAP deb yuritiladi. Hozirgi paytda AQSh banklari, kompaniya va firmalari mazkur tamoyillar asosida moliyaviy hisobotlarni tuzadi. AQSh bank tizimi ham MHXAga o'tmagan, biroq 2015-2016-yillarda o'tish chora-tadbirlari ko'rilmoqda. Asosiy muammolardan biri amaldagi hisobotlarni (qariyb keyingi olti yillikni) retrospektiv tarzda MHXAga o'tkazish hisoblanadi.
Uchinchi model. Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiyada qo'llaniladigan anglosakson modeli, odatda moliyaviy hisobotlarning andozalari (MHA) deb yuritiladi.

Bank amaliyotida MHXAni to'liq tatbiq etish uchun quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:


-MHXAning barchasini bank faoliyatida to'g'ridan-to'g'ri joriy etish mumkin emas. Shu jihatdan, bank faoliyati va milliy iqtisodiyotning rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan andozalami milliy qonunchilik bazasi va iqtisodiyotning o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olgan holda bosqichma-bosqich joriy etish lozim.


-MHXAning tegishli shakllarini bank faoliyatiga bosqichma-bosqich joriy etish muddatlarini belgilash va jony: etilayotgan MHXAn iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, xususan xo'jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarini tayyorlashda, audit va baholash tashkilotlarida amal qilishiga erishish lozim


-bank tizimida MHXAni ishlab chiquvchi, jony etuvchi va amaliyotda qo'llaydigan xodimlari malakasini oshinsh, ulami qayta tayyorlash tizimini joriy etish, hundan tashqar banklarrang boshqa barcha xodimlan uchun qisqa muddatli o'quv kurslarini tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. O'zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonuni. -Toshkent, 2019.


2.O’zbekiston Respublikasi bank tizimida buxgalteriya hisobini yuritishga oid hujjatlar to’plami,-T.: 2011.
3. O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonuni -Toshkent,2004 .
4. O’zbekiston Respublikasi bank tizimida buxgalteriya hisobini yuritishga oid hujjatlar to’plami,-T.: 2003
5.www.Lex.uz
6.www.wikipedia.org
7.www.ZiyoNet.uz


Download 109.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling