Guruh: S12 20 Fan: Noto’qima materiallardan tikuv buyumlariga ushlov berish Bajardi: Raxmatullayev Suxrob qabul qildi: Abdurahimova M. S


Download 0.67 Mb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi0.67 Mb.
#1035921
  1   2   3

Guruh:S12 20 Fan:Noto’qima materiallardan tikuv buyumlariga ushlov berish Bajardi:Raxmatullayev Suxrob qabul qildi: Abdurahimova M.S

Mavzu:Tolalarni titish Tozalash va aralashtirish jarayonlarini ketma-ketligi

  • Reja:
  • 1.Titish jarayoni
  • 2.Tozalash jarayoni
  • 3.Aralashtirish jarayoni

Titish jarayonining mohiyati

  • Toylangan paxta tolasini titishning mohiyati uni hajmiy massasini kamaytirish va mayda bo`lakchalarga ajratish, tozalash va aralashtirish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Titish jarayonini ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda titish-tozalash mashinalarida toylangan xomashyoni bo`lakchalarga ajratish-titish (mayda bo`lakchagacha titish), ikkinchi bosqichda esa karda va qayta tarash mashinalarida paxta bo`lakchalarni alohida tolalarga ajratish (tolagacha titish) amalga oshiriladi. Titish mashinalaridan so`ng tolali massaning strukturasi bir hil bo`lmaydi, u o`zaro ilashuvchanlik kuchi bilan birlashgan mayda bo`lakchalardan iborat bo`ladi

Titish jarayonini maqsadi

  • - mukammal titish asosida xomashyoni yigirishga yaroqsiz chiqindilardan tozalash imkoniyatini yaratish. Tolali bo`lakchalarga berilayotgan ta`sirlar natijasida ular mayda bo`lakchalarga ajralib, tola bilan yigirishga yaroqsiz chiqindilar bog`lami kuchsizlanadi, shuning uchun ular nisbatan oson ajratiladi; - tarash imkoniyatini yaratish. Tolali massani mayda bo`lakchalarga ajratilishi, tolali xomashyoni ikkinchi bosqich - tarashga tayyorlaydi, ya`ni ular alohida tolalarga ajratiladi. - muqammal titish asosida aralashmaning turli xossalarga ega bo`lgan barcha komponentlarni avval o`z ichida so`ngra boshqalari bilan yaxshilab aralashtirishni ta`minlash. Tolali xomashyo bo`lakchalari qanchalik kichik bo`lsa, uni shunchalik samarali aralashishiga erishiladi. - qaytimlarni qayta ishlatishga tayyorlash (tolali qatlam uzuqlari, pilta va pilik uzuqlari va h.k)

Tozalash jarayonining maqsadi va mohiyati

  • Tozalash jarayonining maqsadi - tolali aralashma tarkibidan yumshoq va qattiq nuqsonlarni ajratib, tolalarni tarashga tayyorlashdan iboratdir.
  • Tozalash jarayonining mohiyati - tola bo‘lakchalarini zarbiy ta’sirlar natijasida yanada mayda bo‘lakchalarga ajratib, nuqson bilan tolani ilashish kuchini kamaytirish orqali nuqsonlarni oson ajralishini ta’minlashdan iboratdir.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling