Tolali mahsulotlarni titishning zaruriyligini quyidagilar belgilaydi - 1. Aralashma komponentlari yaxshi aralashishi uchun kerakli sharoit titish natijasida yaratiladi. 2. Tolali mahsulotni nuqsonlardan tozalash jarayonini amalga oshirishda titish zaruriy shart bo`lib, mahsulot kichik bo`lakchalarga ajratilib nuqson bilan tolali massaning ilashish kuchi kamayadi va buning natijasida nuqsonlar mexanik tarzda ajratib tashlanadi. 3. Tolalarning to`g`rilanishi va chigalliklarning tarqalishida mahsulotni ketma-ket titish katta ahamiyatga ega. 4. Tolali mahsulotni mayda bo`lakchalarga ajratishda titish zarur tadbir hisoblanad
- Tolali aralashmalarni tozalashda mexaniq, aerodinamik va elektropnevmomexaniq usullar samarali ishlatilmoqda.
- Mexaniq tozalash usulida erkin va qisilgan holatda harakatlanayotgan tolalar mahsulot ishchi organlarning zarbiy ta’sirida mayda bo‘lakchalarga ajratilib tozalanadi.
- Aerodinamik tozalash usulida havo oqimi yo‘nalishidagi tolalarning harakat trayektoriyasini keskin o‘zgartirish orqali ularning tarkibidan nuqsonlarni inersiya kuchlari ta’sirida ajralishi amalga oshiriladi.
- Elektropnevmomexaniq tozalash usulida harakatdagi tola bo‘lakchalari ko‘ndalang kesimlarida elektr zaryadlarining ta’siri natijasida nuqsonlarning ajralishi sodir bo‘ladi.
- Yigirish korxonalarida dastlabki tozalash, asosiy tozalash, va aerodinamik tozalash mashinalari ishlatilmoqda. Ushbu mashinalar chimdib tozalash, zarbiy tozalash va aerodinamik tozalash organlari yoki moslamalari bilan jihozlangan. Zarbiy tozalash pichoqlar, qoziqlar, hivichlar va arra tishli disklar bilan jihozlangan bir barabanli, ikki barabanli va olti barabanli tozalagichlarda amalga oshiriladi
- Aralashtirish jarayoninig maqsadi - tarkibi bir tekis bo‘lgan ravon xomaki mahsulotlar olish, yigirilgan ipning har qanday ke- simida asosiy xossalari bir xilligini, belgilangan tannarx va sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlashdan iborat. Aralashtirish jarayonining mohiyati - turlicha xossalarga ega bo‘lgan har bir komponent tolalarining dastlab o‘z ichida, keyin o‘zaro aralashma tarkibida bir tekisda taqsimlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |