Guruh: Sbxt-3 Bajardi: Nigmonov Hojiakbar Tekshirdi
Download 125.69 Kb.
|
bux 4 sem
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujjatlarning roli va ahamyati Hujjatlashtirish
- Mazmun rekvizitlari
- Buxgalteriya hujjatlariga nima tegishli
MUSTAQIL ISHI Mavzu: Buxgalteriya hisobida xujjatlarning roli va ahamiyati. Inventarizatsiyaning ahamiyati va turlari. Fan nomi: Buxgalteriya hisobi Guruh: Sbxt-3 Bajardi: Nigmonov Hojiakbar Tekshirdi: Toshkent - 2023 Buxgalteriya hisobida xujjatlarning roli va ahamiyati. Inventarizatsiyaning ahamiyati va turlari. Reja: 1. Kirish. 2. Hujjatlarning roli va ahamyati 3. Buxgalteriya hujjatlariga nima tegishli 4. Invemtarizatsiyaning mohiyati va turlari 5. Qisqa xulosalar. Kirish Iqtisodiyotni boshqarishdagi o`zgarishlar, bozor munosabatlariga o`tish buxgaltеriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta'sir ko`rsatadi. Hisobning xalqaro tizimlariga o`tishi amalga oshirilmoqda, bu uning uslubiyotining yangi shakllarini ishlab chiqishni talab qiladi. Buxgaltеriya hisobining axborot tizimi va uni kompyutеrda ishlab chiqishni tashkil qilishning an'anaviy shakllari katta o`zgarishlarga uchragan. Hisobchidan korxona moliyaviy holatining ob'еktiv baholarini bilish, moliyaviy tahlil usullarini egallash, qimmatli qog`ozlar, bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul mablag`lari invеstitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi. Hujjatlarning roli va ahamyati Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan biri bo‘lib, uning mazmuni xo‘jalik muomalalarini yozma ravishda dastlabki qayd qilish va ularning haqiqatda sodir bo‘lganligini isbotlashdan iboratdir. Buxgalteriya hujjati – bu xo‘jalik muomalasi faktining haqiqatda mavjudligini yoki sodir bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini isbotlovchi, mas’ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan yozma guvohlikdir. Hujjatlar xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lishi bilan tuzilishi va ularning mazmunini to‘liq aks ettirishi kerak. Ma’lumotlar hisob hujjatlaridan tashqari yumshoq disk, lazerli disk (CD ROM)da ham aks ettiriladi. Ulardan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish va ularni ishlashda korxonalarda qo‘llaniladigan texnik vositalarga qarab foydalaniladi. Avtomatlashtirilgan ishlov berish uchun buxgalteriya hujjatlarida maxsus zaruriy qismlar (rekvizitlar) beriladi (korxonaning va bo‘linmalarining xos raqamlari (kodlari) va boshqalar). Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik faoliyatini boshqarish, nazorat va tahlil qilishda ulkan iqtisodiy va huquqiy ahamiyatga ega. Korxona resurslaridan foydalanish haqidagi tezkor ma’lumotlarni olish, xo‘jasizlik hollarini aniqlash va buning aybdorlarini aniqlashda buxgalteriya hujjatlarining iqtisodiy ahamiyati kattadir. To‘g‘ri tashkil etilgan hujjatlashtirish faqat xo‘jasizlik va suiiste’mol qilish hollarini aniqlabgina qolmay, balki uning oldini olishga ham yordam beradi. Buxgalteriya hujjatlari ulkan huquqiy ahamiyatga ham egadir. O‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilgan buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish va ular qonuniyligining yagona isbotidir. Ular boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar va shaxslar bilan da’volar va har xil kelishmovchiliklarni sud hal qilishda dalil sifatida hamda hisob yozuvlarini yozishda yagona qonuniy asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, soliqlarni tekshirishda ham buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik muomalasining sodir bo‘lganligi yoki uni amalga oshirish huquqi to‘g‘risida yozma guvohlik ahamiyatiga ega va xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirishning to‘g‘riligi hamda ishonchliligini tekshirishda muhim vosita hisoblanadi. Shuning uchun hujjat yo‘qligi – xo‘jalik muomalasi yo‘q degan qoida har bir buxgalter uchun asosiy qoidalardan biri bo‘lishi lozim. Har qanday hujjatning yo‘qligi yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilganligi xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z xodimlari, investorlari, aksiyadorlari, davlat nazorat (ko‘pincha soliq) organlari va hokazolar bilan jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Bunda dastlabki hujjatlar quyidagi hollarda hisobga qabul qilinishi mumkin: — to‘liq, to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilgan; — xo‘jalik muomalasini amalga oshirish uchun vakolatli shaxslar tomonidan imzolangan. Buxgalteriya hisobida hujjatga asosan tegishli yozuvlarni yozish uchun hujjatlarda sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalasi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot aks ettirilishi lozim. Hujjatlarda aks ettiriladigai bunday ma’lumotlarga rekvizitlar deyiladi. Rеkvizit lоtincha “Requisitium” so'zidan оlingan bo'lib, “talab qilinadigan, zarur” dеgan ma'nоni bildiradi. Hujjatlarning rekvizitlari hisob obyektlariga nisbatan belgi rekvizitlari va mazmun rekvizitlariga bo‘linadi. Belgi rekvizitlari hisob obyektlarini (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar b.) aks ettiradi. Mazmun rekvizitlari hisob obyektining tavsifini ochib beradi (o‘lchovi, navi, hajmi va b.). Ahamiyatliligi bo‘yicha rekivizitlar majburiy va qo‘shimcha rekvizitlarga bo‘linadi. Majburiy rekvizitlar har bir dastlabki hujjatda bo‘lishi shart. O'z R «Buх. hisоbi to'g'risida»gi qоnunning 14-mоddasiga muvоfiq dastlabki hujjatlarning MAJBURIY RЕKVIZITLARI: Buxgalteriya hisobi sub`ektining nоmi; hujjatning nоmi va raqami, u tuzilgan sana va jоy; хo'jalik оpеrasiyasining nоmi, mazmuni va o'lchоv birliklari ko`rsatilgan miqdоr o'lchоvi (natura hоlida va pulda ifоdalangan hоlida);хo'jalik оpеrasiyasini bajargan shaхslarning 9shaхsning) identifikatsiya qilish uchun zarur bo`lgan familiyasi hamda ismi va otasi isminingbosh harflari yoxud boshqa rekvizitlari ko`rsatilgan holda lavozimlari nomi va imzolari. Buxgalteriya hujjatlariga nima tegishli Buxgaltеriya hisobining hujjatlari turli bеlgilari bo`yicha tasniflanadi: Download 125.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling