Guruh talabasi 20-01 guruh talabasi


Download 276.02 Kb.
bet4/5
Sana01.11.2023
Hajmi276.02 Kb.
#1737070
1   2   3   4   5
Bog'liq
Evolutsiya Abdullayev

Gomolog xususiyatlar

  • Gomolog xususiyatlar
  • Agar ikki yoki undan koʻp turlarda kompleks suyak strukturasi yoki tana tuzilishi kabi bir xil umumiy xususiyatlar boʻlsa, ular bunday xususiyatlarni umumiy ajdoddan meros qilib olgan boʻlishi mumkin. Evolyutsiya tarixi natijasida umumiy ajdod turdan olingan bunday fizik xususiyatlar gomologlar deb ataladi.Klassik misol sifatida tashqi tomondan boshqacha koʻrinadigan itning old oyoqlari, odamning qoʻllari, qushning qanotlari va kitning old suzgichlarini olamiz. Bu aʼzolardagi farqlar hayvonlar yashaydigan muhitlarning turlicha boʻlishidandir. Agar siz bu aʼzolar suyaklariga eʼtibor qaratsangiz, ular turlar orasida juda oʻxshash ekanini koʻrasiz. Bunday oʻxshash struktura har bir turda alohida paydo boʻlishi dargumon. Bunday suyak strukturasi kit, odam, it va qushlarning umumiy ajdodida borligi tufayli hammasida oʻxshash boʻlishi ehtimolga juda yaqin.
  • Baʼzi gomologik strukturalar faqat embrional davrda mavjud boʻladi. Masalan, barcha umurtqali hayvonlar (jumladan, odam ham) embrionlarining dastlabki rivojlanish davrida ularda jabra yoriqlari va dum boʻladi. Bu turlarning rivojlanish jarayonlari keyinchalik farq qilib ketadi (mana nima uchun sizning embrionlik davridagi dumingiz dum suyagiga va jabra yoriqlaringiz jagʻlar va ichki quloqqa aylanib ketgan)\. Embrion davridagi gomologik strukturalar umurtqali hayvonlar rivojlanishi bilan oʻzgarib boradi va bu struktura ajdod turda ham boʻlganini anglatadi.Baʼzan, organizmlar boshqa organizmlarning muhim strukturalariga gomologik boʻlgan, ammo ajdodlarga xos vazifalarini yoʻqotgan tuzilmalarga ega. Aksariyat hollarda kichil oʻlchamga ega ushbu strukturalar rudimentar tuzilmalar deyiladi. Bunga odamdagi dum suyagi (rudimentar dum), kitlarning orqa oyoq suyaklari va ilonlardagi chala rivojlangan oyoqlar (oʻng tarafdagi rasmga qarang) misol boʻla oladi.

Analogik xususiyatlarHamma xususiyatlar ham umumiy ajdoddan olinmaydi, balki baʼzi fizik oʻxshash aʼzolar – analoglar turli xil organizmlarning oʻzida paydo boʻlgan. Chunki bir xil muhitda yashash va bir xil holatlarga duch kelish organizmlarda oʻxshash aʼzolarni shakllantiradi. Bu jarayon konvergent evolyutsiya deb ataladi. (“Konvergent” birlashish degan maʼnoni anglatadi, xuddi ikkita chiziq bitta nuqtada uchrashganidek.)Masalan, Arktikada yashaydigan ikkita uzoq turlar hisoblanuvchi Arktika tulkisi va kuropatka qushi qora rangdan oq rangga fasliy oʻzgarib turadi. Hayvonlarning bu kabi oʻxshash xususiyati ularning umumiy ajdodlarida shunday xususiyat borligini anglatmaydi. Tulki va kuropatkaning oxirgi umumiy ajdodida fasliy rang oʻzgartirish xususiyati borligi haqiqatdan yiroq. Bunday xususiyat bu ikkita turda bir xil muhit tufayli kelib chiqqan. Genetik jihatdan belgilanadigan qishda oq rangga kirish xususiyati tulki uchun ham, kuropatka uchun ham juda foydali boʻlib, oʻtkir koʻzli yirtqichlardan himoyalanishga yordam beradi.Oʻxshash xususiyatlardan oʻzaro munosabatlarni aniqlashOdatda biologlar gomolog deb hisoblagan birgina xususiyatga qarab turlarni oʻzaro qon-qarindoshligi haqida xulosa qilishmaydi. Balki belgi-xususiyatlar toʻplami (koʻpincha ham jismoniy belgi-xususiyatlar, ham DNK zanjiri)ni guruh holatida oʻrganib, turlar orasidagi yaqinlikni aniqlashadi. Bu gʻoyani filogenetik daraxtlarni oʻrganish davomida koʻproq tadqiq etamiz.Molekulyar biologiyaGomologik strukturalar kabi biologik molekulalardagi oʻxshashliklar ham evolyutsion ajdodni koʻrsata oladi. Eng dastlabki bosqichda barcha organizmlar quyidagicha umumiylikni namoyon qiladi: Bir xil genetik material (DNK) Bir xil yoki juda oʻxshash genetik kodlar Gen ekspressiyasidagi bir xil jarayonlar (transkripsiya va translyatsiya)Aminokislotalar kabi bir xil biologik qurilish birliklari

  • Analogik xususiyatlarHamma xususiyatlar ham umumiy ajdoddan olinmaydi, balki baʼzi fizik oʻxshash aʼzolar – analoglar turli xil organizmlarning oʻzida paydo boʻlgan. Chunki bir xil muhitda yashash va bir xil holatlarga duch kelish organizmlarda oʻxshash aʼzolarni shakllantiradi. Bu jarayon konvergent evolyutsiya deb ataladi. (“Konvergent” birlashish degan maʼnoni anglatadi, xuddi ikkita chiziq bitta nuqtada uchrashganidek.)Masalan, Arktikada yashaydigan ikkita uzoq turlar hisoblanuvchi Arktika tulkisi va kuropatka qushi qora rangdan oq rangga fasliy oʻzgarib turadi. Hayvonlarning bu kabi oʻxshash xususiyati ularning umumiy ajdodlarida shunday xususiyat borligini anglatmaydi. Tulki va kuropatkaning oxirgi umumiy ajdodida fasliy rang oʻzgartirish xususiyati borligi haqiqatdan yiroq. Bunday xususiyat bu ikkita turda bir xil muhit tufayli kelib chiqqan. Genetik jihatdan belgilanadigan qishda oq rangga kirish xususiyati tulki uchun ham, kuropatka uchun ham juda foydali boʻlib, oʻtkir koʻzli yirtqichlardan himoyalanishga yordam beradi.Oʻxshash xususiyatlardan oʻzaro munosabatlarni aniqlashOdatda biologlar gomolog deb hisoblagan birgina xususiyatga qarab turlarni oʻzaro qon-qarindoshligi haqida xulosa qilishmaydi. Balki belgi-xususiyatlar toʻplami (koʻpincha ham jismoniy belgi-xususiyatlar, ham DNK zanjiri)ni guruh holatida oʻrganib, turlar orasidagi yaqinlikni aniqlashadi. Bu gʻoyani filogenetik daraxtlarni oʻrganish davomida koʻproq tadqiq etamiz.Molekulyar biologiyaGomologik strukturalar kabi biologik molekulalardagi oʻxshashliklar ham evolyutsion ajdodni koʻrsata oladi. Eng dastlabki bosqichda barcha organizmlar quyidagicha umumiylikni namoyon qiladi: Bir xil genetik material (DNK) Bir xil yoki juda oʻxshash genetik kodlar Gen ekspressiyasidagi bir xil jarayonlar (transkripsiya va translyatsiya)Aminokislotalar kabi bir xil biologik qurilish birliklari

Download 276.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling