Yuqoridagi umumiy xususiyatlar barcha tirik organizmlar bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqanligini bildiradi. Yaʼni xohlagan bir turda genetik material sifatida DNK boʻladi, genetik kodlar orqali translyatsiya va transkripsiya jarayonlarini amalga oshiradi. Hozir yashayotgan barcha tirik organizmlarda bu jarayonlar mavjud, chunki ular bu xususiyatlarni umumiy ajdoddan “meros qilib olgan” (agar yuqoridagi jarayonlarning birortasida katta oʻzgarish yuz beradigan boʻlsa, hujayralarning funksionalligi yoʻqolgan boʻlardi). - Yuqoridagi umumiy xususiyatlar barcha tirik organizmlar bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqanligini bildiradi. Yaʼni xohlagan bir turda genetik material sifatida DNK boʻladi, genetik kodlar orqali translyatsiya va transkripsiya jarayonlarini amalga oshiradi. Hozir yashayotgan barcha tirik organizmlarda bu jarayonlar mavjud, chunki ular bu xususiyatlarni umumiy ajdoddan “meros qilib olgan” (agar yuqoridagi jarayonlarning birortasida katta oʻzgarish yuz beradigan boʻlsa, hujayralarning funksionalligi yoʻqolgan boʻlardi).
- DNKning mavjud boʻlishi yoki transkripsiya va translyatsiya jarayonlarining amalga oshishi hayotning umumiy kelib chiqishini tushunishda zarur boʻlsa-da, maʼlum bir turlar bir-biriga qanchalik yaqin ekanini aniqlashda foyda bermaydi. Agar biz biror guruh ichida qaysi organizmlar bir-biriga eng yaqin ekanini aniqlamoqchi boʻlsak, genlarning nukleotid ketma-ketligi kabi turli xil molekulyar xususiyatlaridan foydalanishimiz zarur.Gomologik genlarBiologlar odatda boshqa-boshqa turlar bir-biriga evolyutsion jihatdan qanchalik yaqin ekanini aniqlash uchun ularning oʻxshash genlaridagi (odatda gomolog yoki ortolog genlar deyiladi) ketma-ketlikni solishtirib koʻrishadi.Bunday yondashuv ortida ikkita tur genomida oʻxshash genlar mavjudligi yotadi. Chunki ular oʻxshash genlarni umumiy ajdoddan meros qilib olgan. Masalan, odam, sigir, tovuq va shimpanzelarda insulin gormonini kodlaydigan gen bor, chunki bu gen ularning soʻnggi umumiy ajdodida ham boʻlgan.Umuman olganda, ikkita tur orasida gomologik genlardagi DNK (yoki ular kodlaydigan oqsildagi aminokislotalar ketma-ketligi)dagi farqlar qancha katta boʻlsa, ular shunchalik uzoq turlar hisoblanadi. Masalan, odam va shimpanzening insulin oqsili (taqriban 98% oʻxshash) odam va tovuq insulin oqsiliga (taqriban 64% teng buladi)
Xulosa: - Xulosa:
- Zamonaviy turlar orasidan qarindoshlik darajasini aniqlash uchun ularning tuzilishi, genomlari, embrional rivojlanishi (embriogenez oʻrganiladi. Evolutsiya haqida qoʻshimcha axborotni hayvon va oʻsimliklarning geografik tarqalish qonuniyatini oʻrganuvchi biogeografiya beradi. Shu barcha maʼlumotlar yagona manzara — hayotning evolutsiyaviy daraxtini chizadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: - Foydalanilgan adabiyotlar:
- https://uz.khanacademy.org/science/biology/her/evolution-and-natural-selection/a/lines-of-evidence-for-evolution
- Charles Darwin, Turlarning kelib chiqishi
Do'stlaringiz bilan baham: |