Genom duplikatsiyasi (poliploidiya), notekis krossingover, xromosoma inversiyasi, xromosomalar translokatsiyasi, boʻlinishi, qovushishi, duplikatsiyasi va yoʻqolishi kabi xromosoma qayta qurilishlari maʼlum. Shuningdek, organizmlar tuzilishida oʻzgarishlar va funksional oʻzgarishlar — turli adaptatsiyalar, yangi nav ozuqa hazm qilish qobiliyati paydo boʻlishi (jumladan — neylon va pentaxlorfenol) va hk hodisalar kuzatiladi. Bundan tashqari, yangi turlar shakllanishidagi turli-tuman oraliq bosqichlar aniqlanib, turlanish asta-sekin kechishi isbotlandi. - Genom duplikatsiyasi (poliploidiya), notekis krossingover, xromosoma inversiyasi, xromosomalar translokatsiyasi, boʻlinishi, qovushishi, duplikatsiyasi va yoʻqolishi kabi xromosoma qayta qurilishlari maʼlum. Shuningdek, organizmlar tuzilishida oʻzgarishlar va funksional oʻzgarishlar — turli adaptatsiyalar, yangi nav ozuqa hazm qilish qobiliyati paydo boʻlishi (jumladan — neylon va pentaxlorfenol) va hk hodisalar kuzatiladi. Bundan tashqari, yangi turlar shakllanishidagi turli-tuman oraliq bosqichlar aniqlanib, turlanish asta-sekin kechishi isbotlandi.
- Evolyutsiya biologiyada asosiy umumlashtiruvchi tamoyildir. Feodosiy Dobjanskiy bir vaqtlar aytganidek, “Evolyutsiyasiz biologiyada hech narsa maʼno-mazmunga ega emas.”Evolyutsiya orqali biologiyaning aynan qaysi xususiyatlari mazmun-mohiyat kasb etadi? Boshqacha qilib aytganda, evolyutsiya oldin ham boʻlgani va hozir ham sodir boʻlayotganini koʻrsatuvchi koʻrsatkich yoki izlar qaysilar?
- Evolyutsiya katta va kichik koʻlamda sodir boʻladi Dalillarni koʻrib chiqishdan oldin evolyutsiya nima ekanini toʻgʻri anglayotganimizga ishonch hosil qilib olaylik. Keng maʼnoda, evolyutsiya uzoq vaqt davomida populyatsiyaning genetik materiali (irsiy xususiyatlari)dagi oʻzgarishni anglatadi. Biolog olimlar evolyutsiyaning koʻlamiga qarab uni ikki turga boʻladilar:Makroevolyutsiya uzoq muddat davomida sodir boʻlgan yangi turlar va guruhlar paydo boʻlishi kabi keng koʻlamdagi oʻzgarishlarni oʻz ichiga oladi.Mikroevolyutsiya qisqaroq vaqt davomida sodir boʻladigan, populyatsiyadagi bir yoki bir nechta genga taʼsir koʻrsatuvchi kichik koʻlamdagi oʻzgarishlardir. Mikroevolyutsiya va makroevolyutsiya aslida ikkita alohida jarayon emas. Ular turli vaqt oraligʻida sodir boʻladigan bir xil jarayonlardir. Ming yoki million yillar davomida sodir boʻlgan mikroevolyutsiya jarayonlari qoʻshilib, yangi turlar va guruhlar paydo boʻlishi kabi katta koʻlamdagi oʻzgarishlarni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |