Guruh talabasi Abduvohidov mirjalol


Download 69.76 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi69.76 Kb.
#1560233
  1   2
Bog'liq
Kurs ishi


Kurs Ishi
64 – 21 guruh talabasi
Abduvohidov mirjalol

Reja :
I – Bob : Tafakkur haiqda qarashlar va tushunchalar



  1. Tafakkur haqida umumiy qarashlar va psixologik nazariyalar

  2. Turli olimlarning tafakkur haqidagi g'oyalari

II – bob : Bixeviorizmda tafakkur muammosi
3) Djon Uotson va uning izdoshlari nazariyalari va g'oyalari
4) Neobixeviorizm vakillari va ular olib borgan tajribalar tahlili
5) Glossariy

I Bob
1) Tafakkur haqida umumiy qarashlar va psixologik nazariyalar. Avvalam bor Assalomu alaykum. Hayot doimo insonni o'tkir va dolzarb vazifalar va muammolar bilan duch keladi. Ularning tashqi ko'rinishi atrofimizdagi voqelikda juda ko'p noma'lum, tushunarsiz, oldindan aytib bo'lmaydigan, yashirin narsalar mavjudligini anglatadi, bu odamdan dunyoni chuqurroq bilishni, oodamlar va undagi narsalarning yangi jarayonlari, xususiyatlari va munosabatlarini kashf qilishni talab qiladi. Olam cheksizdir, shuning uchun uni bilish jarayoni cheksizdir. Tafakkur har doim noma'lumning, yangilikning cheksizligiga qaratilgan. Har bir inson o'z hayotida ko'p kashfiyotlar qiladi va bu kashfiyotlar har doim ham butun insoniyat uchun emas, ba'zida bu kashfiyotlar faqat o'zi uchun. Psixologiya nuqtai nazaridan fikrlash kognitiv faoliyat sifatida qaraladi va tafakkur umumlashma darajasi va foydalaniladigan vositalarning tabiati, ularning sub'ekt uchun yangiligi, uning faolligi darajasi va fikrlashning adekvatligiga qarab turlarga bo'linadi. haqiqatga. Tafakkur ob'ektiv usullar (kuzatish, suhbat, tajriba, fikrlash mahsuloti faoliyatini o'rganish) yordamida o'rganiladi. Elementar fikrlash hayvonlarda allaqachon vujudga keladi va organizmning atrof-muhit talablariga tez moslashishini ta'minlaydi.
Inson psixik jarayonlarining oliy shakli tafakkur. Tafakkur jarayonining paydo bo'lishi shakllanishi haqida turli olimlar turlicha fikr bildirishgan.Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar. Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma'lumotlar zahirani to’plangan. Aynan keltirilgan ma’lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.Xulq-atvor psixologiyasi yoki bixeviorizm 20-asrning chet el psixologiyasining asr boshlarida shakllangan eng ta'sirli yo'nalishlaridairidir.
Bixeviorizm doirasida fikrlash muammosi J.Uotson, E.Torndik, K.Xall, B.Skinner, E.Tolman, D.Miller, K.Pribram va boshqalarning asarlarida oʻrganilgan.Bu yoʻnalishdagi fikrlash qo'zg'atuvchilar va reaktsiyalar o'rtasidagi murakkab bog'lanishlarni shakllantirish, muammolarni hal qilish bilan bog'liq amaliy ko'nikmalarni (o'rganish) shakllantirish jarayoni sifatida qaraladi.Bixevirozim maktabi vakillari tomonidan tafakkurni o'rganish bosqichlari. Shuningdek tafakkur bixeviorizm maktabi vakillari tomonidan ikki bosqichda olib borilganligi: Jon Uotson va uning izdoshlari tadqiqotlari va K.Xoll boshchiligidagi neobixeviorizm tarafdorlari tomonidan tafakkurning o'rganilishi.
2) Turli olimlarning tafakkur haqidagi g'oyalari Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo’lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o’rtasida ko’z bilan ko’rib, quloq bilan eshitib bo’lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog’lanish hamda qonuniyatiami biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlaming ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalaming mohiyatini bilish imkoniga ega bo’lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va bevosita tafakkur muhim rol o’ynaydi. Tafakkur tushunchasining mazmun mohiyati psixologiya darsliklarida olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta'riflar turlicha bo’lib uning ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta'kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P.I.lvanovning darsligida "tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq, to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonni taqin ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug'ullanishiga imkon beradi" deb ta’riflanadi. Ushbu ta'rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta'kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bevosita so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.
M.V.Gamezo tomonidan "tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so’z hamda o’tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi" ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan so’z vositasida va vosi.tali atrof- muhit hodisalarini aks ettira olishni ta’kidlaydi.
A.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga quyidagicha ta'rif keltiriladi: "Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog’liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish, uni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir".
V. V.Bogoslovskiy taqriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta’rif uning umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan, xolos. Xuddi shunga o’xshash tafakkur xususiyatlari F.N.Gonobolin, K.K.PIatonov darsliklarida ham uchraydi. Keltirilgan ta'riflar orasida O.K,Tixomirovning darsligidagi ta’rif nisbatan to’liqroq deb hisoblanadi. Unda tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: "Tafakkur - bu o’z mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bevosita aks ettirishni xarakterlaydigan umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalarga hamda o’sha umumlashmalar yangiligiga bog’liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir".
Hozirgi vaqtda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman qarash va ta'riflar mavjuddir. Ulaming ayrimlariga tavsifnoma berib o’tamiz. S.L.Rubinshteyn nazariyasiga binoan tafakkumi psixologik jihatdan o’rganishning asosiy predmet, jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishidir. Muallif tafakkur operatsiyalari shakliarini shakllantirishda jarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda esa fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi. S.L.Rubinshteyn tafakkur to’g’risidagi g’oyani rivojlantirib, uni sub'ekt faolligining paydo bo’iishi deb ataydi.
A.N.Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkumi turli ko’rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning tuzilishi, fikr yuritish motivasiyasi to’g’risidagi nazariy metodologik muammolami o’rtaga tashlaydi.
P.Ya.Galperin fikriga ko’ra, tafakkur -bu orientirlash-tadqiqot faoliyati, orientirovka jarayondir, ya’ni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Muallif psixologiya fani intellektual masalalarni yechishda sub'ektning tafakkuriga orientirovka qilish jarayonini o’rganishga asoslanadi deb tushuntiradi. P.Ya.Galperin tafakkurning boshqa jihatlarini o’zining aqliy harakatlarni bosqichrna-bosqich shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda voritishga intiladi.
A.V.Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalami bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari alohida ta'kidlab o’tiladi.
Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma'lumotlar zahirani to’plangan. Aynan keltirilgan ma’lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.
Ekzistensializmning asoschisi bo’Jmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o’z diqqatimizni qarata olsakkina biz fikrlashga o’rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealaming mohiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim o’rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi. Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta'limotga asosan tasawur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta'limotni logika, mantiq deb ataydi.
Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur bu ichki harakat, aktidir deb qaray boshlaydilar. O’z-o’zini kuzatish metodidan foydalanib, ish tutishda ular mana bunday ifodaning ma'nosini tushuntirib berishlari lozim, tafakkur haddan tashqari mashaqqatliki, shunga qaramay ko'pchilik shunchaki hukm chiqarishni ma'qul ko’radilar. Shuningdek, ular oldida munosabatlarni o’matish qism, yaxlit, tur, jins ob’ektning nisbati va o’zaro munosabatlarini ushbu munosabatiaming aniq a'zolarini idrok qilishni aniqlash vazifalari turadi. Shuning bilan birga ulaming barcha tadqiqotlari ob'ektiv metodlami izlashga oid faoliyatlarida avj oldi. Jumladan, N.Ax tomonidan sun'iy tushun-chalaming shakllanishi bo’yicha dastlabki metodika yaratildi. Mazkur nazariya vakillari tafakkurni munosabatlaming aks etishi bilan bog’lab, tafakkumi munosabatlaming birlamchi qarab chiqish, yoinki birlamchi ma’lumot berish manbai sifatida talqin qiladilar. Tafakkur taraqqiyoti masalasini ko’tarib chiqib, o’sishning fikrlami faollashtirish orqali amaliy faoliyatdan tafakkurni mutlaqo ajratib qo’ydilar. Tafakkumi tadqiq qilishning asosiy metodi - bu o’z-o’zini kuzatish ekanligini tan oladi, xolos. Mazkur muammo gnoselogik nuqtai-nazardan olib qaralganda ushbu pozisiya idealizm izmiga kirib borayotganligini anglab olish unchalik qiyin emas. Vyursburg maktabi namoyondalari tafakkurni alohida mustaqil bilish faoliyati sifatida aniq ko’rsata bildi. Biroq tafakkurni amaliyotda nutqdan va hissiy obrazlardan qat'iy ajratib tashladilar.
Germaniyada psixologiyaning geshtaltpsixologiya yo’nalishi vujudga keidi. Uning. ko’zga ko’ringan namoyondalari qatoriga XJErenfels (1859-1932), V.Keler (1887-1967), K-Kofka (1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtaitchilar fikriga qaraganda, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlarni birgalikda aks ettirishdan ko’lam jihatidan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir. Geshtaltchilaming aksiomatik xarakterga ega bo’lgan ushbu tezislari mazkur ta’limot g’oyasini ochib berishga xizmat qiladi, alohida olingan qism va eiementlaming yig'indisi yaxlit tuzilish mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha yaxlit tuzilma qism va eiementlaming xususiyatlari va xossalarini belgilab berishga qurbi yetadi. Geshtaltpsixologiyaning markaziy nazariyasi har qanday psixologik jarayonlaming bosh mohiyati ulaming sezgilarga o’xshash alohida elemetlari emas, balki konfigurasiya shakl yoki geshtaltchilaming yaxlit yaratishidan iborat.
Geshtaltpsixologiyada tafakkur muammosining tadqiqoti keng qamrovJi tarzda olib boriladi. Jumladan, V.Kelyor antropoidlaming intellektual harakatlarini eksperimental o’rganish natijasida yuqori darajada taraqqiy qilgan maymunlarning aqliy harakatida inson harakatiga xos o’xshashlik borligi to'g’risida xulosa chiqaradi. V.Kelyoming fikricha, topshiriqni yechish inexanizmi quyidagilardan iborat: organizmning optik maydonidagi vaziyatlaming muhim elementlari bir butunlikni, ya'ni vaziyat elementlariga, geshtalt ichiga kirib, geshtaltda qaysi joyni egallashga bog’liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim elementlaridan namoyon bo’luvchi geshtaitchilar muamrnosi vaziyatda organizmda ba'zi bir zo’riqishlar ta’sirida vujudga keladi, topshiriqni yechish muammoli vaziyatning qismlari yangi geshtaltda yangi munosabatda idrok qilina boshlaganida tugallanadi. Masalani yechish aniq qadamlami yuzaga keltiruvchi geshtalt sifatida maydonga chiqadi.
Geshtaltchilaming ayrimlari "yo’nalish" atamasini qo’llab, uni o’tmish tajribasi bilan bog’lashga intiladilar. Shuningdek, ular "tafakkurning evrestik metodlari” to’g’risidagi tushunchadan ham foydalanadilar. Bunda materialni, qo’yilgan maqsadni, konfliktli holatlarni tahlil qilishni nazarda tutadilar.
Amerika psixologiyasida vujudga kelgan bixeviorizm yoki xulq psixologiyasi oqimi o’tgan asming oxirlaridan boshlab hukm surib kelmoqda. Bixeviorizm oqimining asoschilari amerikalik psixologlar Dj.Uotson (1878-1958) va E.Torndayk. (1871-1949) lardir. Keyinchalik buiar qatoriga KLcvin (1890-1957) A.Vays (1974-1931) va boshqalar kelib qo’shiladilar. Ma'lum davrgacha mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik rolini o’ynaydi. hozirgi davrda bu oqim bir necha mustaqil psixologik maktablarga ajraiib ketgan. Lekin ularning mohiyatida bixeviorizm nafasi urib turadi. hammasi uchun umumiy formula S-R, ya'ni stimul-reaksiya xizmat qilib kelmoqda.
Dj.Uotson tafakkurning ichki nutq va noverbal tovushsiz imo-ishora, mimika, yelka qisishi, qosh suzish, kommunikasiya, muloqotni birga qo’shib, keng ma'noda tushunadi va uni uchta shaklga ajratib o’rganadi. Nutq shakllaridan biri nutq malakalarini sekin-asta avj oldirish deb ataladi. Bu she’mi yoki sitatani aniq esga tushirishda o’z ifodasini topadi. Tafakkurning ikkinchi shakli sub’ekt uchun yangi bo’lmagan topshiriqni so’z yordami biian yechish, yarim-yortisi unutilgan she'rni eslashga harakat va nihoyat, yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so’z yordami bilan yechish Dj. Uotson uchun malaka u individual egallagan va o’rganilgan xatti-harakatdir. Ushbu nazariya nuqtai nazaridan qarasak, tafakkur malakaga yaqinlashtirilib qo’yiladi. chunki she'mi esga tushirish ham tafakkur deb talqin qilinadi. Dj. Uotson tilni o’zlashtirishning ijtimoiy jihatlarini umuman hisobga olmagan, nutqning tuzilishi va rivojianishiga sira e'tibor qilmagan. Nutq bilan tafakkur birligi to’g’risida tamoyilni anglab yetmagan, tafakkur va ongning xulq ko’rinishi sifatida olib qaralgan.

Download 69.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling