Guruh talabasi Allamurodov Norbobo 1 laboratoriya ishi Mavzu: Tizim obyektlarini tanlash va taxlil qilish. Ishdan maqsad
Download 140.08 Kb.
|
BTTL Lab 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumotlar
218-17-guruh talabasi Allamurodov Norbobo 1 laboratoriya ishi Mavzu: Tizim obyektlarini tanlash va taxlil qilish. Ishdan maqsad: Hozirgi kunda mavjud bo’lgan va ishlab chiqarilayotgan dastur hamda tizimlarni, obyektlar tuzilishini tahlil qilish va o’rganish. Nazariy ma’lumotlar Tizim - yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zida ham yaxlit, xam o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsatuvchi elеmеntlar (ob'еktlar) majmuasi tushuniladi. Dеmak,har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo’lida xizmat kiladi. Masalan, sizga ma'lum bulgan shahar tеlеfon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun'iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo’la oladi. Ularning har biri tizimga qo’yiladigan barcha shartlarga javob bеradi, ya'ni, xar biri o’ziga xos yagona maqsad yo’lida faoliyat ko’rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elеmеntlardan iborat. Tizim tashkil qilinishiga qarab uch turga bo’linadi: 1.Tabiy; 2.Sun’iy; 3.Aralash; Tabiy tizim – bu inson aralashuvisiz sodir bo’ladigan tizim hisoblanib, u tabiat tomonidan oldindan mavjud bo’lgan va bundan keyin ham mavjud bo’ladi. Sun’iy tizim – bu insoniyat tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan tizimlardir. Ushbu tizim insoniyat evolutsiyasini shakllanish jarayonida vujudga kela boshlagan va hozir ushbu tizimga juda ko’plab misollar topishimiz mumkin. Jadval 1.1. Tizimlarning sinflanishi
Aralash tizim – bu inson va tabiat o’rtasida vujudga keladigan tizim hisoblanadi. Bunda insonlar tabiy resurslardan o’z maqsadlari yo’lida foydlanadilar. Tizim tushunchasi juda xam keng tarqalgan termin bo'lib, juda xam ko'p ma'noni anglatadi. Ko'p xollarda texnika vositalari va dasturlari yig'indisiga “TIZIM” deb ataladi.
Tizim tushunchasiga “axborot” so'zini qo'shsak u holda “tizimning” yaratilish maqsadi va ishlash printsipi tushuniladi. Axborot tizimi foydalanuvchilarga istalgan muxitdagi axborotlarni saqlash, qayta ishlash, qidirish imkonini yaratadi. Axborot tizimi deb oldinga qo'yilgan maqsadga erishish uchun axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish metodlari va vositalari yig'indisiga aytiladi. Berilgan masalani yechish uchun avvalambor uning tuzilishini, qanday funksional bloklardan va qismlardan tashkil topganligi hamda alohida elementlar orasidagi bog’liqliklar tahlil qilinishi lozim. Funksional bo’linish deganda biron-bir masalani hal etishda vazifaga bog’liq bo’lgan funksiyalarning aspektlari tushuniladi. Funksional bo’linishda turli strukturalarni, shular qatorida prinsipial, strukturali va funksional chizmalarini olib ularni o’zgartiradi yoki qo’shimcha kiritadi. Funksional bo’linishda har bir loyihaning bo’limchasi alohida-alohida yig’ilib bir butunligkni tashkil qiladi. Bu holatni biz ierarxik holatga o’xshatsak bo’ladi. Daraxtning ildizi qilib yakuniy loyiha olinsa, qolgan har bir aspektlari bu loyihani tashkil etuvchi bo’limchalar hisoblanadi. Bu bo’limchalar esa o’z navbatida yana bo’limchalardan tashkil topishi mumkin bo’ladi va har bir bo’limchani o’zini undan so’ng turgan bo’lim uchun ierarxiyaning ildizi deb tushunsak bo’ladi. Bu bo’linish jarayonini toki ohirgi elementning oddiy elementli bloklar holatiga kelguncha takrorlash mumkin bo’ladi. Bunday o’rganish ko’rilayotgan loyihani chuqurroq tushunishga, kamchiliklarini va ketadigan harajatni topishga ko’maklashadi. Rasm 3.1. Funksional bo’linish Loyihalashtirish jarayonida loyihaning yaratilishgacha bo’lgan barcha holatlarini ko’rib chiqish kerak bo’ladi. Loyihlash turli bosqichlarga, jarayonlar va bo’limlarga bo’linadi. Ba’zi bir murakkab loyihalarni rejalashtirishda quyidagi asosiy bosqichlar bosib o’tiladi: ilmiy-tadqiqot ishlari; amaliy-konstruktiv ishlar; texnik loyihalash; “homaki” loyiha; testdan o’tkazish. Tadbiq etish Masalan variant bo’yicha Oliy o`quv yurti Biznes axborot tizimini yaratish berilgan bo’lsin. Rasm 1.2. Tanlangan ob’yektning funktsional chizmasi Xulosa o’rnida oliy o’quv yurtiga bu narsalar nima uchun kerak misol keltiraman. Masalan men o’zim talabaman va universitet bilan bog’lanishda muammolar kelib chiqdi. Bunda universitet hodimlari rahbariyat kabilar o’rtasida axborot tizimini ishlab chiqish zaruriyati tug’iladi. Kelajakda bu kabi xatolarni yuzaga kelmasligi uchun. Download 140.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling