Guruh talabasi: G’aniyeva maftuna
Ayiqtovonnamolar qabilasi – Ranunculales
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
YONG\'OQDOSHLAR KARANDOSH OILALARINING OZIQ OVQAT TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pufanak - Anemone
Ayiqtovonnamolar qabilasi – Ranunculales
Qabila turlari orasida o’simliklarning barcha hayotiy shakllari uchraydi, ko’pchiligi bir yillik o’tlar, qisman lianalar, butalar va past bo’yli daraxtlar. Barglari yonbargchasiz, navbatlashib, ba’zan qaramaqarshi joylashgan, oddiy yoki qisman murakkab. Yog’ochligining naylari oddiy perforatsiyali. To’pgullari poya uchida, barg qo’ltig’ida, ba’zi turlarida zigomorf. Gul qismlari spiral, spirotsiklik yoki siklik (halqa) joylashgan, gulqo’rg’oni murakkab, oddiy yoki ba’zan butunlay yo’q. Changchilari ko’p, ba’zan 6 yoki 3 (l) ta, changchi ipi va changdoni differensiallashgan. Ginetsey apokarp. Mevalari – bargak, yong’oqcha, rezavor yoki danakli. Morfologik tuzilishiga ko’ra qabila 8 oilaga bo’linadi. Ayiqtovonnamolar qabilasining markaziy, turlarga boy va muhim oilalaridan biri Ayiqtovondoshlardir. Pufanak - Anemone turkumining gullari yirik, aktinomorf, bittadan yoki yarimsoyabon to’pgulda o’rnashgan. Gulqo’rg’oni oddiy, gultojsimon, 5-6 bargchali, turlari silindrsimon yoki tuganaksimon ildizpoyali, poyasi bargsiz. Gulining ostida 3-4 bargchali, halqa bo’lib joylashgan „qoplag’ich barglari’’ bor. O’zbekistonda 6 turi tarqalgan. Shulardan cho’ziq pufanak (A. protracta), bandchali pufanak, qarg’atuyoq (A. petiolulosa), Chernyaev pufanagi (A. tschernjaevii) kabi turlari adir, tog’, yaylovlarda o’sadi. Bargchasi erta bahorgi chiroyli manzarali o’tlar. Tog’ning qoya toshli va shag’al-toshli yonbag’irlarida pufanakka ancha o’xshash qo’ng’iroqsimon qoraburma (Pulsatilla campanella) uchraydi, u pufanaklardan qoplag’ich bargining 3 ta va asosi bilan tutashganligi, yopirma barglari 2 marta murakkab patsimon qirqilganligi, gulining siyohrang-ko’k bo’lishi bilan farqlanadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling