Guruh talabasi Mamasafarov Botirning Matematika o’qitish metodikasi fanidan mustaqil ishi Mavzu: O’ylang texnikasi «О‘ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing»


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana26.03.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1297123
  1   2   3
Bog'liq
metodika



Jizzax Davlat Pedagogika Universitetiningning 
Matematika va Informatika yo’nalishi 2-kurs 
111-21-guruh talabasi Mamasafarov Botirning 
Matematika o’qitish metodikasi fanidan 
mustaqil ishi 


Mavzu:O’ylang texnikasi
«О‘YLANG-JUFTLIKDA ISHLANG-FIKR ALMASHING» 
Ushbu texnika birgalikdagi faoliyat bо‘lib, talabalarni matn ustida 
fikrlash, о‘z g‘oyalarini shakllantirish va ularni hamkorlar yordamida 
muayyan shaklda ifodalashga yо‘naltiradi. 
«О‘ylang-Juftlikda ishlang-Fikr almashing» texnikasidan foydalangan 
holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi 
1. О‘qituvchi savol va topshiriq beradi: oldin о‘ylab chiqish, sо‘ng 
qisqa javoblar yozish tartibida.
 
2. Talabalar juftliklarga bо‘linib, biri biri bilan fikr almashadilar va 
ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat 
qiladi. 
 
3. О‘qituvchi bir necha juftliklarga о‘ttiz sekund davomida 
auditoriyaga о‘z ishining qisqa yakunini ifodalab berishni taklif qiladi. 
 Quyidagi о‘quv topshiriqlarini bajarish uchun 3 guruhga bо‘lining: 
1. Mustaqil xohlagan shaklda «hamkorlikdagi о‘qish», «о‘zaro о‘qish», 
«birgalikda о‘qish» tushunchalariga, sizning fikringiz bо‘yicha, munosib 
tavsif va belgilarni yozing. 
2. Guruhda birgalikda yozilganni muhokama qiling va ushbu 
tushunchalarni birga taqqoslab tahlil qilishga harakat qiling (grafik tashkil 
etuvchilaridan foydalanishingiz mumkin). 
3. Siz uchun uchta о‘qish texnikasidan qaysi biri ma’qul? О‘z 
javobingizni asoslab bering. 
 Ushbu mavzu bо‘yicha guruh bilimini aks etadigan kо‘rgazmali 
taqdimotni tayyorlang. 
Boshqa guruhlar a’zolarining bilimini tekshirish uchun savollarni 
tayyorlang. 


" O’ylang texnikasi " metodining afzalliklari: 
• ta'lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi; 
• fikr-g'oyalar vizuallashtirilib boriladi
• ta'lim oluvchilarning boshlang'ich bilimlarini tekshirib ko'rish imkoniyati mavjud; 
• ta'lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg'otadi. 
"
O’ylang texnikasi
" metodining kamchiliklari: 
• ta'lim beruvchi tomonidan savolni to'g'ri qo'ya olmaslik; 
• ta'lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.
• mashqni bajarish uchun kerak bo’ladigan vaqtni hisoblab chiqish 
" O’ylang texnikasi " metodi yordamida dars ishlanma 

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling