Guruh talabasi Nasirdinov Baxriddin Baxtiyor o‘g‘lining “Siyosiy rejim tushunchasi va uning turlari”


Download 103.85 Kb.
bet4/7
Sana31.01.2024
Hajmi103.85 Kb.
#1831263
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi

Davlatning tuzilish shakli. Davlat hokimiyatini hududiy nuqtayi nazardan tashkil etish va amalga oshirish murakkab, ko‘p tarkibli hodisa bo‘lib, unda davlat tuzilishining muayyan tartibi, davlatning alohida tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘lanish va o‘zaro aloqadorlik munosabatlari nazarda tutiladi. Bu milliy-davlat qurilishi, ma’muriy-hududiy tuzilish, iqtisodiy va maxsus hududlarga ajratishni ham qamrab oladi. Davlatning tuzilish shakli deganda, muayyan davlatning siyosiy, ma’muriy, hududiy tuzilishi va uning oliy organlari bilan mahalliy organlari o‘rtasidagi aloqalar e’tirof etiladi. Davlatning tuzilish shakli ikkiga bo‘linadi: oddiy(unitar) va murakkab (federativ va konfederativ).
Oddiy (unitar) davlat tuzilishida mamlakat ma’muriy-hududiy qismlarga (viloyatlar, shtatlar, okruglar, grafliklar, tumanlarga) bo‘linib, u yagona oliy organ, yagona boshqaruv organlari tizimiga, faqat bitta umumdavlat konstitutsiyasiga, yagona fuqarolikka, muayyan yaxlit hudud, davlat chegarasi, yagona armiya, yagona pul birligi va qonunchilik tizimiga ega bo‘ladi. Bunda har bir ma’muriy-hududiy birlik davlat tuzilmasi maqomiga ega bo‘ladi. Unitar davlatlar (lotincha “unitas” so‘zidan olingan bo‘lib – “yagona”, “bir butun” degan ma’noni anglatadi) oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bo‘lib, to‘la siyosiy birlik ekanligi bilan farqlanib turadi.
Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar, mamlakat tarkibida davlat belgilariga ega alohida hududiy tuzilmalar, ya’ni, “davlat ichidagi davlatlar” bo‘lmaydi. Unitar davlatlar tarkibidagi ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal etish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyati mamlakatning butun hududiga o‘z ta’sirini, yurisdiksiyasini tanho o‘tkazadi. Barcha ma’muriy hududlar uchun yagona qonunchilik tizimi, moliya kredit va soliq siyosati amal qiladi. Unitar davlatlarga Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Italiya, Ukraina kabi oddiy tarkibiy tuzilishga ega davlatlar misol bo‘la oladi.Unitar davlatlarning alohida turi bo‘lib, avtonom hududli unitar davlatlarhisoblanadi. Ularda yagona hudud tarkibida avtonom tuzilmalar bo‘ladi. Avtonom hududli unitar davlatlarga Xitoy (o‘z tarkibida bir qator avtonomiyalarga ega – Tibet, Ichki Mo‘g‘uliston, Gonkong va hokazo), Ispaniya (Basklar viloyati), Daniya (Farer orollari va Grenlandiya) misol bo‘ladi.
Federativ davlat (lotincha “foederare” so‘zidan olinib, “ittifoq bilan mustahkamlash” ma’nosini anglatadi) murakkab davlat demakdir. Federativ davlat– teng huquqli respublikalar, shtatlar, kontonlar va boshqa davlat tuzilmalarining ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil topadi. Tarixda yirik davlatlar vujudga keliishining ikki yo‘li bo‘lgan. Har ikki yo‘l bir necha yoki ko‘pchilik alohida davlatlarning birlashuvidan boshlanadi. Birinchi yo‘l muayyan iqtisodiy, siyosiy yoki harbiy maqsadlarga erishish maqsadida shartnomaviy birlashuv (federatsiya yo‘li); ikkinchisi – unitar davlatga iqtisodiy va madaniy chatishib ketadigan siyosiy qo‘shilish yo‘li. Federatsiya tushunchasi haqida ko‘pchilikning tasavvuri va tushunchasi noxolis yoki mavhum bo‘lib, ayrimlarning fikricha, federatsiyaga birlashish go‘yoki, federatsiya tarkibidagi mavqeyi yuqori bo‘lgan davlatga qaram bo‘lib qolishni nazarda tutadi. Aslida, federatsiya turli tarixiy davrlarda bir necha kichik davlatlarning tashqi xavfdan mudofaalanish maqsadida birlashuvi natijasida yuzaga kelgan. Amerika Qo‘shma Shtatlari bir necha mustaqil shtatlarning 1775-yilda Angliya mustamlakasiga qarshi kurashishda strategik maqsadlarda yagona federatsiyaga birlashganligi asosida tashkil topgan. Federativ davlatlar yer yuzida kecha yoki bugun paydo bo‘lgan yangi davlat tuzilmasi bo‘lmay, balki uning vujudga kelish tarixi XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlariga borib taqaladi. AQSh, Kanada, Meksika, Germaniya davlatlari shular jumlasidandir. Davlatlarning yagona federatsiya tarkibiga birlashuvi ayrim hollarda ularning bitta davlat tarkibiga singib ketishi natijasi, davlatning tuzilishi shakli dastavval federatsiya bo‘lsa, keyinchalik unitar siyosiy shaklga aylanib ketishi hollari uchrab turadi.Fransiya misolida ko‘radigan bo‘lsak, mazkur davlat tarixda bir necha ma’muriy-hududiy birliklardan iborat bo‘lgan alohida kichik mustaqil davlatlar, jumladan, bir qirollik, bir kurf-yuretlik, 26 gersoglik, 6 knyazlik, bir markgraflik, 77 graflik, 19 vitsegraflik, 14 mulk, bir markizlik, bir “kaptalat” va 13 vaqf yerlaridan tashkil topgan edi. Ular dastlab federatsiya tarkibiga birlashdilar, keyinchalik bu kichik davlatlarning barchasi yagona Fransiya davlati sifatida birlashib, o‘zida unitar siyosiy shaklni tashkil etdi.
Federativ davlatning belgilari quyidagilardan iborat:

  1. Uning hududi subyektlar hududi yig‘indisidan iborat bo‘ladi.

  2. Oliy qonun chiqaruvi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federatsiya

va subyektlar miqyosida ikki pog‘onali bo‘ladi. Federatsiya va uning subyektlarining vakolatlari federatsiya konstitutsiyasida belgilab qo‘yiladi.
3) Ikki fuqarolik mavjud bo‘lib, u har bir fuqaroning bir vaqtning o‘zida ham federativ davlat fuqarosi, ham federatsiya subyekti fuqarosi ekanligini bildiradi.
4) Federatsiyaning oliy qonun chiqaruvchi (vakillik) idorasi ikki
palatali tuzilishga ega: quyi palata butun mamlakatning manfaatini, yuqori palata federatsiya subyektlari manfaatlarini ifoda etadi.
5)Markaziy hukumatga bo‘ysunuvchi yagona qurolli kuchlar, politsiya, xavfsizlik xizmatlari, bojxona tizimi mavjud bo‘ladi.
6) Federatsiyaning subyektlari davlat belgilariga – o‘z konstitutsiyasiga, oliy davlat hokimiyat organlariga (subyekt boshlig‘i, parlament, hukumat), o‘z ramzlariga ega bo‘ladi.
Federatsiya tarkibiga kiruvchi davlatlar ixtiyoriy ravishda birlashib markazlashgan davlatni tashkil qiladi. Federatsiyada barcha a’zo subyektlar nomidan markaziy idoralar ish olib boradi va uning manfaatlarini ifoda etadi. Federatsiyaning bir-biridan farqlovchi uch turi mavjud: hududiy, milliy va milliy-hududiy federatsiya.
Davlat tuzilish shaklining yana bir turi – bu konfederatsiyadir. Konfederatsiya bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, mudofaa masalalari bo‘yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona davlat hududi, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to‘la mustaqil davlatlarning ayrim sohalar bo‘yicha tuzadigan ko‘ngilli ittifoqidir. Konfederatsiya davlat tuzilish shakli hisoblanib, u shartnoma yoki bitim asosida tuziladi hamda muvaqqat xarakterga ega bo‘ladi. Ular keyinchalik asosiy maqsadga erishganidan so‘ng tarqalib ketishi yoki tuzilgan ittifoqni mustahkamlab federatsiyaga o‘tishi, yoxud qo‘shilib unitar davlat bo‘lib ketishi ham mumkin.
Konfederatsiyaning federatsiyadan farqi shuki, federatsiya alohida davlatlarning yagona davlatga birlashish borasidagi ittifoqi bo‘lsa, konfederatsiya mustaqil davlatlarning cheklangan sohalardagi ittifoqidir, ya’ni konfederatsiya subyektlari birlashish jarayonida o‘z mustaqilligini saqlab qoladi, federatsiya subyektlari esa, o‘z suverenitetini federatsiya idoralari ixtiyoriga topshiradilar. Shuningdek, federatsiya qat’iy ravishda konstitutsiya asosida birlashsa, konfederatsiya taraflarning o‘zaro kelishuviga binoan shartnoma yoki bitim asosida birlashadi.
Konfederatsiyaning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
1) konfederatsiya muayyan maqsadga erishish uchun birlashgan mustaqil
davlatlarning ittifoqi;
2) barqaror bo‘lmagan siyosiy tuzilma;
3) yagona hududning bo‘lmasligi;
4) yagona fuqarolikning o‘rnatilmasligi;
5) konfederatsiya subyektlari undan erkin chiqib ketishi mumkinligi;
6) konfederatsiya subyektlarining qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaslik
huquqiga egaligi;
7) konfederatsiya vakolatiga cheklangan doiradagi masalalarni hal etish
kirishi;
8) konfederatsiya budjeti uning a’zolari ixtiyoriy badallaridan tashkil topishi.
Hozirgi vaqtda Yevropaning 28 ta davlatini birlashtirgan Yevropa ittifoqi davlatlarining hamdo‘stligi konfederatsiyasi mavjud. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi konfederatsiya emas. 2016-yil iyunida Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish to‘g‘risida referendum o‘tkazdi. Bunda Angliya aholisining qariyb 60 foizga yaqini Yevroittifoqni tark etish g‘oyasini yoqlab ovoz berdi. “Breksit” – Ittifoqni tark etish, undan chiqish protsedurasi ikki yilga cho‘zilishi, London bilan Bryussel o‘rtasida uzoq muzokaralar bo‘lishi hozirgacha ta’kidlanmoqda. Yevroittifoqning boshqa a’zo-davlatlari orasida ham Buyuk Britaniyadan ibrat olishni o‘ylayotganlari bor. Chamasi, Yevropa Ittifoqi jiddiy islohotlarga muhtoj bo‘lib qoldi.


Download 103.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling