Guruh talabasi Nasirdinov Baxriddin Baxtiyor o‘g‘lining “Siyosiy rejim tushunchasi va uning turlari”


Download 103.85 Kb.
bet1/7
Sana31.01.2024
Hajmi103.85 Kb.
#1831263
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Tarix fakulteti


Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi
22.30 - guruh talabasi
Nasirdinov Baxriddin Baxtiyor o‘g‘lining

Siyosiy rejim tushunchasi va uning turlari”


mavzusidagi


KURS ISHI


Ilmiy rahbar: N. Madumarova.
Mundarija.
Kirish……………………………………………………………………….
I BOB. Siyosiy rejim davlat shakllarining muhim shakli sifatida…


    1. Davlat shakllari tushunchasi.

    2. Davlat boshqaruv shakllari.

II BOB. Siyosiy rejim tushunchasi va turlari.
2.1. Siyosiy rejim tushunchasi.
2.2.. Siyosiy rejim turlari.
XULOSA……………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati………………………………………

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik jamiyatni qurish dolzarb muammolardan biri sifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham o‘z aksini topgan. Mustaqillik yillari mobaynida yurtimizning demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotini qaror toptirish yo‘lida huquqiy jihatdan ko‘pgina ishlar qilinib, respublikada dav-lat idoralarining, shu jumladan, huquq muassasalarining izchil tizimi shakllantirildi.
Kurs ishining o‘rganilganlik darajasi. Ushbu mavzuni o‘rganish davomida bir qator milliy huquqshunos olimlarimiz tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan, jumladan, milliy huquqshunos olimlarimizdan biri bo‘lgan X.Odilqoriyev tomonidan quyidagicha ta’rif beradi: “Siyosiy rejim – davlat hokimiyatini amalga oshirishda foydalaniladigan tartib va usullar yig‘indisi. Davlat hokimiyati har bir mamalakatda o‘ziga xos xususiyatga ega, shu bois siyosiy rejim ham turlicha qaror topadi va namoyon bo‘ladi.”12 Yana bir milliy huquqshunos olimlarimizdan bir bo‘lgan A.Saydullayev tomonidan quyidagicha ta’rif beriladi: “Siyosiy rejim – siyosiy hokimiyatni amalga oshirishda qo‘llaniladigan usul, uslub va vositalar yig‘indisidir.”
Kurs ishining obyekti. Ushbu mavzuning obyektini davlatga o‘z hokimiya-tini amalga oshirish imkonini beruvchi tashkiliy-moddiy kuch tashkil etadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy islohotlarda davlatning roli, uning bosh islohotchilik xususiyatlarini ushbu sermazmun ishlarni amalga oshirishda davlatning, davlat organlarining va eng asosiysi, davlat mexanizmining tutgan o‘rni beqiyosdir.
Kurs ishining predmeti. Ushbu mavzuning predmetini, siyosiy rejim davlat hokimiyatini amalga oshirishda eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tushuncha hisoblanib, har qanday holatda ham siyosiy rejim barcha tarkibiy qismlarining faoliyati uning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishga qaratilganligi tashkil etadi.

Download 103.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling