Guruh talabasi Nasirdinov Baxriddin Baxtiyor o‘g‘lining “Siyosiy rejim tushunchasi va uning turlari”
Download 103.85 Kb.
|
Kurs ishi
2.2. Siyosiy rejim turlari
“Siyosiy rejim” barcha siyosiy institutlar, jumladan davlat, siyosiy partiya, saylanadigan birlashmalar, ommaviy ijtimoiy tashkilot va boshqalarning amaldagi faoliyatini ifoda etadi. Siyosiy yoki davlat rejimlarini o‘rganish davlat nazariyasi fanining vazifasidir. Davlat nazariyasida “davlat rejimi” tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ibora davlat nazariyasida davlat faoliyatining usullarini, metodlarini tavsiflash uchun foydalaniladi. Bu esa, o‘z navbatida, davlat hokimiyati muayyan jarayonlarda qanday amalga oshirilayotganini ta’riflashga imkon yaratadi. Davlat rejimi davlat shakllarining boshqa elementlaridan farq qiladi va o‘ziga xos siyosiy-huquqiy kategoriya hisoblanadi. U davlat hokimiyatini amalga oshirishning real mexanizmi sifatida hokimiyat tarmoqlari munosabatlaridagi yuridik prinsiplarni emas, balki ularning haqiqiy holatini, avvalo, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi mavjud real munosabatlarni ochib beradi. Yuqorida qay etilganidek, “davlat rejimi” va “siyosiy rejim” kategoriyalari o‘zaro uzviy bog‘liq. Siyosiy rejim amalda davlat rejimi mazmuni va tabiatini oldindan belgilaydi. Shuning uchun demokratik va avtoritar siyosiy rejimlarning har biri o‘ziga mos davlat rejimiga ega bo‘ladi. Davlat rejimining demokratligi yoki avtoritarligi darajasi to‘g‘risida quyidagilarga asoslanib, xulosa chiqarish mumkin: birinchidan, davlat faoliyatidagi huquqiy va nohuquqiy metodlar, vosita va usullar nisbatan muayyan davlatning huquqiy yoki huquqiy emasligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi (demokratik davlat doimo huquqiy bo‘ladi); ikkinchidan, davlat hokimiyati organlari faoliyatida xalq suvereniteti prinsipining amalda joriy etilganlik darajasiga qarab xulosa chiqarish mumkin. Demokratik davlat rejimi sharoitida davlat organlari huquqiylik va qonuniylik prinsiplariga og‘ishmay amal qiladi, inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklarini hurmat qiladi, jamiyatda siyosiy erkinliklarning yuksak darajasi ta’minlanadi. Avtoritar davlat rejimi sharoitida esa, kuchga tayanuvchi boshqaruv metodlari, asosiy huquq va erkinliklarning qisman yoki to‘liq tugatilganligi, xalqning jamiyat va davlat ishlarida ishtirok etishdan chetlatilganligi kuzatiladi. Demokratik davlat rejimiga xos asosiy xususiyat shundaki, davlat faoliyatining asosidagi siyosiy irodaning shakllanishi “quyidan yuqoriga” qarab yo‘naladi. Ya’ni, individ va shaxslardan davlat institutlariga qarab “o‘sib keluvchi” iroda siyosiy qarorga aylanadi. Shu tariqa demokratik siyosiy rejim xalqning davlat boshqaruvida keng va doimiy ishtirokini ta’minlaydi. Demokratik davlat rejimining yana quyidagi belgilarini ta’kidlash mumkin: birinchidan – davlat hokimiyatining qurilishi va uning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo‘lingan holda amal qilishi; ikkinchidan – vakillik muassasalarining hal qiluvchi rolining ta’minlanishi. Ularning umumiy saylovlar orqali shakllantirilishi va davlat hokimiyatini amalga oshirishi uchun real vakolatlarga ega bo‘lishi, davlat apparati faoliyatida konstitutsionalizm prinsiplari va Konstitutsiyaning ustuvorligiga rioya qilishning tan olinganligi hamda ularga sobitqadamlik bilan rioya etilishi. Demokratik davlat rejimi boshqaruvining turli shakllari: prezidentlik yoki parlament respublikalari, shuningdek parlament monarxiyalarida ham uchraydi. Masalan, boshqaruvning turli shakllariga egaligiga qaramay GFR va Italiyada (parlament respublikalari), Meksika va Argentinada (prezidentlik respublikalari), Ispaniya va Yaponiyada (parlament monarxiyalari) demokratik davlat rejimi amal qiladi. Shunday qilib, davlatlarning boshqaruvi, tuzilishi va siyosiy rejimiga ko‘ra shakllari nihoyatda turli-tumandir. Bunga ko‘pgina omillar sabab. Avvalo, iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy va boshqa omillar ta’sir etadi. Qolaversa, demokratik, milliy, diniy va boshqa an’analar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Siyosiy (davlat) rejim(i) - bu siyosiy (davlat) hokimiyatn amalga oshirishda qo‘llaniladigan usul, uslub va vositalar yig‘indisidir. Siyosiy rejim davlat hokimiyatining aholi bilan o‘zaro munosabatlari qanday usullar yordamida amalga oshiriladi, ijtimoiy qatlamlarning siyosiy sohadagi haqiqiy nisbati qanday namoyon bo‘ladi turli jamoat tashkilotlarining siyosiy maqomi qanday, davlat organlari o‘z hududlarida yashovchi aholini boshqarish bo'yicha amalda qanday rol o‘ynaydi degan savollarga javob beradi. Davlat va huquq nazariyasi davlatchilikning ko‘p asrlik tarixida ma’lum bo‘lgan siyosiy rejimlarning bir qator turlarini ajratib ko‘rsatadi. Barcha siyosiy rejimlar birinchi navbatda ikki xi ko‘rinishdagi, ya’ni demokratik va nodemokratik turlarga bo‘linadi. Demokratik rejim. Davlat hokimiyatini amalga oshirishning mazkur turiga quyidagi belgilar xos: - iqtisodiy faoliyat sohasida shaxsning erkinligi; - davlat hokimiyati faoliyatiga xalq tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilishning samarali mexanizmlarining mavjudligi; - jamiyat hayotiga oid bo‘lgan eng muhim masalalar yuzasidan qarorlarning ko‘pchilik tomonidan ozchilikning manfaatlari maksimal darajada e’tiborga olingan holda qabul qilinishi; - shaxsiy huquq va erkinliklarning kafolatlanganligi; - shaxsning qonunsizlik va hokimiyatning har xil suiiste’mol qilishliklaridan himoyalanganligi; - oshkoralik, ommaviy axborot vositalarining erkinligi va senzuradan xoli ekanligi; - barcha davlat organlari faoliyatining qonuniylik tamoyiliga asoslanishi; - hokimiyat vakolatlarining taqsimlanganligi va boshqalar. Demokratik rejimning quyidagi turlari mavjud: sotsial-demokratik (tenglik, davlat tomonidan ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan shaxslarga nisbatan kuchli ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishi va boshqalar); liberal-demokratik (erkinlik, birodarlik, tenglik kabi umuminsoniy qadriyatlarning ta’minlanishi bilan birga davlatning iqtisodiyotga ta’siri minimal darajada bo‘lishi va boshqalar). Nodemokratik siyosiy rejim. Davlat hokimiyatini amalga oshirishning mazkur turiga quyidagi belgilar xos: - ijtimoiy hayotning barcha sohalari ustidan davlatning to‘la nazorati o‘rnatilganligi; - fuqarolar huquq va erkinliklarining amalda tatbiq etilmasligi va yetarli darajada kafolatlanmaganligi; - yagona partiya diktaturasining o‘rnatilganligi; - hokimiyatning qat’iy markazlashganligi hamda davlat boshlig‘i shaxsining haddan tashqari ulug‘lanishi; - jamoat tashkilotlar faoliyatining davlat tomonidan qat’iy nazorat ostiga olinishi; - fuqarolar va ijtimoiy-siyosiy kuchlarning rasmiy mafkuraga mos kelmaydigan diniy, siyosiy va boshqa qarashlar uchun ta’qib ostiga olinishi; - ommaviy axboro vositalari ustidan to‘la nazoratning o‘rnatilishi, senzuraning mavjudligi va boshqalar. Nodemokratik rejimning totalitar, fashistik va avtokratik kabi turlari mavjud. Avtokratik rejimga jamoa avtokratiyasi va yagona shaxs avtokratiyasi kiradi. Jamoa avtokratiyasi, o‘z navbatida, aristokratiya va oligarxiya deb nom olgan boshqaruv shakllariga bo‘linadi. Yagona shaxs avtokratiyasi despotiya, mustabidlik, shaxsiy hokimiyat shakllariga ega. Yuqoridagilar bilan birga tegishli adabiyotlarda nodemokratik rejimnin harbiy xunta va irqchilik shakllari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Download 103.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling