Guruh talabasi Nasirdinov Baxriddin Baxtiyor o‘g‘lining “Siyosiy rejim tushunchasi va uning turlari”
Download 103.85 Kb.
|
Kurs ishi
Davlat boshqaruv shakllari. Davlatning mohiyatini tushunishda davlat boshqaruvi shakli alohida ahamiyatga ega. Boshqaruv shakli davlat hokimiyatini tashkil etish tartibi va mazmunini, hokimiyatni amalga oshirish mexanizmini anglatadi. Davlat boshqaruvi shakli insoniyatni qadimdan qiziqtirib kelgan. Bunda davlatni kim boshqaradi, davlat qanday boshqariladi degan masalalarga va uning boshqarish shakllariga Aflotun, Arastu, Forobiy, Monteskye, Lokk, Russo va boshqa mutafakkirlar o‘z asarlarida alohida e’tibor qaratganlar. Boshqaruv shakli deganda, oliy davlat hokimiyati, uning idoralari aholi bilan o‘zaro munosabati, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi.Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar monarxiyava respublikaga bo‘linadi. “Monarxiya” yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib (“monos” – bir, “arhe” – hokimiyat), yakka hukmronlik, yakka hokimiyatchilik degan ma’noni anglatadi.
Monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud: – monarx davlatni shaxsiylashtiradi; – monarx tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig‘i hisoblanadi; – monarx davlatni o‘zi yakka boshqaradi; – monarx hokimiyati muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilinadi; – hokimiyatni o‘rnatish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud; – monarx o‘z boshqaruv faoliyati natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar bo‘lmaydi. Monarxiya oliy hokimiyat xalq tomonidan saylab qo‘yilgan organlarga emas, balki meros tariqasida egallagan podsho-hukmdorga tegishli bo‘ladi. Monarxiya boshqaruv shakliga asoslangan davlatlarda mamlakat boshliqlari imperator, xon, podsho, sulton, qirol, qirolicha, amir, shoh va boshqa shu kabi nomlar bilan ataladi. Monarx davlatni tanho hokimlik asosida boshqaradi. Albatta, bu davlatning barcha ishlarini uning bir o‘zi hal etar ekan, degan ma’noni bildirmaydi. Turli davlat organlarida xizmat qiluvchi ko‘p sonli maslahatchilar, vazirlar, amaldorlar davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etadi. Ayni paytda, eng muhim davlat ishlari bo‘yicha monarxning o‘zi hukm chiqarishiga to‘g‘ri keladi. U davlat hokimiyatining to‘laqonli suveren egasidir. Monarx hokimiyati oliy maqomga ega bo‘lib, u mustaqildir. U – davlatdagi oliy hokimiyat sohibidir. Monarxiya hokimiyati vorislik asosida bir avloddan ikkinchi avlodga meros bo‘lib o‘tadi. Hokimiyatni bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tishiga xalqning hech qanday aloqasi bo‘lmaydi, hokimiyatning hukmdor tomonidan egallanishi va uning faoliyat ko‘rsatishi maxsus marosimlar orqali amalga oshiriladi. Monarx muddatsiz, umrbod hokimiyat egasi hisoblanadi. Lekin, monarxlar ag‘darib tashlanganligi, o‘ldirilganligi, boshqa kishilar bilan almashtirilganligiga tarixda misollar ko‘p. Monarx siyosiy boshqaruvda mas’uliyatdan ozod hisoblanadi, ya’ni u o‘z boshqaruvi natijalari uchun yuridik va siyosiy javobgar hisoblanmaydi. Hukmdor qoidaga ko‘ra, qurolli kuchlarning bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Masalan, 1809-yildagi Shvetsiya davlat boshqaruvi to‘g‘risidagi qonunda Qirolning xattiharakatlari qonunga kirmaydi, deb ko‘rsatilgan. Monarxiyaning uch turi mavjud: mutlaq monarxiya, cheklangan monarxiya vanoan’anaviy monarxiya. Davlat hokimiyati boshqa bironta idora vakolatlari bilan yoki qonunlar asosida cheklanmagan holda amalga oshirilsa, bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi. Mutlaq monarxiyaboshqaruv shaklida davlat boshlig‘i hokimiyatdan muddatsiz, ya’ni umrbod foydalanadi, taxtni meros yoki qarindoshlik senzi bo‘yicha egallaydi hamda o‘z xatti-harakatlari uchun qonun yoki biror davlat organi oldida javobgar bo‘lmaydi, balki faqat xudo oldida mas’uliyatning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Mutlaq monarxiyaning o‘ziga xos yana bir xususiyati shundaki, mazkur boshqaruv shakliga asoslangan davlatlar qonunlarida davlat boshlig‘i, ya’ni monarx tomonidan qabul qilingan qonun yoki boshqa turdagi huquqiy hujjatning biror-bir shaxs tomonidan bajarilmasligi holatida u faqat yuridik javobgarlikka tortilibgina qolmay, balki monarx xudoning yerdagi vakili hisoblangani uchun uning amrini bajarmaslik katta gunoh sanaladi va xudoning qahriga uchraydi hamda inson o‘limidan so‘ng narigi dunyoda xudo oldida ham javob berishi haqida uqtiriladi. Monarx hokimiyati ilohiylashtirilgan shaklda namoyon bo‘ladi. Cheklangan monarxiyada mutlaq monarxiyadan farqli ravishda monarx hokimiyatining vakolatlari konstitutsiya va qonun asosida yoki davlatning biron-bir vakolatli idorasi tomonidan cheklangan bo‘ladi. Cheklangan monarxiya, o‘z navbatida, dualistik va parlamentar turlarga bo‘linadi. Dualistik monarxiyadavlatlariga Saudiya Arabistoni, Quvayt, Nepal kabi davlatlar kiradi. Dualistik monarxiyada hokimiyat monarx va parlament o‘rtasida bo‘linadi. Lekin bu bo‘linish noteng bo‘lib, unda monarx hokimiyati cheklangan bo‘lsa-da, parlament qabul qiladigan birorta ham qonun monarx roziligisiz kuchga kirmaydi. Ijro hokimiyati esa to‘laligicha monarx va u tayinlaydigan hukumat qo‘lida jamlanadi. Boshqaruvning bunday shakli XIX asr va XX asrning boshlarida ancha keng tarqalgan edi (jumladan, Germaniya birlashtirilgandan keyin 1871-yilda qabul qilingan Konstitutsiya bo‘yicha shunday boshqaruv shakllangan edi). Bugun rivojlangan G‘arb mamlakatlarida boshqaruvning bunday shakli mavjud emas. Faqat Lixtenshteyn bundan mustasno bo‘lib, 1921-yilgi Konstitutsiyaga bu yerda 2003-yilda o‘zgartirishlar kiritilgan. Yaqin Sharqning bir necha mamlakatlarida, masalan, Iordaniya va Marokashda esa, dualistik monarxiya hali ham mavjud. Davlat boshqaruvining respublika shaklida davlat hokimiyati va boshqaruvning oliy organlari bevosita xalq tomonidan yoki xalq saylagan organlar tomonidan saylab qo‘yish yo‘li bilan tuziladi va uning vakolati muayyan muddatga belgilanadi. “Respublika” lot. respublika – “jamoa ishi”, “xalq ishi”, davlat degan ma’noni anglatadi. Respublikaning asosiy belgilari – hokimiyat oliy organlarining saylab qo‘yilishi, hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi, qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi organ – sudlarning mavjudligi, fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda bevosita va bilvosita ishtirok etishi. Jamiyat taraqqiyoti tarixida respublika shaklidagi davlat boshqaruvining bir necha ko‘rinishlari ma’lum. Afina davlatida (mil. av. V – IV asrlar) boshqaruvning demokratik respublika shakli mavjud bo‘lgan. Unda afinalik erkin fuqarolarning qulga aylanishiga yo‘l qo‘yilmasdi. Bu respublikada ijtimoiy raqobat, qulga egalik qilishning maxsus tartibi, jamoa qulchiligi mavjud edi. Shuningdek, Afinada davlat boshqaruvining birmuncha samarali tizimi faoliyat ko‘rsatgan. Sparta (mil. av. V – IV asrlar) va Rim davlatlari (mil. av. V – II asrlar) aristokratik respublikalar bo‘lgan. Ular davlat sifatida aksariyat aholining aristokratiya, nufuzli kiborlar qismining manfaatlarini ifodalagan. Shuningdek, shahar-respublikalar ham mavjud bo‘lib, ularda fuqarolarning erkinliklari va xususiy mulk munosabatlarining erkinligi tan olingan. Shahar-respublikalar Florensiya, Venetsiya – Italiyada; Novgorod, Pskov – Rossiyada va Germaniya, Fransiya, Angliyada ham bo‘lgan. Respublika hozirgi dunyoda keng tarqalgan davlat boshqaruv shakli bo‘lib, uning ikki ko‘rinishi mavjud: 1) prezidentlik respublikasi; 2) parlamentar respublika. Download 103.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling