Guruh talabasi Nasirdinov Baxriddin Baxtiyor o‘g‘lining “Siyosiy rejim tushunchasi va uning turlari”


Download 103.85 Kb.
bet2/7
Sana31.01.2024
Hajmi103.85 Kb.
#1831263
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi

Kurs ishining maqsadi. Siyosiy rejimning davlat hayotidagi o‘rnini nazariy jihatdan o‘rganish va amaliyotda qo‘llash uchun ko‘nikma, malaka hosil qilish.
Kurs ishining vazifasi quyidagi vazifalarni nazarda tutadi:

  1. Davlat shakllari tushunchasini o‘rganish.

  2. Davlat shakllarining turlarini tahlil qilish.

  3. Siyosiy rejim tushunchasini nazariy jihatdan o‘rganib chiqish.

  4. Siyosiy rejim tarkibiy tuzilishi ko‘rib chiqish.

Kurs ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va normaiv-huquqiy hujjatlarning qisqacha o‘zaro tahlili. Biz kurs ishini yozish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlaridan, undan tashqari bir qator milliy olimlarimiz asarlaridan, jumladan, X.Odilqoriyev, A.Saydullayev, Islomov kabi olimlarimiz asarlaridan foydalandik.
Kurs ishi tuzilmasining tasnifi. Kurs ishi ikki bob, to’rt rejani o’z ichiga oladi.
1.Ushbu bobda davlat shakllarini o’rnatish maslasiga turli nuqtaiy nazarlardan turib yondashish mumkin. Ilmiy-tahlil (genaseologik) yondashuvi davlat shakllarini o’rganishda davlat shakllari bilan uning tuzilishi hamda mohiyati o’rtasidagi aloqadorlikni ochib beradi.
2. Bu bobda davlat shaklining asosiy elementlaridan biri siyosiy rejim (tartib)dir.Siyosiy rejim tushunchasi tor va keng ma’noda qo’llaniladi.
Siyosiy rejim – davlat hokimyatini amalga oshirishda foydalaniladigan tartib va usular yig’indisi.

I BOB. Siyosiy rejim davlat shakllarining muhim shakli sifatida



    1. . Davlat shakllari tushunchasi.

Davlat uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi, shu davr ichida u shakllanib,
rivojlanib, o‘zgarib keldi. Tabiiyki, davlat insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida har xil shakllarga ega bo‘lgan. Davlatni uning shakli nuqtayi nazaridan o‘rganish – avvalo, davlat tuzilishi, uning asosiy tarkibiy qismlari va ichki strukturasini, shuningdek davlat hokimiyatini o‘rnatish va amalga oshirishning asosiy usullarini anglashni nazarda tutadi.
Aholi hayot tarzini yaxshilash maqsadida turli xil inqilobiy o‘zgarishlar, hatto fuqarolik urushlari yoki qo‘zg‘olonlar asosida davlat to‘ntarishlari o‘tkazib, o‘ziga qulay bo‘lgan davlat shaklini yaratishga intiladi. Jamiyatning rivojlanishi va aholi ongining o‘sishi natijasida davlat shakllari o‘zgarib turadi va takomillashib boradi, bu haqda tarix jonli guvohlik beradi.Davlatning shakllari muayyan tarixiy sharoitlarga, jamiyatning ijtimoiy tuzumiga, jug‘rofiy, iqlim va boshqa sharoitlariga, aholining ijtimoiy tarkibiga, siyosiy kuchlar nisbatiga bog‘liq ravishda turli-tuman bo‘lishi mumkin. Zero, “har bir davlat betakror ijtimoiy hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining hosilasidir, uning o‘ziga xos, o‘ziga mos madaniyati rivojining natijasidir.” Davlat shakli haqidagi masala muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Davlat shakli tushunchasi davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti sifatida, huquqshunoslikning eng muhim, sermazmun mavzularidan biri bo‘lib, uning ma’nosini anglash va izohlashga jiddiy yondashuv talab etiladi. Ushbu fikrning tasdig‘i sifatida huquqshunos olim I. Ilin quyidagilarni ta’kidlaydi: “Davlat shakli – murakkab va g‘oyat mas’uliyatli masaladir, uni ehtiyotkorlik va mutlaqo xolis fikr bilan o‘rtaga qo‘yish zarur. Eng avvalo, davlat shakli xalqlar hayotiga daxlsiz bo‘lgan “mavhum tushuncha” ham, “siyosiy chizgi”
ham emas, balki hayot tarzi va xalq hokimiyatining jonli tashkil etilishidir”
Xalq o‘z hayot tarzini tushunishi, aynan “shunday” tashkil etilishini uddalashi; shutuzum qonunlarini hurmat qilishi hamda shu tashkilotga ixtiyoriy hissasini qo‘shishi zarur. Boshqacha aytganda, aynan xalqning jonli huquqiy ongi davlat shaklini belgilab beradi, unga hayot, kuch baxshida etadi; binobarin, davlat shakli, eng avvalo, xalqning huquqiy ongi darajasiga, uning to‘plagan tarixiy-siyosiy tajribasiga, iroda kuchi va milliy xususiyatiga bog‘liqdir. “Davlat shakli” iborasini bir guruh olimlar “davlat tuzumi”ning sinonimi sifatida qo‘llaydilar va davlat shakli tushunchasiga davlat boshqaruv shakli, davlatning tuzilish shakli va siyosiy rejim kiradi, deb hisoblaydilar. Ikkinchi guruh olimlar davlat shakliga davlat boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shakli kiradi deb, unga siyosiy rejimni qo‘shmaydilar. Yana bir toifa huquqshunoslar davlat shakli – davlat hokimiyatining tuzilishi shaklidir, deydilar. Shunday qilib, davlat shakli uch tushunchani: davlat boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy rejimni o‘z ichiga oladi. Davlat boshqaruv shaklidavlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining shakllantirilishi va tashkil etilishi tartibi, ularning o‘zaro hamda aholi bilan aloqadorligidir. Bu tushuncha orqali mamlakatda kim hukmron va u hokimiyatni qanday boshqaradi, degan savollarga javob olinadi. Boshqaruv shakliga qarab davlatlarning monarxiyava respublika shakllari farqlanadi. Davlat tuzilishi shakli orqali davlatning hududiy tarkibi, markaziy va mahalliy hokimiyat idoralarining o‘zaro munosabati (nisbati) ifodalanadi.
Davlatlar tuzilishi shakliga ko‘ra, oddiy (unitar)va murakkab (federativ, konfederativ) turlarga ajratiladi. Siyosiy (davlat – huquqiy) rejim davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari (metodlari) va vositalari yig‘indisidir. Davlat hokimiyatini amalga oshirish usul va vositalari toifasiga ko‘ra demokratikva avtoritar siyosiy rejimlar farqlanadi.Lekin shuni ta’kidlash joizki, bular hozircha davlat shaklini tushunishga bo‘lgan umumiy yondashuv, ilk tanishuvdir. Uni batafsilroq tushunish uchun davlat shaklini tashkil etuvchi har uch jihatni diqqat bilan o‘rganish, ularning o‘zaro bog‘liqligi, o‘zaro ta’sirini kuzatish hamda nazariy, siyosiy-huquqiy tafakkur yuz yillar davomida davlatni o‘rganar ekan, davlat shaklining aynan shunday mazmunini nega alohida ajratib ko‘rsatganligini tushunishga harakat qilish lozim. Davlat shaklini bunday tushunishning shunchaki tarkib topmaganligi va ayrim olimlarning hozir ham unga qo‘shilmasliklarini qayd etib o‘tish joiz. Uzoq vaqt davomida davlat shakli boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shaklidan (biz keltirgan tarkibdan dastlabki ikkitasidan) iborat deb hisoblab kelingan. Keyinchalik unga siyosiy idora usuli qo‘shilgan. “Davlat shakli”va “siyosiy idora usuli” o‘rtasiga tenglik alomatini qo‘yuvchilar ham, bunga asos ham bo‘lgan. Buni keyinroq “siyosiy (davlat) idora usuli” tushunchasini batafsil ko‘rib chiqish vaqtida mufassal izohlab o‘tamiz. Shunga qaramay, hozirgi kunda davlat hokimiyati tashkiloti uch qism – boshqaruv, davlat (ma’muriy-siyosiy) tuzilishi hamda davlat (siyosiy) idora usuli – birligidan tashkil topadi, degan fikr keng tarqalgan.
Davlat shakli davlat hokimiyatining qanday prinsiplarga asosan tashkil etilganligini va hududiy jihatdan qay tartibda tuzilganligini umumiy, yaxlit tarzda ifodalaydi. Davlat shakli davlatning asosiy organlari (parlament, hukumat, davlat boshliqlari) ning faoliyat tartibi va ular o‘rtasidagi munosabatlar prinsiplarini, davlatning tarkibiy qismlari va ularning yuridik mavqelarini, shuningdek davlat hokimiyatini amalga oshirish metodlarini hamda fuqarolar bilan munosabatlaridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita aloqalarini tavsiflaydi. Davlatning mohiyatini tushunishda davlat boshqaruvi shakli alohida ahamiyatga ega. Boshqaruv shakli davlat hokimiyatini tashkil etish tartibi va mazmunini anglatadi.
Davlat shakllarini o‘rnatish masalasiga turli nuqtayi nazarlardan turib yondashish mumkin. Ilmiy-tahlil (genoseologik) yondashuvi davlat shakllarini o‘rganishda davlat shakllari bilan uning tuzilishi hamda mohiyati o‘rtasidagi aloqadorlikni ochib beradi. Bu masala bilan asosan davlat va huquq nazariyasi fani shug‘ullanadi. Davlatning tashkil topish chog‘idagi shart-sharoitlar (masalan, AQSh davlati hududiy-siyosiy qurilishining federativ shakli), tarixiy an’analar (Buyuk Britaniyadagi monarxiya), ichki siyosiy kuchlar kurashi (qator Afrika davlatlarida davlat shakllarining bir necha marta o‘zgartirilishi), jamiyat ma’naviy – mafkuraviy tizimida diniy-axloqiy qadriyatlarning hukmronlik qilishi (Erondagi teokratik respublika) kabilar davlat shakliga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayonga subyektiv omil ham ta’sir etishi mumkin. Masalan, general Sharl de Golning Fransiyadagi Beshinchi Respublika institutlariga ko‘rsatgan ta’sirini eslashning o‘zi kifoya.
Davlat shakli tushunchasi davlat hokimiyatini tashkil etishning eng muhim jihatlarini qamrab olganligi bois, o‘z mazmuniga ko‘ra ancha murakkab hodisadir. Bu tushuncha qaysi organlar davlat hokimiyatini ifoda etishini, bu organlarning shakllanish tartibini, ular vakolatlari ko‘lami va muddatlarini, davlat organlari (mahalliy va markaziy organlar) o‘rtasidagi munosabatlarni, va nihoyat, davlat hokimiyatini amalga oshirishning usul va vositalarini qamrab oladi.
Jamiyat boshqaruvi tashkil etishning qaysi jihati tadqiqot obyekti ekanligiga ko‘ra, davlat shaklining uch elementi bir-biridan farqlanadi:

  1. Boshqaruv shakli;

  2. Davlat tuzilishi (hududiy-siyosiy) shakli;

  3. Siyosiy (davlat – huquqiy) rejim.


Download 103.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling