Guruh talabasi Nazirjonov Shohzodning Analitik geometriyafanidan
Download 0.82 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘g‘ri chiziqda, tekkislikda va fazoda koordinatalar sistemasi”mavzusidagi KURS ISHI Kurs ishi rahbari
- II-BOB.Fazoda koordinatalar sistemasini almashtirish.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI Farg‘ona davlat universiteti Matematika-Informatika fakulteti Matematika yo‘nalishi 22.01-guruh talabasi Nazirjonov Shohzodning Analitik geometriyafanidan “To‘g‘ri chiziqda, tekkislikda va fazoda koordinatalar sistemasi”mavzusidagi KURS ISHI Kurs ishi rahbari: Matematika kafedrasi o‘qituvchisi B.Mamadaliyev Reja: KIRISH. I-BOB. Tekislikda dekart kordinatalar sistemasi. 1.1-§.Dekart koordinatal sistemasi. 1.2-§.TekislikdaDekart koordinatalar sistemasini almashtirish. II-BOB.Fazoda koordinatalar sistemasini almashtirish. 2.1-§.Fazoda to‘g‘ri burchakli koordinatalar sistemasi 2.2-§.Аffin kооrdinаtаlаrni аlmаshtirish 2.3-§.Dekаrt kооrdinаtаlаrniаlmаshtirish Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. KIRISH “Bizning eng katta boyligimiz – bu xalqimizning ulkan intellektual va ma’naviy salohiyati” Shavkat Mirziyoyev O‘zimizning ma‘naviy burchimizni oqlashni istasak, ularga otalarcha g‘amxo’rlik qilishimiz kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yili 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so’zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to’xtalib o’tdi. "Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so’z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog’liq. Bugun zamon shiddat bilan o’zgaryapti. Bu o’zgarishlarni hammadan ham ko’proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o’z davrining talablari bilan uyg’un bo’lsin. Lekin ayni paytda o’zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug’ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o’zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz. Tashqaridan qaraganda matematikani akademik litseylarda o’qitish juda sodda va asosan quyidagi ikki muammodan iboratdek ko’rinadi: birinchidan, o’quv rejasiga ko’ra ajratilgan soatlarda bayon etish mumkin bo’lgan materialni ajratish va ikkinchidan, uni o’quvchilarga mantiqiy bayon etish va buning natijasida akademik litsey pedagogikasi mazkur masalalar bilangina chegaralanadi degan tasavvur paydo bo’ladi. Lekin aslini olganda tanlab olingan o’quv materialini o‘qitish muammolari bir muncha murakkabdir. Tavsiya etilgan o’quv adabiyotlaridan foydalanib o’quv materialini og’zaki bayon etish jarayonini umumiy nuqtai nazardan baholash uning quyidagi asoslarga ko‘ra shakllanganligini ko‘rsatadi: matematik nazariyalar boshlang‘ich tushunchalar asosida formal mantiq qoidalariga ko’ra qurilganligiga asosan, ta’lim berish jarayoni ham asosan matematik nazariyaning formal-mantiqiy tomonlarini talabalarga bayon etishdan iborat bo’lishi kerak va bu jarayon qisqa vaqt ichida, ketma-ketlik bilan, ortiqcha so‘zlarsiz, talabalar bilim darajasiga javob berishi zarur. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalaridan eng muhimi sifatida davlat tomonidan yosh avlodga ta’lim berish va tarbiyalash borasida qilinayotgan ishlarni alohida ta’kidlash lozim. Albatta har tomonlama kamol topgan yosh avlodni tarbiyalash, ularga zamonaviy bilimlarni berish, buning uchun esa o’qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan qay darajada unumli foydalanishga bog’liq. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning XIV sessiyasida so`zlagan nutqida kadrlar tayyorlashning ahamiyatiga izoh berib shunday degan edi: “Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati tug’ilmasin, gap oxir oqibat, baribir kadrlarga borib qadalaveradi. Mubolag`asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimiz kelajagi, o`rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq qilib aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bog`liq. Mamlakatimiz kelajagi uchun Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash bo`yicha milliy dasturi”ning amalga oshirilishi juda ham muhim ahamiyatga ega. Yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tibor berish lozim. Kadrlar tayyorlashning sifati, erkin fikrlovchi shaxs – fuqaroni kamol toptirishga ertaga sinf xonalar va auditoriyalarda kimlar dars va saboq berishiga bog`liq”. Darhaqiqat, barkamol inson shaxsining shakllanishi bevosita uzluksiz ta’lim jarayonida amalga oshadi. Shunday ekan har jabhada muvaffaqiyatga erishish, jumladan, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda milliy dasturni o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling