Guruh talabasi odiljonov shohjaxonning


Download 59.99 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi59.99 Kb.
#1589578
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shohjahon WORT


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY -IQTISODIYOT FAKULTETI
AMALIY PSIXALOGIYA YO’NALISHI “203”-GURUH TALABASI
ODILJONOV SHOHJAXONNING


UMUMIY PSIXOLOGIYA” FANIDAN

KURS ISHI


MAVZU: SHAXS TARAQQIYOTINI DAVRLARGA BO’LINISHI




Bajardi: Kurs ishi rahbari
203- guruh talabasi
SH. ODILJONOV Y. YUSUPOVA

Reja:

Kirish 3
I BOB SHAXS TARAQQIYOTINI DAVRLARGA BO’LISHNING NAZARIY ASOSLARI 6
1.1.Psixik taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch muammosi 6
1.2.Yosh tushunchasi. Psixologik yosh va psixik rivojlanishni davrlashtirish 13
II BOB. SHAXS TARAQQIYOTINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 20
2.1.O’smirlik va o’spirinlik davrlarida shaxsiy ijtimoiylashuvining o’ziga xos xususiyatlari 20
2.2.Yoshlardagi attraktsiya va yuksak xis tuygular. 26
Xulosa 39
Foydalanilgan adabiyotlar 40

Kirish


Mavzuning dolzarbligi: Oxirgi yillarda psixologiyada nafaat bolalar psixologiyasiga, balki yetuklik davri va keksalik muammolariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Yetuklik davrining bosqichlarini tasavvur qilish uchun amerikalik olimlar quyidagi tasnifni taklif etishadi Umuman olganda, shaxsning shakllanishi bir umr davom etuvchi jarayon bo’lib, bunda, ayniqsa, o’smirlik davri va insonning o’z- o’zini tarbiyalashi jarayoni beqiyos katta o’rin tutadi. Hozirgi paytda katta yoshlilar ta’limi dasturlarini faol tatbiq etish, ulg’aygan insonning komillikka erishishiga ko’mak ko’rsatish bir qancha ta’lim muassasalarining markaziy vazifasiga aylanmoqda. Hatto ulg’aygan shaxsning rivojlanish va komillikka erishish jarayonini o’rganuvchi maxsus fan – Akmeologiya ham paydo bo’ldi. Shunday qilib, akmeologiya (grekcha “akme – cho’qqi, yuqori pog’ona, gurkiratuvchi kuch” ma’nolarini bildiradi) ilmu-fanning shunday yangi tarmog’iki, u insonni o’z taraqqiyoti dinamikasida, takomili hamda hayot-faoliyatining turli bosqichlarida o’zidagi eng kuchli qobiliyatlarini namoyon qilishining kompleks masalalarini o’rganadi. Ya’ni, u shaxsni o’z takomili jarayonida, ana shu taraqqiyot va yuksalishning obyektiv hamda subyektiv omillari doirasida tadqiq etadi. “Akmeologiya” tushunchasi birinchi marta fanga rus olimi N.A.Ribnikov tomonidan 1928 yilda kiritilgan bo’lib, uning o’zi bu fan predmetini yetuk insonlarning shakllanishi jarayonidir, deb ta’riflagan edi. Lekin tom ma’nodagi jiddiy fan sifatida uning shakllanishiga yana bir rus psixologi B.G.Ananyev va uning izdoshlari bo’lgan peterburglik olimlar alohida ulush qo’shishgan. Ularning ta’kidlashlaricha, akmeologiyaning predmeti – odamning ijodiy salohiyati bo’lib, u inson tomonidan o’ziga inoyat etilgan barcha imkoniyatlar va iqtidorni qanday qilib, qanday shart-sharoitlarda, qaysi qonuniyatlar ta’sirida ro’yobga chiqarishini kompleks tarzda o’rganadi.
Akmeologiya fanining asosiy vazifasi ongli faoliyat subyekti bo’lmish shaxsni turli faoliyat jarayonlarida, xususan, tanlagan kasb-kori, ixtisosligi doirasida o’z ijodiy salohiyatini to’la ochish va amalda namoyish etishiga bog’liq bo’lgan
bilimlar, amaliy ko’nikmalar, malakalar, texnologiyalar bilan ta’minlash, tanishtirishdir. V.Zazikin va A.Chernishovlarning yozishicha, “mohiyatan bu yetuk, barkamol insonlarning rivojlanishi to’g’risidagi fandir”. Shuning uchun ham bu fan bugun biz uchun juda muhim va uning imkoniyatlari deyarli ochilmagan. Milliy istiqlol g’oyalarida barkamol shaxs, komil inson g’oyasi yetakchilardan sifatida berilgan ekan, biz yosh avlod tarbiyasida uning o’z imkoniyatlarini rivojlantirishga o’rgata olishimiz, o’zligini anglash orqali, har bir tarqqiyot bosqichida o’z “akme”si – barkamollik cho’qqisining nimalar va qanday omillar hisobiga rivojlanishi mumkinligini o’rgata olishimiz kerak. Ushbu masalalarni o’rganish kurs ishining dolzarb muommolaridan biri hisoblanadi .

Download 59.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling