Guruh talabasi Otajon Sobirovning O‘zbekistonni rivojlanish strategiyasi va fuqarolik jamiyati fanidan tayyorlagan mustaqil ishi mavzu
Yoshlar faolligini oshirishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqini o‘rni
Download 248.27 Kb.
|
Otajon Sobirov - Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalinilgan adabiyotlar
Yoshlar faolligini oshirishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqini o‘rni
30 iyun – O‘zbekistonda Yoshlar kuni. Aholisining 60 foizga yaqinini yoshlar tashkil etadigan mamlakatda yoshlar kuni aynan bu sanada belgilangani Yoshlar Ittifoqining tashkil topgan sanasi bilan bog‘liq. 2017 yil 30 iyun sanasida Prezident Qaroriga asosan avvalgi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati «Yoshlar Ittifoqi» etib qayta tashkil etildi. Bunga 2001 yildan beri yoshlarni birlashtiruvchi tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan «Kamolot» ning faoliyatidagi kamchiliklar turtki bo‘ldi. «Bugun «Kamolot» o‘ziga juda kam mas'uliyat olmoqda. Biz buni to‘g‘rilaymiz. Asosiy maqsad tanqid qilish emas, asosiysi, muammolarni o‘z vaqtida payqash va hal etish», – degan edi davlat rahbari. Shundan so‘ng davlat maslahatchisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi «Yoshlar Ittifoqi» nodavlat-notijorat tashkiloti mamlakatda yoshlar siyosatining asosiy ijrochisi sifatida belgilandi. Ammo o‘tgan ikki yil mobaynida mazkur tashkilotga nisbatan aholi o‘rtasida salbiy fikrlar, keskin tanqidlar ham kuzatildi, «Ittifoqchilik» va unga qarama-qarshi o‘laroq «uyushmagan yoshlar» kabi jumlalar paydo bo‘ldi, tashkilotning loyihalariga nisbatan salbiy baholar ham berildi. 2018 yilning iyul oyida Shavkat Mirziyoyev tashkil topganiga endi bir yil to‘lgan tashkilot faoliyatini tanqid qilgan edi. «Yoshlar bilan ishlashda hamon kamchiliklar mavjud. Jumladan, katta maqsadlar bilan tuzilgan Yoshlar Ittifoqi yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlashga, ularning muammolarini hal etishga yetarlicha e'tibor bermayapti. Tashkilot o‘tkazayotgan ayrim tadbirlar dabdababozlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga o‘xshab qolyapti» , – deya ta'kidlagan edi davlat rahbari. Iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyat hayotida munosib o‘ringa ega bo‘lishiga ko‘maklashish kabilar tashkilotning asosiy vazifalari hisoblanadi. Xo‘sh, hozirda 7,689,202 nafar yoshni birlashtirgan bu tashkilot nimalarga erishdi, qanday loyihalarni amalga oshirdi? Yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida bir necha mukofotlar, xususan, yilning eng faol yoshlari uchun «O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi mukofoti» , mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faol yoshlar uchun «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni ta'sis etildi (mukofot avval ham bo‘lgan). Ta'lim jarayonida a'lo natijalarni ko‘rsatgan va faol bo‘lgan talabalar uchun to‘lov shartnomaning 35 foizini qoplab beruvchi «Yoshlar ittifoqi» stipendiyasi tashkil etildi («Kamolot» davrida ham mavjud bo‘lgan) . Shuningdek, innovatsion va kreativ g‘oyalarini tatbiq etishni istovchilar uchun «Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari» grant tanlovi yo‘lga qo‘yildi. Prezidentning aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish borasidagi tashabbusiga asosan, eng shov-shuvli loyihalaridan biri sifatida «Yosh kitobxon» respublika tanlovining an'anaviy ravishda o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Respublika tanlovida g‘olib bo‘lganlarga Prezident sovg‘asi – «Spark» avtomobilining berilishi ko‘plab yoshlar uchun kitobxonlikka motivatsiya vazifasini o‘tab kelmoqda. Yoshlarning biznes tashabbuslari, startap, g‘oya va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ishsizlarni mutaxassislik va biznes yuritish ko‘nikmalari bo‘yicha o‘qitish maqsadida Ittifoq qoshida «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi tashkil etildi. Yoshlar o‘z biznes loyihalarini amalga oshirishi uchun tijorat banklari orqali 7 foizli stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkning lizingga berilishi belgilandi. Hududlarda yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida turli ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridan iborat bo‘lgan «Yoshlar mehnat guzarlari» tashkil etildi. «Fidoyi yoshlar» otryadlari tashkil etildi. Bunda uyma-uy yurilib, ularning muammo va qiziqishlarini o‘rganish, hududga diagnoz qo‘yish, xulosalar asosida yoshlarning muammosini hal qilib berish yo‘lga qo‘yildi. Yosh oilalarga boshlang‘ich to‘lovini to‘lab berish sharti bilan uzoq muddatli imtiyozli kreditlar asosida «Yoshlar uylari» ni («Kamolot» uylari o‘rniga) berish tartibi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, oliy o‘quv yurtiga hujjat topshiradiganlar ham Ittifoqning nazaridan chetda qolmadi. Tashkilotning respublika komissiyasi bergan tavsiyanoma egalarining pedagogika yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz davlat budjeti asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilandi. Informatsion texnologiyalar (IT) sohasiga yoshlarni qiziqtirish, O‘zbekistonda aqliy salohiyat orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida Digital Generation loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Loyiha doirasida yoshlarning media, raqamli marketing, robototexnika, veb dasturlash, kibersport kabi zamonaviy yo‘nalishlarda malakali mentorlardan ta'lim olishi ta'minlab berildi. Yoshlar kuni arafasida hududlarda yoshlarning o‘z muammolari va takliflari yuzasidan tuman/shahar hokimlari bilan muloqotini ta'minlovchi «Hokim va yoshlar» loyihasi (avval ham analog loyiha ishlagan) yo‘lga qo‘yildi. Dunyoning turli nuqtalarida ish va o‘qish bilan band bo‘lgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan doimiy aloqa va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida «O‘zbekiston yoshlari» umumjahon assotsiatsiyasi tashkil etildi.
Umuman olganda, Yoshlar Ittifoqi va uning qoshidagi 20 dan ortiq kengash va uyushmalar yoshlarning san'at, adabiyot, ilm-fan, ta'lim, boringki, biznes sohasidagi faolligini ta'minlash uchun ishlamoqda. Tashkilot deyarli har oyda yangi loyiha bilan media va ijtimoiy tarmoqlarni «gumburlatadi». Rang-barang suratlar va jarangdor shiorlar ham diqqatni tortadi, havasni keltirgulik. Lekin xalq orasida «ittifoqchilar faqat tadbirbozlik va suratga tushishni biladi», «tashkilot faqatgina bir guruh yoshlar bilan ishlaydi, barchani yetarli darajada ola bilmayapti» singari gap-so‘zlar yurgani ham rost. Demak, Yoshlar Ittifoqi o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlash, mas'uliyatga munosib bo‘lish uchun hali ancha ter to‘kishi kerak. Namanganlik o‘quvchi qizning ro‘molini yechishga undagan ittifoqchi, kelin-kuyovni taksiga o‘tkazib yuborgan (agar shunday bo‘lsa) tashkilot raisi yoxud hisobot uchun suratga tushishdan ortmay, yoshlarning haqiqiy muammolari, ishsizlik va ijtimoiy masalalarini o‘rganmayotgan mahalliy rahbarlar Yoshlar kunini nishonlab, bejirim hisobotlarni o‘qib berishi uchun vaqt yetib kelmadi. Foydalinilgan adabiyotlar: https://tiiame.uz/oz/page/ittifoq%20haqida https://yoshlarittifoqi.uz https://kun.uz/uz/news/2019/06/30/yoshlar-ittifoqi-yoshlar-siyosatini-qanday-amalga-oshirmoqda Download 248.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling