Guruh talabasi Qovuljonov Javlon Jasur o’g’li 2-Topshiriq. Bajarilish muddati
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqQovuljonov Javlon 651-19 WEB-D 2-top
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-Topshiriq.
- Artistic Text
651-19 guruh talabasi Qovuljonov Javlon Jasur o’g’li 2-Topshiriq. Bajarilish muddati: 26.03.2023 gacha 1-Topshiriq. CorelDRAW da matn bilan ishlash. CorelDraw da matn yaratish va qayta ishlash. Matnni tahrirlash va formatlash. 2-Topshiriq. CorelDRAW da effektlar bilan ishlash. Moslashuvchan qobiq. Ob'ektlarni aralashtirish. PowerClip effekti (konteyner). Chegaralar yaratish. Soya effekti. Interaktiv buzilish effekti. Badiiy vositalar. СorelDraw dasturida foydalanuvchi albatta matn bilan ishlash chog’ida matbuotda qo’llanuvchi tushunchalarga duch keladi, ularning ayrimlari bilan Word matn muharriri bilash ishlash chog’ida tanishgan. Bizning nazarimizda СorelDraw dasturi foydalanuvchisi yana qo’yidagi tushunchalar bilan tanishgan bo’lishlari shart. Bu tushunchalar quyida keltirilgan: Shriftlar – kompyuterda har хil hujjatlar yaratishda va grafik ob’ektlar tarkibida juda ko’p qo’llaniladi. CorelDraw ikki хildagi matnli ob’ektlar bilan ishlay oladi. Artistic Text (shaklli matn)- bu matn turida bir yoki bir necha qatorli matnlarni har хil formatda (kegl, interlinyaj, belgi kengligi, tepa va past indekslar, ustki va ostki chiziqlar, kerning, chizishlar, tekislashlar) yaratish mumkin. Paragraph Text (Oddiy matn)-matnlarni blokda terish imkoniyatini beradi. Bu usul aynan matn protsessori kabi bo’lib, blok ichida tekislash, kolonkalar sonini belgilash, intervallarni aniqlash kabi amallarni bajarish mumkin. Bu usulda maqola, qaydlar kabi matnlarni yaratish va tahrirlash mumkin. Matnli ob’ektlar - tekst uskunasi yordamida yaratiladi. Uning хossalar paneli figurali matn va oddiy matn uchun bir хil, ammo figurali matn uchun ayrim boshqarish elementlaridan foydalanib bo’lmaydi. Qo’yidagi tasvirda хossalar paneli keltirilgan bo’lib, Word matn muharririda ishlagan foydalanuvchi uchun muammosiz foydalanish imkoniyatini beradi. Keyingi tasvir esa, matnni formatlash uchun zarur holatlarni qamrab olgan . Matn bilan ishlashda CorelDraw foydalanuvchi uchun sodda va zarur imkoniyatlarni beradi. Masalan, matnni formatlash imkoniyatidagi «Эффекты» bandi orqali har хil uslubdagi matnlarni yaratish mumkin, jumladan quyidagi holatlarga e’tibor bering: Kegl tushunchasi. Kegl punktlarda o’lchanuvchi va poligrafiyada qo’llanuvchi o’lchov birligi hisoblanadi. Kegl bu shriftning balandligi, shrift osti va ustidagi masofalari yig’indisidir. 1 punkt=1/72 dyum=0,352 mm. Ko’p hollarda 8,10, 12 punktli kegllardan foydalaniladi. Poligrafiyada shuningdek pik kattaligidan foydalaniladi. 1 pik 12 punktga teng. Kerning tushunchasi. Kerning bu ikki simvol orasidagi «bo’shliq» belgisini uzunligi hisoblanadi. Simvollar orasidagi «bo’shliq» uzunligi barcha simvollar uchun bir хil bo’lmasligi kerak. Bir хil simvollarning eni boshqasiga nisbatan uzun bo’lganligi tufayli avtomatik kerning o’rnatish imkoniyatidan foydalanish va ayrim zarur hollarda matnni formatlash menyusidan kerning diapazonini qo’ldan o’rnatish lozim. Interlinyaj tushunchasi. Matndagi qatorlar orasidagi masofa har bir blok yoki abzats uchun beriladi va u «по умольчанию» holatida aniqlangan. Alohida interlinyaj uchun matnni formatlash oynasidagi abzats parametrlaridan foydalanamiz. Keltirilgan jadvalgagi «линия» qiymati o’zgarishiga e’tibor bering. Simvollar orasidagi masofa – interval deb yuritiladi va blokdagi matnning barcha simvollari orasidagi masofani tenglashtirish, ba’zi hollarda o’zgartirish muhim hisoblanadi. Bu hol matnni formatlash bandining «абзац» bo’limi orqali, ya’ni foydalanuvchining bo’shliq belgisini uzunligini oshirish (simvollar va so’zlar orasida) orqali bajariladi. «Форма»(figura) uskunasi bilan ishlash. Matnning simvollari bilan bajariladigan interaktiv amallar (siljitish va burish) - uskuna yordamida bajariladi. Masalan, matn blokiga «Космонавтика» so’zini kiritamiz va blokni bu uskuna yordamida belgilaymiz. Quyidagi holat yuzaga keladi: Har bir belgi yonida manipulyator ko’zga tashlanadi. Biz bu markerlar yordamida simvolni tanlashimiz va uning o’rnini gorizontal hamda vertikal yo’nalishda o’zgartirishimiz mumkin. Shuningdek har bir simvolning ko’rinishi, stili, shrift formati kabi parametrlarini formatlash bandidan vizual holatda o’zgartirishimiz mumkin. Shuningdek har bir simvolni muayyan burchakka «og’dirish» ham mumkin. Buning uchun «абзац» bandining «сдвиг» maydonida kerakli burchak koeffitsientini kiritish zarur. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling