Guruh talabasi Shamsiyev Nodirbek 10-nazorat savollariga javob


Download 68 Kb.
Sana23.05.2020
Hajmi68 Kb.
#109164
Bog'liq
Tarix 10-nazorat savollariga javob va test


005-2 guruh talabasi Shamsiyev Nodirbek

10-nazorat savollariga javob:

1. Turkistonda sovet hokimiyati oʻrnatilishi oqibatlarini sanab oʻting.

2. Rossiyada fevral va oktabr inqiloblarining Turkistonga ta’siri.

3. Turkiston Muhtoriyati tuzilishining oʻlka siyosiy hayotiga ta’siri?

4. Qarshilik harakati mazmun-mohiyati namalarda aks etgan?

5. Buxoro amirligi va Xiva xonligining tugalishi sabab va oqibatlari.

6. BXSR va XXSR ning tuzilishi?

7. Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chеgaralanish qachon va qanday oʻtkazildi?

8. Oʻzbеkiston SSR qachon tashkil topdi?



Javoblar:

  1. Turkiston muxtoriyati Sovet hokimiyati Turkiston jilovini qo’lga olib, o’zining avval e’lon qilgan balandparvoz va’dalaridan voz kechib, o’lka xalqlariga qarata olib borgan ikkiyuzlamachilik va munofiqlik siyosatiga javoban yurtning millatparvar rahnamolari faol harakatga keldilar. 1917 yil 26 noyabrida Qo’qonda o’lka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi chaqirildi. Unda Turkiston o’lkasining 5 viloyatidan 200 nafardan ziyodroq vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida “Sho’roi Islomiya”, “Sho’roi Ulamo”, Musulmon harbiylari Sho’rosi, o’lka yahudiylar jamiyati namoyandalari ham qatnashdilar. Qurultoyda Turkiston Muxtoriyati tuzildi. Bu xususda qabul qilingan qarorda shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta’sis majlisiga havola etadi”. Shundan so’ng qurultoy “Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik aholi huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e’lon kiladi”. Yangidan tarkib topayotgan davlat Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo’ldi. Qurultoyda Turkiston Muxtoriyatining hokimiyat organi- Muvaqqat Kengashi tuzildi. Muvaqqat Kengash tarkibi 12 kishidan iborat etib belgilandi.

  2. Fevral voqealaridan keyin siyosiy tashkilotlar faoliyatida ham o‘zgarishlar sodir bo‘la boshladi. “Sho‘roi Islomiya”, “Ulamo” va “Alash O‘rda” singari yangi firqalar tashkil topdi.

Fevral voqealari o‘lkadagi jadidlar oqimi faoliyatini ham jadallashtirdi. Masalan, Buxoro jadidlari o‘rtasida keskin ajralish yuz berdi, «Yosh buxoroliklar» partiyasi shakllandi (bu oqim 1908 yilda Buxoro jadidizmni harakati sifatida paydo bo‘lgan). Ular amirning cheklanmagan hukmronligiga qarshi oshkora chiqa boshladilar. 1917-yil kuzida Turkistonda hokimiyatning Sovetlar qoʻliga oʻtishi uchun obʼyektiv shart-sharoitlar yoʻq edi, bolsheviklarning omma oʻrtasida taʼsiri ham oz boʻlgan. Bu yerda asosiy siyosiy kuchlar eserlar va milliy partiyalar edi. Biroq, Oktyabr toʻntarishi haqidagi xabar 27 oktyabrda Toshkentga yetib kelgach, bolsheviklar va soʻl eserlar hokimiyatni zoʻravonlik yoʻli bilan egallash uchun kurash boshladilar. Toʻrt kunlik janglardan soʻng Toshkentning yangi shahar qismida sovet hokimiyati oʻrnatildi (1917-yil 1-noyabr). Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteti agʻdarib tashlandi. Biroq qurolli toʻqnashuvda mahalliy aholi deyarli ishtirok etmadi. 1917-yil 15-22 noyabrda boʻlgan Turkiston Sovetlarining Oʻlka sʼyezdida soʻl eserlar, bolsheviklar va maksimalistlardan iborat Turkiston oʻlkasi XKS (raisi F.I.Kolesov) tuzildi. Hukumat tarkibiga tub millat vakillaridan biron kishi ham kiritilmagan edi. Hokimiyatning Sovetlar tomonidan bosib olinishini taraqqiyparvar kuchlar (Fitrat, Ubaydulla Asadullaxoʻjayev, Munavvarqori, Mustafo Choʻqay, Sherali Lapin va boshqalar) keskin qoralashgan. Turkistondagi sovet hokimiyati Muvaqqat xukumatdan meros qolgan harbiy kuchlar va boshqa qurolli kuchlarni oʻz qoʻliga toʻplab, Qoʻqonga hujum qiddi va Turkiston muxtoriyatini tugatdi (1918-yil fevral). Biroq Buxoroga qilingan bosqin (1918-mart) magʻlubiyatga uchradi.

  1. Qoʻqonda boʻlib oʻtgan Butun Turkiston musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyi (1917-yil 26—28 noyabr)da tashkil topgan. Qurultoy Turkiston oʻlkasini Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jixatdan muxtor deb eʼlon qildi. Shuningdek, taʼsis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyatni Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston Milliy Majlisi qoʻlida boʻlishi kerak deb hisobladi. Markazi — Qoʻqon shahri.Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi aʼzolaridan Turkiston muxtoriyati hukumati (8 kishidan iborat) tuzildi. Yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar koʻrsatilishi uchun ularga ham yana 4 oʻrin ajratildi. Hukumat tarkibiga Muhammadjon Tinishboyev (Bosh vazir va ichki ishlar vaziri), Islom Shoahmedov (Bosh vazir oʻrinbosari), Mustafo Choʻqay (tashqi ishlar vaziri), Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev (harbiy vazir), Hidoyatbek Agayev (yer va suv boyliklari vaziri), Obidjon Mahmudov (oziq-ovqat vaziri), Abdurahmon Oʻrazayev (ichki ishlar vazirining oʻrinbosari), Solomon Gersfeld (moliya vaziri) kiritildi. Keyinchalik hukumat tarkibida ayrim oʻzgarishlar yuz berdi. M. Tinishboyev Alash oʻrda Muxtoriyati faoliyatida qatnashish uchun Orenburgga joʻnab ketgach (1917-yil), Mustafo Choʻqay Bosh vazir lavozimini bajarishga kirishdi. Shoahmedov moliya vaziri (S. Gersfeld oʻrniga), Potelyaxov oziq-ovqat vaziri (O. Mahmudov oʻrniga), O. Mahmudov adliya vaziri, Nosirxon Toʻra maorif vaziri, Saidnosir Mirjalilov hukumat xazinachisi lavozimlarini egallashdi. Savodsiz bolshevik komissarlardan farqli ravishda hukumat aʼzolari chuqur maʼlumotli taraqqiyparvar ziyolilar boʻlib, ulardan 5 nafari huquqshunos edi. Turkiston Millat Majlisi 54 nafar (36 musulmon, 18 yevropalik) aʼzodan iborat boʻlishi kerakligi belgilandi. Qurultoy jarayonida 32 kishidan iborat Millat Majlisi saylandi.

  2. O’lkada XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib chor Rossiyasining mustamlakachilik, ulug’ davlatchilik, shovinistik siyosati mahalliy aholining milliy ozodlik harakatlari boshlanishiga asosiy sabab bo’ldi. Tarixiy manbalarda, arxiv hujjatlarda chor Rossiyasi qo’shinlarining O’rta Osiyo hududiga kirib kelishi bilan, unga qarshi xalq ozodlik harakatlari boshlanganligi va bu chor hukumatining ag’darilishiga, qolaversa mustaqillikka erishganimizga qadar davom etganligi haqidagi ma’lumotlar beriladi. Bu ma’lumotlar asosida O’rta Osiyo xalqlarining chorizmga qarshi olib borgan quyidagi eng yirik va ommoviy tus olgan kuzatishlarni qayd qilishimiz mumkin:

  1. 1837-1846 yillarda Sulton Kenesarin rahbarligidagi, keyinchalik Buxoro amirligining, Shaxrisabz bekligidagi harakatlar;

  2. 1871 yilda Eshon Eshmuhammad boshchiligida Sirdaryo viloyatidagi chiqishlar;

  3. 1872 yilda Chirchiqdagi isyonlar;

  4. 1873 – 1876 yillar Qo’qondagi Po’latxon qo’zg’aloni;

  5. 1892 yildagi Toshkent qo’zg’aloni;

  6. 1898 yildagi Andijondagi Dukchi Eshon qo’zg’aloni;

  7. 1916 yildagi Jizzax qo’zg’aloni va boshqalar.

  1. Oktyabr to‘ntarishi va Turkistonda Sovet hokimiyati o‘rnatilgandan keyin O‘rta Osiyo xonliklarining ichki va tashqi siyosiy ahvoli keskin o‘zgarib bolsheviklarga nisbatan adovati, ularning Turkistondagi hukumatni tan olishdan bosh tortishi kuchaydi. Ikkala xonlik jadallik bilan o‘z qurolli kuchlarining jangavor saloxiyatini oshira boshladi. Zo‘rayib borayotgan ochlik, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarning xaddan tashqari ko‘tarilishi, harbiy zulm xonliklarning ichki siyosiy hayotida beqarorlikni yuzaga keltirdi. Turkiston bolsheviklari va sho‘ro hukumati xonliklarning ichki ishlariga qo‘pol suratda aralasha boshladi. Kolesov 2 mart kuni qizil gvardiyachi otryadlar va Yangi Buxoro ishchi drujinalariga Eski Buxoroga bostirib kirish to‘g‘risida buyruq berdi va amirni sulh tuzishga rozi bo‘lishiga majbur etdi. 1918 yil 25 mart kuni Qiziltepada sulh bitimi imzolandi. Bu ishlardan maqsad Buxoro amirini ogoxlantirish va uning sovetlarga qarshi istehkomga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik edi. 1919 i 9 aprel kuni Xevaga yaqin Taxtada RSFSR bilan Xeva o‘rtasida yarash to‘g‘risida shartnoma imzolandi. 1919 yilning yozidan boshlab Sovet Turkistoni bilan Buxoro va Xiva o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashdi. Amir Sayd Olimxon bilan Junaidxon Sovetlarga qarshi harbiy-siyosiy ittifoq tuzdilar. Junaidxonga raqiblik qilayotgan eng yirik turkman qabilalari boshliqlarining vakillari-Qo‘shmamadxon bilan G‘ulommalixonlar To‘rtko‘lda tuzilgan Xiva inqilobiy markazga kommunistlar va yosh buxoroliklar bilan birgalikda kirdilar. Bu markaz xonni ag‘darib, hokimiyatni qo‘lga olishni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygan edi. Bunday vaziyatlardan foydalangan sho‘ro hukumati Xiva xonligini bo‘ysundirish uchun harakatlarni boshlab yubordi. Qo‘shinlar kirib kelishi natijasida Junaid otryadlari G‘azobod va Taxta tomon chekindilar. 1920 yil 20 yanvar kuni Junaidxonning bosh kororgoxi - Taxta Kizil Armiya qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilindi. Buxorodagi voqealar ham xuddi shunga o‘xshash rivojlanib bordi. Buxoro amirgini M.V.Frunze «Sovet tanasidagi jarohat» deb atagan edi. 1920 i 10 avgust kuni RKP(b) Markaziy komitetining Siyesiy Byurosi Turkiston frontining Inqilobiy harbiy Kengashi uchun Buxoro masalasi yuzasidan maxsus direktivalar qabul qilindi. Tayergarlik RKP(b) Markaziy Komiteti tomonidan ishlab chiqilgan reja bo‘yicha olib borildi.Buxoro amirini ag‘darish uchun buxoroliklarning yordam so‘ragan murojati kerak edi. Buxoro kommunistik partiyasining Chorjo‘yda ish olib borayotgan IV syezdi 1920 yil 16 avgustdayoq Buxoro xonligida inqilobiy vaziyat yetilganligini e’tirof etib, asriy feodal zulm hamda istibdoddan xalos etish uchun yordam so‘rab Turkkomissiyasiga murojaat etdi.1920 yil 29 avgust kuni eski Chorjuyda Buxoro kommunistlari kungilli otryadining chiqishi tashkil etildi.

  2. 1920 yil 6-8 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan xalq vakillarining I UmumBuxoro qurultoyi Buxoroni hokimiyati ishchi va dehqonlar qo‘lida bo‘lgan Xalq Sovet Respublikasi deb e’lon qilindi.

1920 yil 2 fevralda Sayd Abdulla taxtdan voz kechdi, butun hokimiyat muvaqqat inqilobiy hukumatga topshirildi. 1920 y. 26 aprelda Butunxorazm 1 qurultoyi Xorazm xalq Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Hukumat xalq nozirlari soveti tuzildi. Uning raisi qilib Polvonniyoz Yusupov saylandi.

  1. Oʻrta osiyoda milliyhududiy chegaralanish — mustabid sovet rejimi tomonidan Turkyston xalqlarining "milliy davlatlarini tashkil qilish" niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir (1924—25). Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani boʻlgan. 1918—24 yillarda mavjud boʻlgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va anʼanalari jihatidan bir-birlariga juda yaqin boʻlishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalklar: oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirgʻizlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan oʻzlarining asl Vatani deb bilganlar.Mustabid sovet rejimi va bolsheviklar uchun esa Turkiston oʻlkasini boʻlib tashlab, uni idora qilish qulay edi. Xususan, bu jarayon Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat 1924 yilda, asosan, magʻlubiyatga uchraganidan keyin oʻzining soʻnggi bosqichiga qadam qoʻydi. 1924 yil fevraliyun oylarida SSSRdagi markaziy organlar, Turkiston, Buxoro, Xorazm kommunistik partiyalari va RKP(b) MK Oʻrta Osiyo byurosi milliy chegaralanish masalalari yuzasidan zoʻr berib ish olib borishdi. Turkiston va Buxoro Kompartiyalari MKlari huzurida maxsus, keyinchalik hududiy va boshqalar maxsus komissiyalar tuziddi.

  2. Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiOʻzbekiston SSROʻzSSR  — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik RespublikasiBuxoro Xalq Sovet Respublikasi hamda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi hududlarining, asosan, oʻzbeklar va qoraqalpoqlar yashaydigan qismlarida vujudga kelgan. 1924-yildan 1936-yilgacha Oʻzbekiston Sotsialistik Sovet Respublikasi deb atalgan. 

Test.

1.       Шўрои Уламо” ташкилотининг Тошкент шўъбаси раҳбарини аниқланг.

С) Маҳмудхўжа Беҳбудий

2.       Ал-Изоҳнинг муҳаррири?

А) Абдумалик Ҳожи Набиев

3.       Краймуссовет ташкил этилганида унинг Тошкент бўлимига кимлар бошчилик қилди?

В) Фитрат ва Мунаввар қори

4.       1917 йил 17-20 сентябрдаги мусулмонларнинг сеъздида...

В) "Иттифоки муслими" тузилди

5.       1917 йилда тузилган Туркистон ўлка мусулмонлари кенгашининг раиси ким эди?

С) Мунаввар қори

6.       Қуйидаги партиялардан қайси бири 1917 йил июлда ташкил топган?

В) «Ёш бухороликлар»  фирқаси

7.       1917 йил сентябр ойида Туркистонда ўлка мусулмонларининг II съезди қайси ташкилот ташаббуси билан чақирилди?

В) Шўрои Ислом

8.       Бутун миллатнинг жанговар шиорига айланган "Ҳақ олинур. берилмас" деган ибора қайси алломага тегишли?



В) М.Беҳбудий
Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling