Hsm 005-2 guruh talabasi Shamsiyev Nodirbek 1 Tarix fani nmani o’rganadi ? Javob
Download 19.06 Kb.
|
1-nazorat savollarga javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 Tarix fanining milliy g’oyani shakillantirishdagi o’rni qanday Javob
- 3 Tarix fanining tarbiyaviy funksiyasi qanday Javob
- 4 ‘’O’zbekiston tarixi ‘’ fanining predmeti ni nimalar tashkil etadi Javob
- 5 ‘’ tarixiylik’’ prinsipi nimada Javob
- 6 Tarix fanining ma’naviyatni rivojlantirishdagi o’rnini ko’rsatib bering Javob
- 7 O’zbekiston tarixining asosoi davirlari asosiy xususiyatlari nimalardan iborat Javob
- 8 O’zbekiston tarixi fanining asosiy manbalari Javob
HSM 005-2 guruh talabasi Shamsiyev Nodirbek 1 Tarix fani nmani o’rganadi ? Javob: Tarix o’tmish voqealari haqida axborot ochish, yig’ish, tartiblashtirish va namoyon etish bilan shug’ullanuvchi fan Tarix bilan bilan shug’ullanuvchi olimlar tarixchilar deyiladi. Tarix fani- insoniyatning va unng mahsuli bo’lgan tamaddunlar rivoji jamiyat va davlat o’tmish taraqqiyot jarayonini o’rganuvchi fan. 2 Tarix fanining milliy g’oyani shakillantirishdagi o’rni qanday Javob: O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning milliy g’oyaning tarixiy ildixlarini o’rganishda dasturiamal bo’lib xizmat qiluvchi asarlardan biri ‘’ Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q ‘’ asarida ana shunday umumnazariy va umumamaliy xulosalar chiqarilgan. Ma’naviyat va milliy g’oya jumladan tarixiy ong va tarixiy xotira masalalariga bag’ishlangan asarlardan biri ‘’ yuksam ma’naviyat- yengilmas kuch ‘’ asarida Islom Karimov ta’kidlaydiki ‘’ har qaysi halq milliy qadriyatlarini o’z maqsad – muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan , bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadfi. Ya’ni tarixiy xotira mavzusi to’la qonli ravishda tiklangan halq bosib o’tgan yo’l o’zining muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va istiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi’’ . Tarixiy ong va tarixiy xotiraning mazmun- mohiyatini milliy g’oyaning tarixiy ildizi sifatidagi ahamiyati, uni shaxs faoliyati va jamiyat hayotidagi, ijtimoiy, jumladan milliy onh tizimidagi dunyoqarashni shakillantirishdagi o’rni haqida ko’plab fikrlar bildirilgan. 3 Tarix fanining tarbiyaviy funksiyasi qanday Javob: Tarix fani tarbiyada juda katta ahamiyatga ega , shu jumladan yoshlarimz ongida uning o’rni beqiyos. O’zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o’tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmay, u yoshlarga ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib shakillantiradi. O’xbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov takidlaganlaridek, yurtimizz tarixi ‘’ har bir fuqaroni , jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimixzni qadrlashga, uni ko’z qorachig’iday asrab-avaylashga, yurak-yurakdan iftixor qilishfga o’rgatadi. O’zimizning boy o’tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg’ularini uyg’otib bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi’’. 4 ‘’O’zbekiston tarixi ‘’ fanining predmeti ni nimalar tashkil etadi Javob: ‘’ O’zbekiston tarixi ‘’ faning predmrti xalqimizni qadimdan bugungi kunlarga qadar tarixiy yo’lini, bu yo’lda kechgan tarixiy jarayonlarni, ajdodlarimizning ijtimoy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o’rganishdan, tushuntirishdan iborat. 5 ‘’ tarixiylik’’ prinsipi nimada Javob: Tarixiylik prinsipi muhum ahamiyatga ega bolib u tarixiylik qoidasi voqea , hodisalarning o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan, o’sha davr sharoitidan, o’sha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish davridan kelib chiqqan holda o’rganishni taqozo etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar bilan bog’lab o’rgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy jarayopndagi o’rnini tog’ri aniqlash , belgilash mumkumn bo’ladi . Har bir voqea hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bo’lgan deb qaramoq zarur. Masalan, biror davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai nazaridan turib baho bermoqchi bo’lsak, u birinchidan qachon, qanday tarixiy sharopitda paydo bo’ldi, ikkinchidan u o’z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o’tdi, uchinchidan uning tarixiy o’rni, mavqei qanday, degan savollarga aniq javob berish lozim bo’ladi. Tarixni o’rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik prinsplar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni o’tkazish, statisti, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur. 6 Tarix fanining ma’naviyatni rivojlantirishdagi o’rnini ko’rsatib bering Javob: Inson ma’naviyatining shakillanishida tarixiy xotira alohida ahamiyatga ega. Ertalab uyqudan uyg’ongan inson tasodifan o’zining kim ekanligini, ismi, sharifini unutib qo’ysa, atrofidagi yaqin insonlarini tanimay qolsa bu o’sha inson va oilasi ucun katta fojiya. Agar millat o’zining kim ekanligini unutsa bu o’sha millat uchun ulkan halokatdir. Ma’naviyatning negizi va ma’no – mazmunini belgilaydigan asosiy xususiyatlar- insonning ruxiy poklanishi va qalban ulg’ayishidir. 7 O’zbekiston tarixining asosoi davirlari asosiy xususiyatlari nimalardan iborat Javob: o’zbekiston tarixini o’rganishda uni tadbiq etishda uni to’g’ri davrlashtirishning o’rni juda katta ; Olimlar buni bir necha davrlarga bo’lganlar. Bu davrlar insoniyat tarixida yirik ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar, taraqqiyot bosqichlari bilan bog’liq. Xususan, O’zbekiston tarixi 5 davrga bo’lingan . ular ; Eng qadimgi davr ( miloddan avvalgi taxminan million yildan to milodiy IV asr oxirlarigacha) O’rta asrlar davri (V- XIX asr boshlari). Turkiston Rassiya imperiyasi hukumronligi davrida (XIX asr va XX asr boshlarida) O’zbekiston sovetlar hukumronligi davri (1917- 1991- yillar) Mustaqillik davirlari (1991- yildan boshlab) . Bu davrlarning har biri yana o’ziga xos, kichik davirlarga bo’linadi, uni maskur keltirib o’tgan ma’lumotlarimzdan ham qisman tushunib olishingiz mumkun. 8 O’zbekiston tarixi fanining asosiy manbalari Javob: Tarixni anglashimzda bizga asos bo’lib hizmat qiluvchi manbalar, ajdodlarimzzning milloddan avvali VIII-VII asrlardagi hayotini o’rganuishda ‘’ Avesto ‘’ kitobi qimmatli yozma manba hisoblanadi. Miloddan avvalgi V-II asrlarga oid yunion, xitoy eron, vizantiya, hindi yozma manbalarida ham O’zbekistonimz tarixiga oid ma’lumotlar uchraydi. O’zbek halqining o’rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy , iqtisodiy, ma’naviy- madaniy hayotini o’rganishda Abu Nasr Farobiyning ‘’ fozil odamlar shahri’’ , Yusuf xos Hojibning ‘’ Qutadg’u bilik’’, M Qashg’ariyning ‘’ Devoni lug’atit- Turk’’, Abu Toxir Ho’janing ‘’ Samariya’’ , Narshaxiyning ‘’ Buxoro Tarrixi’’ , Nizomul mulkning ‘’ siyosatnoma yoki siyar ul-muluk’’, Amir Temurning ‘’ Temur tuzuklari’’, Mirzo Ulug’bekning ‘’To’rt ulus tarixi ‘’ va boshqa nodir kitoblar shular jumlasidan. Download 19.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling