Guruh talabasi Sobirjonov Jasurbekning Bojxona ishi fanidan mustaqilish I mavzu: Mavzulashtirilgan Qabul qildi: Baltabayeva Malohat
Download 81.34 Kb.
|
8 tasi bitta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Mavzulashtirilgan Qabul qildi: Baltabayeva Malohat Farg’ona-2023
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot tarmoqlari yo‘nalishi 19.85-guruh talabasi Sobirjonov Jasurbekning Bojxona ishi fanidan M U S T A Q I L I S H I Mavzu: Mavzulashtirilgan Qabul qildi: Baltabayeva Malohat Farg’ona-2023 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ISHINING HOZIRGI HOLATI REJA Dastlabki Bojxonalar savdogarlarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun boj undirish maqsadlarida tashkil etilgan. Qadimgi Xitoyda ipak qurtini tashqariga olib chiqmaslikni Bojxona qatʼiy nazorat qilgan. Buyuk Britaniyada 1006 yildan boshlab orolga keltiriladigan har qanday yukdan "qirol haqi" undirilgan. Boltiq dengizini Jahon okeani bilan tutashtiradigan boʻgʻozdan oʻtganligi uchun olinadigan "zund boji" asrlar davomida Daniya qirolligi xazinasini boyitib kelgan. Savdo-sotiq erkinligi va xavfsizligini taʼminlashda Bojxona muhim oʻrin tutgan, olib oʻtilayotgan tovarga maxsus belgi qoʻyilgan va bu tovardan boj olinganini ifoda etgan. Oʻrta asrlarda karvon yoʻllarida, maxsus joylar (koʻpriklar, dovonlar hamda shahar tashqarisi va boshqalar)da savdo karvonlaridan boj oluvchi Bojxona lar boʻlgan.Oʻrta Osiyo hududida Bojxonalar uzoq tarixiy davrda shakllanib kelgan. Oʻzbekistonda birinchi Patta Hisor Bojxonasi 19-asr ning oxirlarida Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin tashkil etilgan. Bu Bojxona Afgʻoniston orqali oʻtadigan yuklarni nazorat qilgan. Sobiq Ittifoq vujudga kelgach, bu post Termiz Bojxonasiga aylantirildi. Keyinchalik havo yoʻllarining rivojlanishi bilan 1958 yilda Toshkent aeroportida Toshkent Bojxona posti tashkil etildi va u Termiz Bojxona ga boʻysundirildi. 1959 yil aprelda Toshkent Bojxona posti Bojxonaga aylantirildi. Oʻzbekiston Bojxona tizimining keyingi rivoji natijasida 1984 yilda Toshkent Bojxonasi tarkibida boʻlgan Tuzel qoʻrgʻoni (aeroport) va Fargʻona Bojxona postlari barpo etildi. 80- yillar oxiriga kelib, Oʻzbekistonning iqtisodiy aloqalari kengayishi bilan Bojxona tizimini takomillashtirish zarurati tugʻildi. 1988 yil oktyabrda Toshkent Bojxonasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi bojxonasi tuzildi. Bu Bojxonalar respublika organlariga boʻysunmay sobiq Ittifoq Bojxonasi tarkibiga kirar edi. Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qulga kiritgach, 1991 yil 24 okt.da Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. Tashki iqtisodiy faoliyatni, B. ishini tartibga soluvchi qonunlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, ular xalqaro huquq meʼyorlari bilan uygʻunlashtirildi. 1997 yil 8 iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika Bojxona xizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997 yil 29 avg .da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Boj tarifi toʻgʻrisida", "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida"gi Qonunlari, 1997 yil 26 dek.da Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi (qarang Bojxona kodeksi). Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida bojxona xizmati boshqarmalari, qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlaridagi magistral yoʻllarda shu boshqarmalarga qarashli Bojxona postlari faoliyat koʻrsatadi. Respublikada Bojxona organlarining asosiy vazifalari oʻz vakolati doirasida Oʻzbekistonning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash; Oʻzbekiston Bojxona ishlariga oid qonunchilikning buzilmasligini nazorat qilish; UzRning xalqaro shartnomalardagi Bojxona ishlariga oid bandlarning bajarilib borilishini taʼminlash; kontrabandaga qarshi kurash Bojxona statistikasi, shuningdek tashki iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish; valyuta nazoratini amalga oshirish, strategik hamda respublika uchun muhim boshqa mahsulotlarni olib chiqib ketilmasligi ustidan nazorat yuritish va boshqalardan iborat. Oʻzbekiston hududida B.lar faoliyatini uyushtirish va unga rahbarlikni OʻzR Davlat bojxona qoʻmitasi olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasi Jahon bojxona tashkilotiga aʼzo. 2. Bojxona organlari faoliyati to'g'risidagi asosiy me'yoriy-huquqiy hujjatlar (Bojxona kodeksi, Davlat bojxona xizmati to'g'risidagi qonun va O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati 05.06.2020 yildagi "Bojxona ma'muriyati va davlat bojxona xizmatini isloh qilish to'g'risida"). Farmonini o'rganish. Tovarlar va transport vositalarini O'zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o'tish, bojxona yig'imlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazorati, shuningdek, bojxona qonunchiligi va bojxona qoidalarini buzish holatlari. Kodeks 12 qism, 59 bob va 412 moddadan iborat. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, Kodeksda bojxona faoliyati bilan bog'liq deyarli barcha huquqiy asoslar mavjud. Kodeksning bo'limlarini birma-bir ko'rib chiqamiz: I bo'lim "Umumiy qoidalar" - aniq va tushunarli atamalarga ega va bojxona qonunchiligining tamoyillari, bojxona qonunchiligini o'z vaqtida bajarish, bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarining harakatlanishining asosiy qoidalarini o'z ichiga oladi. Download 81.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling