Guruh talabasi tohirov islomjon 1 – laboratoriya ishi Mavzu


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana24.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1395847
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-5- laboratoriya, TOHIROV ISLOMBEK. 612-21 guruh talabasi

4-laboratoriya ishi 
Mavzu: MTda yasalgan kuchaytirgich sxemasini tadqiq etish. MTda yasalgan 
kuchaytirgich xarakteristikasini tadqiq etish 
Ishning maqsadi: Maydoniy tranzistor statik xarakteristikalari va differentsial 
parametrlarini o’rganish, tranzistor ishiga temperaturaning ta'sirini tadqiq etish. 


Nazariy qisim. 
 
Elektrod toklari asosiy zaryad tashuvchilarning kristall hajmidagi elektr maydon 
ta’sirida dreyf harakatlanishiga asoslangan uch elektrodli, kuchlanish bilan 
boshqariladigan yarimo‘tkazgich asbob maydoniy tranzistor (MT) deyiladi. MTlarda 
tok hosil bo‘lishida faqat bir turli– asosiy zaryad tashuvchilar (elektronlar yoki 
kovaklar) qatnashgani sababli ular ba’zan unipolyar tranzistorlar deb ataladi. 


MTlarda, BTlardagi kabi tezkorlikka ta’sir etuvchi injeksiya va ekstraksiya natijasida 
noasosiy zaryad tashuvchilarning to‘planish jarayonlari mavjud emas. 
p–n o‘tish bilan boshqariluvchi – kanalli MT tuzilmasining ko‘ndalang kesimi va 
uning shartli belgilanishi 4.1 - rasmda keltirilgan. 
a) 
b) 
4.1-rasm 
n–turdagi soha kanal deb ataladi. Kanalga zaryad tashuvchilar kiritiladigan 
kontakt istok (I); zaryad tashuvchilar chiqib ketadigan kontakt stok (S) deb ataladi. 
Zatvor (Z) boshqaruvchi elektrod hisoblanadi. Zatvor va istok oralig‘iga kuchlanish 
berilganda yuzaga keladigan elektr maydoni kanal o‘tkazuvchanligini, natijada 
kanaldan oqib o‘tayotgan tokni o‘zgartiradi. Zatvor sifatida kanalga nisbatan 
o‘tkazuvchanligi teskari turdagi soha qo‘llaniladi. Ishchi rejimda u teskari ulangan 
bo‘lib kanal bilan p – n o‘tish hosil qiladi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling