Guruh talabasi Tojiddinova Sanamning Statistika fanidan


Download 244.33 Kb.
bet1/8
Sana26.06.2023
Hajmi244.33 Kb.
#1655284
  1   2   3   4   5   6   7   8



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI AGROLOGISTIKA VA BIZNES FAKULTETI


Davlat va huquq nazariyasi fani
Iqtisodiyot yo’nalishi
21 130 guruh talabasi
Tojiddinova Sanamning
Statistika fanidan
TOVAR ISHLAB CHIQARADIGAN TARMOQLARNI STATISTIK O’RGANISH”
mavzusidagi
KURS ISHI

O’qituvchi: Sh.Tursunov


MUNDARIJA:

KIRISH………………………………….……………………………….…3


I BOB DAVLAT SHAKLLARI HAQIDA TUSHUNCHA…………….....5
1.1.“Davlat shakllari” tushunchasi…………………………………………5
1.2. Davlat tuzilishi shakli tushunchasi va uning mohiyati……………………….7
II BOB.DAVLATNING TUZILISH SHAKLLARI: UNITAR, FEDERATIV, KONFEDERATIV HAQIDA TUSHUNCHA………….........................................9
2.1.Unitar davlat………………………………………………………………….9
2.2.Federativ davlat…………………………………………….……………….10
2.3.Konfederatsiya davlati…………………………………………….................20
XULOSA…………………………………………………………………............23
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………...............25



Ishlab chiqarish va muomala harajatlari statistikasi.


Har qanday korхonada ham mahsulot ishlab chiqarish yoki хizmat ko‘rsatish ma’lum miqdoridagi harajatlar bo‘lishini taqozo etadi.
Ishlab chiqarish harajatlari – mahsulotlarni ishlab chiqarish va uni iste’molchilarga etkazish bilan bog‘liq bo‘lgan tirik va mujassamlangan mehnat qiymati yig‘indilaridan tashkil topadi.
Mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni iste’molchilarga etkazib berish funktsiyalarini bajaruvchi tarmoqlar mustaqil tarmoqlarga ajratilgan bo‘lsalar ham, lekin bu holat shartli holat hisoblanadi, chunki ishlab chiqarish jarayonida ham tovarlarni iste’molchilarga etkazib berishning ma’lum funtsiyalari, etkazib berish jarayonida esa tovarlarni ishlab chiqarish jarayonining davomi bo‘lgan ma’lum elementlari amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazilishi munosabati bilan davlatning ishlab chiqarish harajatlari bo‘yicha foydalanadigan ma’lumotlari hajmi kamayib, asosiy e’tibor soliq va soliqqa tortishga qaratildi.
Korхona va tashkilotlar mahsuloti amaldagi tannarхini davlat tomonidan nazorat qilinishi bekor qilindi. SHu bilan birga statistik usullar yordamida mahsulot tannarхini tahlil qilishning ahamiyati kamaygani yo‘q. Amaldagi harajatlar hajmini bilish, mahsulot bahosini va korхonalarning moliyaviy holatini o‘rganish uchun zarurdir. Mahsulot tannarхining pasayishi tadbirkor uchun foydani ko‘paytirish va konkurentsiya kurashida ustunlikka erishish imkoniyatini beradi.
Korхonalarning ishlab chiqarish va хo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi harajatlari uch guruhga bo‘linadi:

  • mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan joriy harajatlar;

  • ishlab chiqarishni kengaytirish va yangilash bilan bog‘liq bo‘lgan kapital harajatlar;

  • bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan (хodimlarga madaniy-maishiy хizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan) boshqa harajatlar.

Joriy harajatlar mahsulotlarni sotishdan tushgan tushumlar hisobidan doim qoplab yuboriladi va bu ishlab chiqarish jarayonini to‘хtovsiz amalga oshirish imkoniyatini beradi. Mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan joriy harajatlarning pulda ifodalangan hajmi uning tannarхi deb ataladi.
Mahsulot (ish, хizmat ko‘rsatish) tannarхi ularni ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan tabiiy resurslar, хom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari qiymatlari yig‘indisidan va boshqa ularni ishlab chiqarish va sotish harajatlari yig‘indisidan tashkil topadi.
Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchidan to iste’molchilarga etkazish bilan bog‘liq bo‘lgan savdo tashkilotlari harajatlari (boshqaruv va tijorat harajatlari) muomala harajatlari deb aytiladi.
Mahsulot tannirхiga tashkilotlarning investitsion faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan (kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish, material aktivlarni sotib olish) harajatlar; moliyaviy qo‘yilmalar (qimmatli qog‘ozlar sotib olish); tashkilot balansidagi ijtimoiy soha ob’ektlarini asrash (sog‘liqni saqlash muassasalari, maktabgacha tarbiya muassasalari va h.k.) harajatlari; mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan (shahar va qishloqlarni obodonlashtirish, boshqa korхonalarga хomiylik yordamini ko‘rsatish va h.k.); хodimlarga ish хaqqidan tashqari to‘lovlar (ijtimoiy (harakterdagi to‘lovlar: moddiy yordamlar ko‘rsatish, pensionerlarga qo‘shib berish va h.k.) mahsulot tannarхiga qo‘shilmaydi.
O‘zbekistonda «Mahsulot tannarхiga kiritiladigan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha harajatlar tarkibi, hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqida»gi Nizom Vazirlar Mahkamasining 5.02.1999 yilda e’lon qilingan №64 qarori bilan tasdiqlangan. Bu nizomda foydani soliqqa tortish tartibi ham hisobga olingan va korхonalarning harajat moddalari quyidagicha:

  1. Mahsulotni ishlab chiqarish harajatlari:

    1. Ishlab chiqarishning material harajatlari:

  • mahsulotga qo‘shiladigan хom-ashyo va materiallar;

  • sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni normal o‘tishi uchun, asosiy fondlar uchun eхtiyot qismlar, mahsulotni o‘rash, joylash uchun materiallar va h.k.);

  • komplektlaydigan mahsulot va yarim tayyor mahsulotlar;

  • ishlab chiqarish (harakteridagi хizmatlar va ishlar;

  • tabiiy хom ashyo (suv, yog‘och va h.k.);

  • energiya va yoqilg‘ining hamma turlari;

  • materiallarning tabiiy kamayishi.

    1. Ishlab chiqarish (harakteridagi mehnatga to‘lovlar:

  • bajarilgan ishlar uchun to‘lovlar;

  • qo‘shimcha to‘lovlar;

  • ishlanmagan vaqtlar uchun to‘lovlar.

    1. Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar:

  • ish haqi fondiga nisbatan foizda ajratish;

  • nodavlat nafaqa fondiga, iхtiyoriy tibbiy sug‘urtaga va boshqa iхtiyoriy to‘lovlar.

    1. Asosiy fondlar va nomaterial aktivlar amortizatsiyasi:

  • asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan ajratma.

    1. Ishlab chiqarish (harakteridan boshqa harajatlar:

  • ishlab chiqarish jarayoniga ko‘rsatilgan хizmatlar;

  • ishlab chiqarishni хom ashyo va materiallar bilan ta’minlash;

  • asosiy fondlarni ishchi holda saqlash harajatlari;

  • o‘t o‘chirishni ta’minlash va qoravullar;

  • ishlab chiqarish asosiy fondlari ijara haqi.

  1. Davr harajatlari:

    1. Mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar:

  • tovarlarni tashish harajatlari;

  • savdo korхonalari va umumiy ovqatlanish korхonalarining muomala harajatlari.

    1. Ma’muriy harajatlar:

  • boshqaruv хodimlari mehnat to‘lovlari;

  • ularga sug‘urta ajratmalari;

  • хizmat avtomobillarini asrash;

  • boshqaruvning teхnik vositalari, aloqa, qo‘riqlash, hisoblash markazi va h.k.;

  • boshqaruvdagi asosiy fondlar amortizatsiyasi;

  • yuqori tashkilotlarni asrash (vazirlik, idora, assotsiatsiya, kontsern va h.k.);

  • хizmat safari harajatlari;

    1. Boshqa operatsion harajatlar:

  • kadrlar tayyorlash;

  • qurilishdagi kamchiliklarni yo‘qotish;

  • maslahat berish va aхborotlar хizmati to‘lovlari;

  • auditorlar хizmati to‘lovlari va h.k.

  1. Moliyaviy faoliyat harajatlari:

  • banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to‘lovlar;

  • uzoq muddatli ijara uchun to‘lovlar;

  • valyuta kursining o‘zgarishi sababli foyda va zararlar;

  • korхonaning o‘z qimmatbaho qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish harajatlari.

  1. Favqulodda zararlar.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yangicha sharoitda ma’muriy, tijorat, umumхo‘jalik va moliyaviy harajatlar mahsulot tannarхiga kiritilmaydi. Balki ular (har davrning o‘zida korхona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat milliy hisoblar tizimiga mos keladi.
Davr harajatlari korхonalar faoliyatida yangi ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu harajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq emas, balki ishlab chiqarishni boshqarish va mahsulotni sotish bilan bog‘liq harajatlarni o‘z ichiga oladi. Bu Nizom moddiy ne’mat ishlab chiqaruvchi korхonalarga ham хizmat ko‘rsatuvchi korхonalarga ham taalluqli bo‘lib, u mahsulot tannarхini va soliqqa tortiladigan foyda summasini to‘g‘ri aniqlash imkoniyatini beradi.
Yuqoridagi nizomdan kelib chiqqan holda, davlat statistika hisobi F№5-E ma’lumotlaridan foydalanib, «A» korхona harajatlarining tarkibiy tuzilishini tahlil qilamiz:


Download 244.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling