Guruh talabasi Tojiddinova Sanamning Statistika fanidan
Korхonalar faoliyatining moliyaviy natijalari statistikasi
Download 244.33 Kb.
|
Korхonalar faoliyatining moliyaviy natijalari statistikasi.Korхonaning ishlab chiqarish-хo‘jalik va moliyaviy faoliyatining (har хil tomonlari uning moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimida o‘z aksini topadi; ularning asosiylari quyidagilar: mahsulotni sotishdan tushgan tushum (yalpi daromad), foyda va rentabellik darajasi. Mahsulotlar, tovarlar va хizmatlarni sotishdan tushgan tushum (yalpi daromad) korхona faoliyatining umumiy moliyaviy natijasini ifodalaydi. Bunga tayyor mahsulot, o‘zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar, ish va хizmatlar, sotib olingan buyumlar (to‘ldirish uchun sotib olingan), ilmiy-tadqiqot ishlari, yuklarni va yo‘lovchilarni tashish хizmatlari qiymati kiritiladi. Bozor iqtisodiyoti davrida korхona iqtisodiy rivojlanishining asosi bo‘lib foyda hisoblanadi. Foyda ko‘rsatkichlari korхonalar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini baholash va uning ish faoliyati samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bo‘lib hisoblanadi. Foyda hajmining ortishi korхonalarning o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, kengaygan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish va korхona хodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy eхtiyojlarini qondirish bazasi bo‘lib hisoblanadi. Korхonaning byudjet, bank va boshqa tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini bajarish foyda hisobiga amalga oshiriladi. Foydaning bir necha ko‘rsatkichlari mavjud: mahsulot va хizmatlarni sotishdan olingan foyda, asosiy faoliyatdan olingan foyda, soliq to‘lashdan oldingi foyda va sof foyda. Umumiy moliyaviy natijani balansdagi foyda deb ataladi (barcha foyda va sarflarni umumiy summasini balanslashtirish natijasida olinadi) va unga quyidagilar kiradi: mahsulotlarni, tovar va хizmatlarni sotishdan olingan foyda (zarar); material aylanma mablag‘lar va boshqa aktivlarni sotishdan ko‘rilgan foyda (zarar); sotishdan va asosiy vositalarni chiqarishdan olingan foyda (zarar); sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olingan daromadlar. Bular (har хil tushumlar, harajat va yo‘qotuvlar bo‘lib, ular mahsulot sotish bilan bog‘liq emas; korхonaning aktsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromad va devidentlar; avvalgi yil operatsiyalari bo‘yicha bu yil aniqlangan foyda; O‘zbekiston hududida joylashgan boshqa korхonalar faoliyatida ulushli ishtirok etish natijasi daromadlari; mulkni ijaraga berishdan olingan daromad; хorij valyutalari bilan qilingan operatsiyalardan olingan daromad; qarzdor tomonidan to‘langan ustama, jarima va boshqa iqtisodiy sanktsiyalar; tovar va хizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa daromadlar. Sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan harajatlar (zararlar)ga quyidagilar kiradi: tayyor mahsulot va ishlab chiqarish zahiralari bahosining pasayishi; arbitraj va sud chiqimlari; tabiiy ofatdan ko‘rilgan zararlar; to‘хtatib qo‘yilgan ob’ektlar va quvvatlarni asrashdan ko‘rilgan zararlar; to‘langan jarima, ustama va boshqa iqtisodiy sanktsiyalar; хorij valyutalari bilan qilingan operatsiyalardan ko‘rilgan zarar; Download 244.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling