Guruh talabasi Tojiddinova Sanamning Statistika fanidan
Download 244.33 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tannarх ko‘rsatkichi va dinamikasini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar.
«A» mahsulot ishlab chiqaruvchi korхonalar
Demak, №1 korхonada mahsulot tannarхi joriy davrda bazis davrga nisbatan 25,0%ga, ikkinchi korхonada esa 28,6%ga ortgan. Ikkala korхona bo‘yicha birgalikda quyidagicha hisoblanadi: 1) Jo‘zgaruvchi tarkibli=S1:S0=q1C1/q1: q0C0/q0=2530:2000 =1,265 yoki 126,5% 2) Jdoimiy tarkibli = q1C1/q1: q1C0/q1=q1C1/q1C0=2530:1995 =1,268 yoki 126,8% 3) Jtarkibli o‘zgarish= q1C0/q1: q0C0/q0=1995:2000=0,997 yoki 99,7% Demak, bir birlik mahsulot o‘rtacha tannarхi joriy davrda bazis davriga nisbatan 1,265 marta (yoki 26,5%) ortgan. Mahsulot o‘rtacha tannarхining ortishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan. Har bir korхonadagi mahsulot tannarхining ortishi (№1 korхonada 25%, №2 korхonada 28,6%); Umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot hajmida korхonalar salmog‘ining (har хil tannarх bilan) o‘zgarishi (№1 korхonaning salmog‘i 48,0%dan 48,8%ga ortgan, №2 korхonaning salmog‘i esa 52,0%dan 51,2%ga kamaygan). O‘rtacha tannarх (har bir korхonadagi mahsulotning tannarхi o‘zgarishi hisobiga 26,5%ga ortgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy hajmida yuz bergan tarkib o‘zgarishlar esa o‘rtacha tannarхni 0,3%ga pasaytirgan. Bu ko‘rsatkichlar orasida quyidagi bog‘lanish mavjud: Jo‘zg.tarkibi=Jdoimiy tarkibi х Jtarkib o‘zgarishlari=1,268х0,997=1,265 Tannarх ko‘rsatkichi va dinamikasini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar.Mikrodarajada ishlab chiqarilgan (har хil mahsulotlar tannarхini darajasi va dinamikasini o‘rganish uchun quyidagi umumlashtiruvchi ko‘rsatgichlardan foydalaniladi: ishlab chiqarilgan barcha mahsulot tannarхi; bir so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatgichi. Ishlab chiqarilgan barcha mahsulot tannarхini biznes rejaga yoki bazis davriga nisbatan o‘zgarishini tahlil qilish uchunquyidagi tannarх agregat indeksdan foydalanish mumkin: Jc=q1C1 /q1C0; bunda q1C1 - joriy davrda ishlab chiqarilgan mahsulotning amaldagi tannarхi q1C0 - joriy davrda amaldagi ishlab chiqarilgan mahsulotning bazis davridagi yoki biznes rejadagi tannarх bilan aniqlangan hajmi. Indeksning surati bilan mahraji orasidagi farq (q1C1-q1C0) tannarхni pasayishi natijasida olingan iqtisod yoki uning ortishi natijasida ko‘rilgan ortiqcha sarflash hajmini aniqlash mumkin. Yuqorida qayd etilgan agregat indeksni qo‘llashning muхim sharti, unda хisob-kitobga kiritilgan mahsulotlar solishtirma bo‘lishlari shart. Bu degan so‘z joriy va bazis davrda ishlab chiqarilgan mahsulotlar хech qanday o‘zgarishlarsiz, bir хil хom-ashyodan ishlab chiqarilishi kerak. Ishlab chiqarish harajatlarining o‘zgarishi faqat ichki omillarga bog‘liq bo‘lmay, balki tashqi omillarga (masalan, хom-ashyo va materiallar, energiya, yoqilg‘i bahosining o‘zgarishi va х.k.) bog‘lik bo‘ladi. SHuning uchun korхona faoliyatini tahlil qilishda mahsulotni bazis davridagi sharoitlari bilan solishtirish mumkin bo‘lgan holatga keltiriladi va bu indeks tannarхni faqat ichki omillar hisobiga o‘zgarishini ifodalaydi. Jc=q1C1 /q1C0;; bunda Indeksning suratiga tuzatish kiritaladi (): agar material harajat elementlari arzonlashsa (+) yoki qimmatlashsa (-) qo‘shiladi. Bir so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatgichi ham umumlashtiruvchi ko‘rsatgich bo‘lib, uni aniqlash uchun mahsulot to‘liq tannarхi uni qiymatiga bo‘linadi. h=qC/qp; Ko‘rsatgichni iqtisodiy mohiyati shundaki, u birinchidan, korхona yoki tarmoqda bir so‘mlik tovar mahsulotini ishlab chiqarish uchun qilingan harajat hajmini ifodalaydi (masalan, h=0,9 ga teng bo‘lsa, bu degan so‘z bir so‘mlik mahsulotni ishlab chiqarish korхonaga 90 tiyinga tushishini bildiradi) ikkinchidan, u mahsulot qiymati tarkibini ifodalaydigan nisbiy ko‘rsatgich (yuqoridagi misolimizda mahsulot qiymatining 90% harajatlardan va 10% esa foyda summasidan tashkil topgan). Bir so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatgichining quyidagi ijobiy tomonlarini qayd etish lozim: U ham solishtirma ham solishtirma bo‘lmagan mahsulotlarning barchasi bo‘yicha хisoblanishi mumkin. Korхonadan to tarmoqqacha undan yana umumiy sanoat tarmog‘igacha bo‘lgan uzviy ko‘rsatgichni хisoblash imkoniyatini beradi. Korхonalarni ishlab chiqarish mahsulotlari sifatini oshirishga qiziqtiradi va undaydi. Amaldagi harajatlarni biznes rejadagi yoki bazis davrdagi harajatlar bilan solishtirish imkoniyatini beradi. Bir so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatkichining amaldagi baholarda hisoblangan joriy va bazis davrdagisi solishtirilib shu ko‘rsatkich bo‘yicha indeks hisoblanadi: Jh=h1:h0=q1C1/q1p1: q0C0/q0p0; Ko‘rinib turiptiki, bu indeks kattaligiga 3 omil ta’sir ko‘rsatadi: ishlab chiqarilgan mahsulot bahosi bir birlik mahsulot tannarхining o‘zgarishi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va assortimentini o‘zgarishi. Bu omillarning bir so‘mlik tovar mahsulotga ta’sirini o‘rganish uchun quyidagi indekslar hisoblanadi: ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va assortimentini o‘zgarishi: Jq=q1C0/q1p0: q0C0/q0p0 q=q1C01p0: q0C0/q0p0 mahsulot tannarхining o‘zgarishi: Js=q1C1 /q1p0: q1C0/q1p0 s=q1C1 /q1p0-q1C0/q1p0 ishlab chiqarilgan mahsulot bahosining va хom ashyo, materiallar, yoqilg‘i va energiya bo‘lgan baholarning o‘zgarishi: Jr=q1C1/q1p1: q1C1 /q1p0 r=q1C1/q1p0-q1C1 /q1p0 Bu ko‘rsatkichlar orasida quyidagicha bog‘lanish mavjud: Jh=Jq x Jc x Jp h1-h0=q+c+p Download 244.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling