Guruh talabasi Tojiddinova Sanamning Statistika fanidan
Korхona bo‘yicha joriy davrda quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan
Download 244.33 Kb.
|
Korхona bo‘yicha joriy davrda quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan:
Bir so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatkichlarini aniqlaymiz: Bazis davrda h0=q0C0/q0r0=14000/20000=0,70 yoki bazis davrda korхonada 1 so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqarish uchun 70 tiyin sarflangan; Joriy davrda amalda h1=q1C1/q1r1=14098/22800=0,62 yoki joriy davrda korхonada 1 so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqarish uchun 62 tiyin sarflangan. Demak, joriy davrda bir so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqarish uchun bazis davrga nisbatan 8 tiyin (h=h1-h0=0,62-0,70=-0,08 yoki 8 tiyin) kam sarflangan. Bunday holatga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan: ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va tarkibida yuz bergan o‘zgarishlar: hq=q1C0/q1r0-q0C0/q0r0=13300/19560-14000/2000=0,68-0,70=- 0,02 yoki 1 so‘mlik tovar mahsulot uchun qilingan harajat 2 tiyinga kamaygan. (Bunday holat 1 so‘mlik tovar mahsulotga kam harajat qilingan mahsulotlar salmog‘i ortganda yuz beradi). joriy davrda bazis davrga nisbatan mahsulot tannarхi past bo‘lganda: hs = q1C1/q1r0-q1C0/q1r0 = 14098/19560-13300/19560= 0,72- 0,68 =+0,04 yoki 1 so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat 4 tiyinga (mahsulot tannarхi hisobiga) ortgan. ishlab chiqarish bahosining hisob-kitobda asos qilib olingan bazis bahosiga nisbatan o‘zgarishi hr = q1C1/q1r1-q1C1/q1r0 = 14098/22800 – 14098/19560 = 0,62- 0,72 = -0,10 yoki 1 so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat bahoning ortishi hisobiga 10 tiyinga pasaygan. Bir so‘mlik tovar mahsulotga qilingan harajat ko‘rsatkichi barcha omillar hisobiga 8 tiyinga pasaygan: h=hq+hc+hr=-0,02+0,04-0,10=0,08 h=-0,08 so‘m yoki h=-8 tiyin Download 244.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling