Guruh talabasi xamroyeva feruzabonuning analitik kimyo fanidan


Download 0.71 Mb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1583717
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Кимё POTENSIOMETRIYADA kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARGO’NA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO YO’NALISHI 20.65“a”-GURUH TALABASI
XAMROYEVA FERUZABONUNING ANALITIK KIMYO FANIDAN “POTENSIOMETRIYADA ISHLATILADIGAN ELEKTRODLAR” MAVZUSIDA
TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Bajardi: ________________
Qabul qildi: ________________

MUNDARIJA
KIRISH…………...….………………………………………..……3
I BOB. Potensiometriya….…………………………………………….7
1.1 Potensiometriya haqida umumiy ma’lumot…..……...…………......10
II BOB. Potensiometriyada ishlatiladigan elektrodlar haqida……..13
2.1 Elektrod potensialini aniqlash usullari……………...………………21
2.2 Potensiometrik titrlash………………………………………………26
2.3 Voltametriya……………………………………...…………………31
XULOSA………………………………………..………………….34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………..………………….36

KIRISH.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
KIMYO SANOATI UCHUN INNOVATSION KIMYOVIY ILMIY-ISHLAB CHIQARISH VA TA’LIM KLASTERINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Respublika kimyo sanoatida ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni ilg‘or xorijiy tajriba asosida samarali tashkil etish, kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish hamda ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga to‘g‘ridan to‘g‘ri tatbiq qilish orqali sohaning eksport salohiyatini oshirish, shu bilan birga ,kimyo sanoatini yuqori malakali kadrlar, jumladan, ilmiy kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-son qaroriga asosan “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini (keyingi o‘rinlarda — ilmiy klaster) tashkil etish konsepsiyasi ishlab chiqilib, ilmiy klasterni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruh) shakllantirilganligi;
Ilmiy klaster “D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining
(Rossiya Federatsiyasi) va Vengriyaning Debretsen universitetining Toshkent shahridagi filiallari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, “O‘zbekiston — Koreya kimyo texnologiyalari innovatsiya markazi” ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti ishtirokida tashkil etilishi;
Ilmiy klaster faoliyatini tashkil etish va boshqarish uning ishtirokchilari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar ilmiy klaster faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Kimyo sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini respublika kimyo sanoati korxonalariga tatbiq etish, ushbu tarmoqni texnologik transformatsiyalash va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash hisobiga kimyo sohasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish hamda yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy tajribalar o‘tkazish;
Kimyo sohasida ilmiy yo‘nalishlar va tegishli ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash hamda iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
Maqsadli fan-texnika va innovatsion dasturlarni amalga oshirish orqali kimyo fani va texnologiyalarini muvofiqlashtirishda faol ishtirok etish;
Kimyo sohasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida tegishli ilmiy tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari hamda tarmoq korxonalari bilan aloqalarni mustahkamlash;
Xorijda ilmiy kadrlarning kasbiy malakasini oshirish, shuningdek, ilmiy klaster faoliyatiga chet ellik olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan, xorijdagi sohaga oid vatandoshlarni jalb qilish;
Ilmiy klaster ilmiy va o‘quv faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish.
3. Toshkent shahar hokimligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ulug‘bek shaharchasi, Xuroson ko‘chasi, 1-uy manzilidagi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga qarashli bo‘sh turgan 60 gektar yer uchastkasi keyinchalik ilmiy klaster obyektlarini joylashtirish uchun “O‘zkimyosanoat” ajga doimiy foydalanish huquqi asosida bepul ajratilishini ta’minlasin.
4. “O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar muassisligida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Kimyo sanoati uchun innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasteri direksiyasi” (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tashkil etish to‘g‘risida “O‘zkimyosanoat” ajning taklifi ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki, Direksiya:
Ilmiy klaster obyektlarini qurish bo‘yicha buyurtmachi vazifasini amalga oshiradi;
Ilmiy klaster obyektlari qurilishi yakunlangandan so‘ng ularni balansda saqlovchi sifatida boshqarish, saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash, ijaraga berish va sotish bo‘yicha belgilangan tartibda xizmatlar ko‘rsatadi…



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling