Guruh talabasi xokimova maxsumaxonning
KO‘NIKMA VA MALAKASINI TEKSHIRISH NATIJALARI
Download 124.07 Kb.
|
Hokimova Maxsuma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqning mazmuni O‘quvchi soni
- Topshiriqni bajara olmadi
- Mustaqil bajardi Yordam asosida bajardi Bajara olmadi
KO‘NIKMA VA MALAKASINI TEKSHIRISH NATIJALARI
Tadqiqot natijalari
2-topshiriq3-topshiriq4-topshiriq5-topshiriq6-topshiriq7-topshiriq8-topshiriq topshiriq I bob bo’yicha xulasa Tashqi olamni anglash va aks etishning eng yuqori formasi tafakkurdir. Rivojlanishda nuqsoni mavjud bolalar sezgisi atrof muhitni obyektiv aks ettiradi va predmet hamda hodisalarni anglashning muhim bosqichi sanaladi. Kar bola idrok va sezgi asosida atrofdagi predmetlar rangi, mazasi, hidi, shakli haqida ma'lumot oladi. Gartmani tadqiqotlariga tayanib, Lagovskiy eshituv idroki darajasiga ko'ra bir necha guruhlarni tasnifladik. Bu guruhlardan biriga kiruvchi bolalarda eshituv idroki ma'lum darajada mavjud bo'lib, u noeshitish tovushlarni farqlash imkonini berdi. Boshqa bolalarda eshituv idrokining darajasi balandroq bo'lgani uchun, unli tovush, bo'g'in, o'zlarni farqlash imkonini berdi. Yaxshi ishlangan tadqiqot uslubiyoti va takomillashgan apparaturani qo'llash chaqaloqlik yoshida bolaning eshituv funksiyasi holatini o'rganish imkonini berdi. Tadqiqotlar natijalari ko'rsatishicha, eshituv qoldig'i mavjud bolalar eshitishning umumiy ritmi, so'zli va mantiqiy urg'ularni oson egalladi, bu ular eshitishni tushunarli va yaxlit bo'lishga sabab bo'ldi. Davomiy mashg'ulotlar mashqlar jarayonida kar bolalar eshituv idroki faollashtirildi. Bunda eshituv idrokining rivojlanishi anotomo-fiziologik mexanizmining tiklanishi evaziga emas, balki eshituv idrokini faollash yo'li bilan amalga oshdi. Uchinchi va to'rtinchi sinf kar va ommaviy maktab o'quvchilarga tanish bo'lgan predmet (uy, botinka, koptok) rasmlarini ko'rib eslab qolish topshirig'i berildi rasmlar sodda va bo’g'inlash uchun yengil edi. Tadqiqot quyidagicha amalga oshdi: tekshiriluvchi stol oldiga o'tirgach, unga quyidagicha topshiriq berildi - “Hozir senga rasm ko'rsataman. Uni diqqat bilan tomosha qil va eslab qol”. Rasmni stoldan olgach, uni xuddi tasvirlangan qanday chizasan. Diqqat. Ko'r va eslab qol. Tasvirlar stol ustiga qo’yib tekshiriluvchi uni 1 sekund davomida tomosha qilib, so'ng rasm stol ustidan olib qo'yildi va bola uni rasmini chizishga o'tdi XULOSA Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni mehnatga o‘rgatish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda o`quv faoliyatining bosqichlarini farqlash, maxsus pedagogik shart-sharoitlar yaratilishi, muloqotga ehtiyoj tug‘diruvchi muammoli vaziyatlarni yaratish, maxsus ravishda tanlab olingan va tizimlashtirilgan o`quv materiali asosida ish olib borish; ko‘rgazmali vositalarini keng jalb etish, shakllari va usullaridan tartibga solgan tarzda foydalanish, o‘quvchilarning holatini muntazam o‘rganish jarayonida olinadigan ma’lumotlarni hisobga olish asosida mehnat talimi tashkil etish muhim omillardan hisoblanadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni mehnatga o‘rgatish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish usul va vositalarini tanlashda o’quvchilarda shakllantirish kerak bo‘lgan ko‘nikmalar va qobiliyatlarning mohiyatini, ushbu ko‘nikma va qobiliyatlar jarayoni kechishi kerak bo‘lgan materialining xususiyatlarini, o’quvchilarning nutqga va bilishga oid imkoniyatlarini e’tiborga olishni taqozo qiladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni mehnatga o‘rgatish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari o‘qituvchi bergan tuzilma (konstruktsiya) namunasi, ularda foydalaniladigan mashq turlari bo‘yicha farqlanadi. Birdaniga butun sinf bilan, shu vaqtning o‘zida har bir bola bilan alohida ishlay oladigan mutaxassis o‘qituvchigina ta’limiy, tarbiyaviy va korrektsion maqsadga erisha oladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni mehnatga o‘rgatish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish muammosi bo‘yicha xorijda va Respublikamizda olib borilgan tadqiqotlar eshitish idroki buzilgan bolaga mehnatga o‘rgatish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish maxsus tashkil etilgan jarayonda va ilmiy asoslangan tizim va metodik vositalarning qo‘llanilishi asosida amalga oshirilishi lozim degan ilmiy farazimizning asosli ekanini ko‘rsatdi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni mehnatga o‘rgatish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va ilmiy asoslangan korrektsionpedagogik tizim va uni o‘rgatish bo‘yicha maxsus uslubiyat ishlab chiqilmaganligi zaif eshituvchi bolalar bilim, ko‘nikma va malakalarni talab darajasida shakllanmaganligining asosiy sabablaridandir. Tildan kommunikatsiya maqsadlarida foydalanish, maxsus o‘qitishda nutq faoliyatining bosqichlarini farqlash, maxsus pedagogik shart-sharoitlarning yaratilishi, muloqotga ehtiyoj tug‘diruvchi muammoli vaziyatlarni hosil qilish, tabiiy vaziyatlar va didaktik o‘yinlardan foydalanish, maxsus ravishda tanlab olingan va tizimlashtirilgan nutq materiali asosida ish olib borish; til o‘qitishning ko‘rgazmali vositalarini keng jalb etish, nutqning xilma-xil turlari, shakllari va usullaridan tartibga solingan tarzda foydalanish, o‘quvchilar nutqining holatini muntazam o‘rganish jarayonida olinadigan ma’lumotlarni hisobga olish asosida o‘qitishni tashkil etish mehnat malakalarini amaliy egallashda muhim omillardandir. Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar mehnatga o‘rgatish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishning dastlabki korrektsion davrining to‘g‘ri tizimga solinishi keyingi bosqichlar samaradorligining asosiy omili hisoblanadi. Mehnat darslari o‘qituvchi bergan tuzilma (konstruksiya) namunasi, ularda foydalaniladigan mashq turlari bo‘yicha farqlanadi. Bir vaqtning o‘zida butun sinf bilan, shu vaqtning o‘zida har bir bola bilan alohida ishlay oladigan mutaxassis pedagoggina ta’limiy, tarbiyaviy, korreksion maqsadga va ta’lim samaradorligiga erisha oladi. Biz tavsiya etayotgan dastur talablariga javob bera oladigan metodlar, ishlanmalar va tavsiyalardan foydalanilganda, eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni mehnatga o‘rgatish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish korreksion-o‘quv predmetlari asosida fanlararo integratsiya tarzida amalga oshirilganda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish darajasi ortadi, sur’ati tezlashadi. Download 124.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling