Guruh talabasi Zamira Muhammadjonova 1-Topshiriq


Download 18.71 Kb.
Sana13.12.2020
Hajmi18.71 Kb.
#165572
Bog'liq
1 joriynazorat pedagogika




18.102-guruh talabasi Zamira Muhammadjonova

1-Topshiriq

1. Quyida keltirilgan jadvalga Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yugnakiy, Kaykovus bilimning foydasi va nodonlikning ziyoni haqida yoritib bering.
Yusuf Hos Xojibning bilimning foydasi va nodonlikning ziyoni haqidaOlim bilimni ziyoga tengi yo`q javohrga o`xshatib, u insonni yuksaltiradi jahonni sir-asrorini bilib olishga yordam beradi deydi. Insoniyat nimaga erishgan bo`lsa bilim tufayli erishganini ta`kidlaydi. Lekin johil va telbalar bunday xislatlarga ega emas. Jamiyatdagi barcha xatolar bilimsizlik, nodonli, jaholat tufayli sodir bo`lishidan u qayg`uga tushadi, hayotda nodon va johillar ko`payib ketganligidan afsuslanadi.

Ahmad Yugnakiy bilimning foydasi va nodonlikning ziyoni haqida – Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asarining birinchi bobi –“Ilm mafaati va jaholatning zarari haqida” deb atab, unda Payg`ambarning “Ilm Chin elida bo`lsa ham, o`rganing!” degan hadislari keltirilgan. Bilim egasi vafot etganda ham uning nomi boqiy qoladi, ammo bilimsiz kishi tirigida ham o`likdan farqi yo`qdir. Tangri hech qachon johillarni aziz qilgan emas.Ilm qadriga faqat ma`rifatli odam yetadi. Nodonga esa nasihat befoyda.

Kaykovusning bilimning foydasi va nodonlikning ziyoni haqida – Kaykovusning bilim va aqlining ahamiyatini ulug´lar ekan uni mol dunyodan ham yuqori qo`yadi.”Agar molsizlikdan qashshoq bo`lsang, aqldan boy bo`lmoqqa say ko`rguzgiki mol bilan boy bo`lgandan aql bilan boy bo`lgan yaxshidir.Nedinkim aql bilan mol jam etsa bo`lar, ammo mol bilan aql o`rganib bo`lmas. Bilg`il, aql bir moldirki uni o`g`iri ololmas, suvda yonmas” deya xulosa chiqaradi.







2. Quyida keltirilgan jadvalga Yusuf Xos Hojib va Mahmud Qoshgariy, Kaykovuslarning SOZLASHUV ODOBIga doir fikrlarini tahlil eting.

Yusuf Hos Hojib so’zlashuv odobi haqida – “ Qutadug`u biligning til odobi” nomlangan 7-bobida muallif tilning jamiyat va madaniy hayotidagi o`rni, til ilmi, nutq odobi va notiqlik san`ati masalalari haqida fikr yuritadi. Til bilimli va zakovatli bo`lishning asosiy vositsidir. Odam tilning sharofati bilan o`z bilimi, aql idrokiga sayqal beradi, fikrini oydinlashtiradi. Kishining qadr-qimmatini oshiradigan ham, tushuradigan ham tildir.
Talay so`zlama – so`z biros so`zla oz ,

Talay so`z chigalin, shu oz so`zda yoz.

So`zni ko`pni so`zlama, biroz ozroq so`zla,

Tuman so`z tugunin shu bir so`zda yoz.


Mahmud Qoshg’ariy so’zlashuv odobi haqida – M.Qoshg`ariyning „Devon“ nida nutq odobi uchun ahamiyatli bo`lgan til ma`lumotlari bilan birgalikda nutq, nutq madaniyati, nutqiy go`zalikka oid qimmatli ma`lumotlar mavjud. Birgina misol: Ko`p sukutga qush qo`nar, Ko`kluk kishiga so`z kelar, ya`ni, shox ko`p , shoxlari o`ralib ketgan daraxtga qush qo`nadi, yaxshi kishiga so`z (maqtov keladi) yana Ardam boshi til- Odob boshi til.

Kaykovus so’zlashuv va mehmon kutish odobi haqida- Kaykovusning „Qobusnoma“ asarining 7-bobi suxandonlik bilan baland martabalik bo`lmoq zikrida deb nomlangan. Kaykovus axloqiyliking birinchi belgisi suxandonlik deb biladi. Kaykovus muloqot davrida so`zlar haqida shunday fikr bildiradi: „ Har bir so`zni andisha bilan boshlag`il toki aytgan so`zingdan pushaymon bo`lmag`aysan : Andishani ilgari turmoq ham bir naf karomatidir. Har bir so`zni eshitishdan dil tang bolmag`il. Ul so`z ishingga xoh yarasin xoh yaramsin uni eshitgil. To yuzingga so`z eshigi berkitilmasin va foydasi Favt yo`qotish bo`lmasin“.

3. Quyida keltirilgan jadvalda Yusuf Xos Hojibning qizlar tarbiyasi to’g’risidagi fikrlari, Yusuf Xos Xojib qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash haqida va Kaykovus turmush va xulq odob qoidalariga doir fikrlarini tahlil eting.

Yusuf Xos Xojib qizlarni axloqiy tarbiyalash haqida- Yusuf Xos Xojib qzlar tarbiyasida shakllanadigan eng saralari: aqllilik, ya`ni aqlni mustaaqil olish;bilimlilik, ko`p bilimga ega bo`lish, faqat va faqat rost so`zlash, mehnatsevarlik, saxovatlilik, shirin so`zlik, vafodorlik va boshqa sifatlarni keltirib o`tadi.

Yusuf Xos Xojib qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash haqida- Yusuf Xos Xojib o`zining Qutadug`u billig asarida Olia masalasiga e`tibor berib qanday xotin olish xususida gap ketganda ham asosiy e`tibor uning tozaligi, ozodaligi va pokizaligiga qaratiladi. Xotin tanlashda ayol andishali, pokiza, xulqi chiroyli bo`lmog`I darkor.

Kaykovus turmush va xulq odoblari haqida- Kaykovusning “Qobusnoma” asari didaktik xarakterga ega bo`lib unda yoshlarni oilaga tayyorlash bilan bog`liq jixatlari yoritilgan. Asarda o`g`il bola uchun alohida qiz bola uchun alohida talablarni qo`yadi. Jumladan: “Bas, Farzandinnga harni o`rgata olsang o`rgatgil uning foydasi senga ham yetishur, ammo farzandinng balogatga yetgan bo`lsa ko`rgil, xotin olmog` va ro`zg`or ishlariga mashg`ul bo`lmoqqa salohiyati bo`lsa sen unga xotin olib bergin.

4. Kaykovusning javonmardlik tarbiyasiga doir qarashlarini yoritib bering.

Javonmardlik nima- iyorlik ya`ni jasurlik, mardlik, sabr-matonat, va`daga va`fo qilmoq va boshqa ezgu fazilatlar kiradi.

Javonmardlikning uch asosi-1.Aytgan so`zning ustidan chiqish, ya`ni rostlik.

2. Rostlikka xilof qilmaslik. 3. Xayr ishini ilgari tutish.



Javonmardlikning fazilatlari- Rostgo`ylik, yaxshiga yomon qlmaslik, odamlarga ziyon zaxmat yetkazmaslik, bechora kishilarga madad berib, yomonlarning yiroqligini yaxshilardan yiroq tutish.
Download 18.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling