Guruh talabasining dinshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu


Download 117 Kb.
bet2/6
Sana08.02.2023
Hajmi117 Kb.
#1176608
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish

Diniy hayitlarga kelganda, ularni davlatning shariat arboblari, imomlari, faqihlari va dindorlari keltirib chiqarganlar, deydi Beruniy. Bunday bayramlarni ijro etishdan maqsad yuqorida sanab o‘tilgan sabablarga o‘xshash, lekin bu asosan oxirat kuni uchun o‘tkazilgan.[4]


  • Diniy hayitlarga kelganda, ularni davlatning shariat arboblari, imomlari, faqihlari va dindorlari keltirib chiqarganlar, deydi Beruniy. Bunday bayramlarni ijro etishdan maqsad yuqorida sanab o‘tilgan sabablarga o‘xshash, lekin bu asosan oxirat kuni uchun o‘tkazilgan.[4]

  • Bayramlarning eng ulug‘i Navro‘z hisoblanib, u deyarli hamma xalqlarda nishonlangan. Olimning yozishicha ushbu bayramning nishonlanish sabablari turli xalqlarda turli xil afsonalar bilan bog‘langan. Qadimgi Eron afsonalariga ko‘ra quyosh bilan farishtalar shu kuni yaratilgani va ushbu kun hayotning birinchi kuni hisoblangani uchun podshohlar ham bu kunni ulug‘laganlar. Eron afsungarlari esa “Navro'z kuni tong otganda birov gap gapirishdan oldin uch qoshiq asal yalab, uch bo‘lak mum tutatsa, bu ko‘p kasalliklarga shifo bo‘ladi” deb hisoblashgan.[5]

  • Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari qadimgi tarix kalendar sistemasini o‘rganishda ham muhim va birinchi darajali manba hisoblanadi. Ammo bu asar olim uchun yot bo‘lgan sof arab tilida yozilganligi, hamda arab imlosi bo‘yicha qisqa unli tovushlari ko‘pgina hollarda belgilanmaganligi uchun ham mavjud tekstlarda bu oylarning nomlari juda buzib berilgan. Asaring 1968 yilgi o‘zbek tilida chop etilgan nusxasida yozilishicha, mavjud materiallar bo‘yicha ularni to‘g‘ri talaffuzini aniqlash imkoni bo‘lmagan. Shuning uchun ham kitobda oy, kun nomlari shartli ravishda yozib ko‘rsatilgan. Shubhali o‘rinlarda esa unli tovushlar o‘rniga chiziqcha yoki umuman undosh harflarni yozish bilangina kifoyalanilgan.[6]

  • Asarda qadim xalqlarning taqvim sistemalari, ulardagi ba’zi muammolar va ularning hal qilinish yo‘llari to‘g‘risida ham bir qancha ma’lumotlar berib o‘tilgan. Olim asarni yozar ekan, barcha xalqlar sistemasida bir yil 12 oydan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Jumladan, u yozadi: “Xudo osmon va yerni yaratgan kundan beri oylar soni 12 ta Xudoning kitobida shu”.[7]

  • Eron taqvimi ham xuddi shu tartibda: bir yil 12 oydan, kunlar majmui 365 kundan iborat bo‘lgan. Asarda keltirilishicha har 120 yilda yil oylari 13 ta bo‘lib, bu yil “kabisa yili” deb, ortiqcha oy kunlarini esa qolgan navbatdagi oylar (kunlari) nomi bilan ataganlar.


Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling