Guruh talabasining dinshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu
Download 117 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buddizmning bu yozma manbasi hozirgi davrda Shri-Lankada saqlanib qolgan.
Bu tasvir ba`zan eski tasvirlarda ham bo`lgan.Mazkur ramz ikki teng tomonli uchburchak bir-birining ustiga qo`yilgan bo`lib,olti qirrali yuylduz (hexagramz), shaklida belgilanadi.
XIX-asrdan boshlab Dovud payg`ambarning yulduzi yahudiylarning ramzi hisoblangan Dovud payg`ambarning yulduzi Isroil davlati bayrog`ida tasvirlangan va uning asosiy ramzlaridan biri hisoblanadi. Olti nuqtali yulduzlar boshqa davlatlar va joylarning ramzlarida ham uchraydi. Boshqa ma`lumotlarga qaraganda esa “Shoh Sulaymon Muhr” deb nomlanadi. Buddizm ta’limoti bir qator devon shakliga keltirilgan to‘plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka yoki Tipitaka)- uch savat ma’nosini anglatadi. U uch qismdan iborat bo‘lganligi uchun shunday nom bilan atalgan. Buddizmning bu yozma manbasi hozirgi davrda Shri-Lankada saqlanib qolgan. U eramizning boshlarida shakllangan. Ular - budda targ‘ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari sutta-pitaka), rahboniylik axloqi va xonaqohlar nizomlariga bag‘ishlangan vinaya matnlari vinaya-pitaka), buddizmning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag‘ishlangan abxidxarma matnlari abxidxarma-pitaka)dan iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, xitoy, tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddaviylikka oid adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning tarixiy qiymati kamroq. Ilk Buddizmning dxarmalar tabiati haqidagi mavhum metafizik asoslari buddizmda ikki oqim “Xinayana” kichik g‘ildirak) va “Maxayana” katta g‘ildirak) yuzaga kelishiga olib keldi. Xinayana ta’kidlashicha dxarmalar tabiatini o‘rganish va nirvanaga erishish ma’naviy yo‘l bilan bo‘ladi. Bu yo‘l juda og‘ir va faqat monaxlargina nirvana holatiga yetishi mumkin. Maxayana esa Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish uchun turli jonzot formasiga kirishi mumkin va hayot zanjiridagi barcha uni o‘rganishi, anglashi mumkin deydi. Bu narsa cheksiz Budda ramlarini, xudolarni kelib chiqishga sabab bo‘ldi. Bu xudolarga ishonish yo‘llari barchaga mumkin. Islom dinining Markaziy Osiyo mintaqasida, umuman, jahon miqyo- sida taraqqiy qilishiga vatandoshlarimiz beqiyos hissa qo‘shganlar. Garchi islom dini Arabiston yarimorolida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, madaniy jihatdan arab badaviy qabilalaridan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi darajasi bo‘yicha ancha ustun bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlari islom dinining nazariy jihatdan rivojlanishi va hayot ehtiyojlari asosida takomillashuviga salmoqli ta’sir ko‘rsatganlar. Buni tasdiqlash uchun Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va Bahovuddin Naqshband kabi muta- fakkirlarni eslash kifoyadir. Ularning nomlari butun islom dunyosida chuqur hurmat bilan tilga olinadi. Mustaqillikka erishilgach, O‘zbekiston hukumati o‘z ichki siyosatida mustamlakachilik davrida unutilgan, biroq xalqimiz tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk zotlarning nomlarini tiklash va xalq xotirasida abadiylashtirishga qaratilgan benihoya xayrli siyosat olib bormoqda.Yuqorida tilga olingan allomalar islom dinining taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shganlar. Chunonchi, bizning Vatanimizda butun islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to‘plamining (as-sahih as-sitta) mualliflari yashab ijod qilganlar. Ular: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810–870), Imom Muslim ibn al-Hajjogi (819–874), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824–892), Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy (817–880), Imom Ahmad an- Nasoiy (830–915), Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazib ibn Mojja (824–886) kabi siymolardir. Bu olti alloma ichida hadis ilmida amir al- mo‘miniyn degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan Imom al-Buxoriy alohida e’tiborga molik buyuk islomshunos olimdir. Islom dinining Markaziy Osiyo mintaqasida, umuman, jahon miqyo- sida taraqqiy qilishiga vatandoshlarimiz beqiyos hissa qo‘shganlar. Garchi islom dini Arabiston yarimorolida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, madaniy jihatdan arab badaviy qabilalaridan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi darajasi bo‘yicha ancha ustun bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlari islom dinining nazariy jihatdan rivojlanishi va hayot ehtiyojlari asosida takomillashuviga salmoqli ta’sir ko‘rsatganlar. Buni tasdiqlash uchun Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro va Bahovuddin Naqshband kabi muta- fakkirlarni eslash kifoyadir. Ularning nomlari butun islom dunyosida chuqur hurmat bilan tilga olinadi. Mustaqillikka erishilgach, O‘zbekiston hukumati o‘z ichki siyosatida mustamlakachilik davrida unutilgan, biroq xalqimiz tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk zotlarning nomlarini tiklash va xalq xotirasida abadiylashtirishga qaratilgan benihoya xayrli siyosat olib bormoqda.Yuqorida tilga olingan allomalar islom dinining taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shganlar. Chunonchi, bizning Vatanimizda butun islom dunyosida eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to‘plamining (as-sahih as-sitta) mualliflari yashab ijod qilganlar. Ular: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810–870), Imom Muslim ibn al-Hajjogi (819–874), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824–892), Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy (817–880), Imom Ahmad an- Nasoiy (830–915), Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazib ibn Mojja (824–886) kabi siymolardir. Bu olti alloma ichida hadis ilmida amir al- mo‘miniyn degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan Imom al-Buxoriy alohida e’tiborga molik buyuk islomshunos olimdir. Imom al-Buxoriyning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug‘iyra ibn Ardazbh al-Juafiy al-Buxoriydir. U 810 yil 20 iyulda Buxoro shahrida tug‘ilib, Samarqand shahri yaqinidagi Xartang qishlog‘ida 870 yil 1 sentabrda (60 yoshida) vafot etgan. Imom al-Buxoriydan islom olamida juda qadrlanadigan «Al-jome’ as- sahih», «At-tarix» nomli asarlar meros bo‘lib qolgan. Imom al-Buxoriy butun umrini hadislar to‘plashga va ishonchlilarini ajratishga sarflagan. Ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadisni to‘plagan olim va uning shohasarlari «Al-jome’ as-sahih», «Al-adab al-mufrad» kabilar hisoblanadi. Imom al-Buxoriyning xalqimiz madaniy hayoti tarixidagi xizmatlari shundan iboratki, ufaqat hadislar to‘plash bilan cheklanib qolmagan, balki o‘z davrida odamlar orasida mehr-muhabbat, Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling