Guruh: tt 11-23 Fan nomi: Dasturlash 1
Mavzu-2: 2. Ichma - ich joylashgan siklik jarayonlarini tashkil etish
Download 185.21 Kb.
|
dasturlash 2 jasur mus
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichma-ich joylashgan siklik algoritmga doir blok-sxema.
Mavzu-2: 2. Ichma - ich joylashgan siklik jarayonlarini tashkil etish.
Sikl ichida yana siklning ishlatilishiga ichma-ich joylashgan sikl deyiladi. Sintaksisi: for i in range(start1, stop1, step1): for j in range(start2, stop2, step2): sikl tanasi i – 1-sikl takrorlanishlari soni; j – 2-sikl takrorlanishlari soni; start1– i ning boshlang‘ich qiymati (ko‘rsatilmasa, 0 deb qabul qiladi); stop1 – i ning oxirgi qiymati (ko‘rsatilishi shart); step1 – i ning qadami (ko‘rsatilmasa, 1 deb qabul qiladi); start2– j ning boshlang‘ich qiymati (ko‘rsatilmasa, 0 deb qabul qiladi); stop2 – j ning oxirgi qiymati (ko‘rsatilishi shart); step2 – j ning qadami (ko‘rsatilmasa, 1 deb qabul qiladi). Tashqi siklning har bir iteratsiyasi uchun j ta iteratsiya bajariladi. Tashqi siklning i ta iteratsiyasi uchun ichki siklning i*j ta iteratsiyasi bajariladi. Hisoblash jarayonlarida bir-biri ichiga joylashgan sikllardan foydalaniladi. Agar sikl tanasi ham yana sikldan iborat bo`lsa, u holda bunday sikllar ichma-ich joylashgan yoki murakkab sikllar deb ataladi. Ichida boshqa sikl joylashgan sikl tashqi sikl deyiladi. Boshqa sikl ichida joylashgan sikl esa ichki sikl deyiladi. Murakkab siklda avval hamma sikl parametrlari o`zlarining boshlang`ich qiymatiga ega bo`ladi. So`ngra eng ichki sikl to`liq bajariladi. Shundan keyin bunga nisbatan tashqi sikl o`z qiymatini bittaga o`zgartiradi, so`ngra ichki sikl esa yana to`liq bajariladi va hokazo. Bu jarayon hamma darajadagi sikllar talab etilgan barcha qiymatlarini qabul qilib bo`lguncha davom etadi. Ichma-ich joylashgan sikllar tanasining takrorlanishlaring umumiy soni, barcha sikl parametrlarining qabul qiladigan oxirgi qiymatlarining ko`paytmasiga teng. Ichma-ich joylashgan siklik algoritmga doir blok-sxema. Ba’zan, takrorlanuvchi algoritmlar bir nechta parametrlarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda bunday algoritmlarni ichma-ich joylashgan algortmlar deb ataladi. Misol sifati berilgan nxm o‘lchovli aij –matritsa elementlarining yig‘indisini hisoblash masalasini qaraylik. Bu yig‘indi hisoblash uchun, i ning har bir qiymatida j bo‘yicha ko‘paytmani hisoblab, avval yig‘indi ustiga ketma-ket qo‘shib borish kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi blok–sxemada aks ettirilgan. Bu yerda i-tashqi sikl - yig‘indi uchun, j-esa ichki sikl-ko‘paytmani hosil qilish uchun foydalanilgan. ` Ichma–ich joylashgan takrorlanuvchi jarayonlar algoritmini takrorlash jarayonlarining algoritmidan osongina hosil qilish mumkin. Buni quyidagi misol orqali ko`rib chiqamiz. Bizdan (6.8) misolning algoritmini tuzish talab qilingan bo`lsin. Biz yuqorida tanishgan ko`paytmani va yig`indini hisoblash algoritmlaridan foydalanib bu misolning algoritmini hosil qilamiz. Buning uchun (6.9) dеb bеlgilab olsak, u holda dеb yozish mumkin. Bu biz bilgan yig`indini hisoblashga kеladi. 6.1-rasmda kеltirilgan blok-sxеmaga asosan larni R bilan almashtirib, yig`indi uchun algoritm hosil qilamiz. Faqatgina kiritish blokida R lar kiritilmaydi. 6.4-rasmda kеltirilgan blok-sxеmada R ni hisoblash blokini ko`paytmani hisoblash algoritmi blok-sxеmasidan foydalanib hosil qilamiz. (6.8) formula bilan bеrilgan misolni algoritmi blok-sxеmasini tuzish uchun ”R ni hisoblash” bloki o`rniga Download 185.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling