Guruh: tt 11-23 Fan nomi: Dasturlash 1


Mavzu-2: 2. Ichma - ich joylashgan siklik jarayonlarini tashkil etish


Download 185.21 Kb.
bet8/11
Sana22.11.2023
Hajmi185.21 Kb.
#1794290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
dasturlash 2 jasur mus

Mavzu-2: 2. Ichma - ich joylashgan siklik jarayonlarini tashkil etish.


Sikl ichida yana siklning ishlatilishiga ichma-ich joylashgan sikl deyiladi.
Sintaksisi:
for i in range(start1, stop1, step1):
for j in range(start2, stop2, step2):
sikl tanasi
i – 1-sikl takrorlanishlari soni;
j – 2-sikl takrorlanishlari soni;
start1– i ning boshlang‘ich qiymati (ko‘rsatilmasa, 0 deb qabul qiladi);
stop1 – i ning oxirgi qiymati (ko‘rsatilishi shart);
step1 – i ning qadami (ko‘rsatilmasa, 1 deb qabul qiladi);
start2– j ning boshlang‘ich qiymati (ko‘rsatilmasa, 0 deb qabul qiladi);
stop2 – j ning oxirgi qiymati (ko‘rsatilishi shart);
step2 – j ning qadami (ko‘rsatilmasa, 1 deb qabul qiladi).
Tashqi siklning har bir iteratsiyasi uchun j ta iteratsiya bajariladi. Tashqi siklning i ta iteratsiyasi uchun ichki siklning i*j ta iteratsiyasi bajariladi.
Hisoblash jarayonlarida bir-biri ichiga joylashgan sikllardan foydalaniladi. Agar sikl tanasi ham yana sikldan iborat bo`lsa, u holda bunday sikllar ichma-ich joylashgan yoki murakkab sikllar deb ataladi. Ichida boshqa sikl joylashgan sikl tashqi sikl deyiladi. Boshqa sikl ichida joylashgan sikl esa ichki sikl deyiladi. Murakkab siklda avval hamma sikl parametrlari o`zlarining boshlang`ich qiymatiga ega bo`ladi. So`ngra eng ichki sikl to`liq bajariladi. Shundan keyin bunga nisbatan tashqi sikl o`z qiymatini bittaga o`zgartiradi, so`ngra ichki sikl esa yana to`liq bajariladi va hokazo. Bu jarayon hamma darajadagi sikllar talab etilgan barcha qiymatlarini qabul qilib bo`lguncha davom etadi. Ichma-ich joylashgan sikllar tanasining takrorlanishlaring umumiy soni, barcha sikl parametrlarining qabul qiladigan oxirgi qiymatlarining ko`paytmasiga teng.
Ichma-ich joylashgan siklik algoritmga doir blok-sxema.
Ba’zan, takrorlanuvchi algoritmlar bir nechta parametrlarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda bunday algoritmlarni ichma-ich joylashgan algortmlar deb ataladi. Misol sifati berilgan nxm o‘lchovli aij –matritsa elementlarining yig‘indisini hisoblash masalasini qaraylik.
Bu yig‘indi hisoblash uchun, i ning har bir qiymatida j bo‘yicha ko‘paytmani hisoblab, avval yig‘indi ustiga ketma-ket qo‘shib borish kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi blok–sxemada aks ettirilgan. Bu yerda i-tashqi sikl - yig‘indi uchun, j-esa ichki sikl-ko‘paytmani hosil qilish uchun foydalanilgan.
`
Ichma–ich joylashgan takrorlanuvchi jarayonlar algoritmini takrorlash jarayonlarining algoritmidan osongina hosil qilish mumkin. Buni quyidagi misol orqali ko`rib chiqamiz. Bizdan (6.8) misolning algoritmini tuzish talab qilingan bo`lsin. Biz yuqorida tanishgan ko`paytmani va yig`indini hisoblash algoritmlaridan foydalanib bu misolning algoritmini hosil qilamiz. Buning uchun (6.9)
dеb bеlgilab olsak, u holda dеb yozish mumkin. Bu biz bilgan yig`indini hisoblashga kеladi. 6.1-rasmda kеltirilgan blok-sxеmaga asosan larni R bilan almashtirib, yig`indi uchun algoritm hosil qilamiz. Faqatgina kiritish blokida R lar kiritilmaydi.
6.4-rasmda kеltirilgan blok-sxеmada R ni hisoblash blokini ko`paytmani hisoblash algoritmi blok-sxеmasidan foydalanib hosil qilamiz. (6.8) formula bilan bеrilgan misolni algoritmi blok-sxеmasini tuzish uchun ”R ni hisoblash” bloki o`rniga

Download 185.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling