Guruhi talabasi Bekturdiyeva Orastaning Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan Kurs ishi


Rasmli diktant va harf kassalaridan foydalaning


Download 161.59 Kb.
bet13/22
Sana25.06.2023
Hajmi161.59 Kb.
#1654367
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
Bekturdiyeva Orasta 19-10 TIM kurs ishi

Rasmli diktant va harf kassalaridan foydalaning.
Tajribalardan kelib chiqib shuni aytish joizki, 1-sinfdan boshlab har bir o’quvchiga harf kassasi tashkil qilish va to’g’ri yozuv mashqlarini o’tkazish lozim. Buning uchun dars oralig’ida yangi mavzuda uchragan murakkab so’z yoki gapni aytish, o’quvchilar yonida turgan harf kassasida uni yozish zarur. O’qish fanida ham yozilishi murakkab yoki o’quvchilar uchun yangi va notanish so’zlar uchrasa, ozgina vaqt ajratib, uning ma’nosini tushuntirish va shu so’zni harf kassasida yozdirish kerak. Natijaga erishish uchun harf kassasi bilan ora-orada emas, muntazam ishlash lozim. To’garak mashg’ulotlarda esa bunday mashqlar bilan birga tez aytish musobaqalarini ham muntazam o’tkazish kerak. Harflarni tushirib qolirishda rasmli-diktant yaxshi natija berishini tajribaralarda kuzatilgan. Buning uchun yozilishi qiyin so’zlarning rasmi to’plab boriladi. Darsning kirish qismi yoki o’tilganlarni mustahkamlash qismida 5 daqiqa vaqt ajratib, rasmlar doskaga terib chiqiladi. O’quvchilar daftarlariga ularning nomini yozib chiqishadi. (Masalan, kompyuter, kilogramm, millimetr, grossmeyster, lineyka, Afrosiyob, muzlatgich, krossvord kabi). Keyin o’qituvchi so’zlarni hijjalab aytib turadi, bolalar yozganlarini tekshirishadi. Aynan o’quvchilar ko’p xatoga yo’l qo’ygan rasmlar keyingi rasmli-diktantda ham ishtirok etib, to o’quvchilar uni xatosiz yozishni o’rgangunicha davom ettiriladi. O’zlashtilib bo’lingach esa o’qituvchi to’plagan yangi rasmlar asosida diktant o’tkazadi. Shunda o’quvchilarning ham og’zaki, ham yozma nutqi rivojlanadi va imloviy xatolari kamayadi. Bundan tashqari tez-tez diktant olib turish so’zlarni o’qiganda e’tiborli bo’lishga, ko’proq kitob o’qishga undash lozim.
Iztopar
Doskaga so’zlarning ba’zi bir harfi tushirib qoldirilib, terib qo’yiladi. “Iztopar” o’quvchi shu harfni harf kassasidan topib, bo’sh o’ringa qo’yadi va hosil bo’lgan so’zni o’qiydi. To’g’ri topgan o’quvchi rag’batlantiriladi. Boshqa o’quvchilarda yana variantlar bo’lsa, ko’rib chiqiladi. Bu o’yin ayniqsa savod darslari samaradorligini oshirish bilan birgalikda, bu o’yin o’quvchilarda mustaqillik va ijodkorlikni ha rivojlantirish va imloviy malakasini oshirishga ham yordam beradi.
1-variant: O A - n- ona, t - ota, p - opa.
2-variant: N - i - in. u - un, o‘ - o‘n.
3-variant: T - i - it. o - ot. o‘ - o‘t.


Download 161.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling