Guruhi talabasi Bekturdiyeva Orastaning Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan Kurs ishi
Download 161.59 Kb.
|
Bekturdiyeva Orasta 19-10 TIM kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Husnixat daqiqasi
- III. Mustahkamlash. Darslik bilan ishlash. 90-mashq.
- 1-topshiriq.
- 2-topshiriq
- So‘z tuz” ta’limiy o‘yin.
Darsning jihozi: tovushlar uchun katakchalar, kesma harflar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘tilgan mavzuda berilgan uyga vazifasini tekshirish. 88-mashq qanday bajarilganini aniqlash. Saylanma diktant. ‒ Ona tiliga oid so‘zlarni yozib oling. Kino, gap, kesim, kulmoq, o‘yin, ayiruv, matn, ega, burchak, lug‘at, qo‘shimcha, alifbo. III. Mustahkamlash. Darslik bilan ishlash. 90-mashq. ‒ She’rni ifodali o‘qing. Shoir she’rni nima haqida yozgan? ‒ Ajratilgan so‘zlarda nechta tovush bor? ‒ Ular nechta harf bilan yozilgan? ‒ She’rning misralari qanday harf bilan boshlangan? ‒ Gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yilgan? ‒ She’r necha misradan iborat? ‒ She’r misralaridagi qofiyadosh so‘zlarni toping. ‒ O‘zbek tilida nechta tovush bor? ‒ Tovushlarni yozuvda nima bilan ifodalaysiz? ‒ Tildagi tovushlar nechta harf bilan ifodalanadi? Bizning nutqimiz so‘zlardan iborat. So‘zlar tovushlardan iborat. Tovushlarni biz talaffuz qilamiz va eshitamiz. Tovushlar yozuvda harflar bilan belgilanadi. Harflarni biz ko‘ramiz va yozamiz. Tovushlar orqali so‘zlar bir-biridan farqlanadi: tut, tol, til.
91-mashq. O‘quvchilar mashq sharti bilan tanishgach, so‘zlarni daftarlariga yozib oladilar. So‘z ma’nolarini farqlayotgan tovushlarning tagiga chizadilar. So‘z ma’nolarini o‘qituvchi yordamida izohlaydilar. 1.Mard — mart, yod — yot, sop — sof. 2.Shoh — shox, xush — hush, uxladi — uhladi. 3.Asr — asir, asl — asil. ‒ So‘zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang. ‒ Qaysi tovushlarning aytilishi yozilishiga mos kelmaydi? Nima uchun? O‘ylab ko‘ring. 92-mashq. O‘qing. So‘zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang. Ko‘chiring. So‘zlarning yozilishini yodingizda tuting. So‘zlarning aytilishi va yozilishida farq bormi? Manfaat so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toping. Bu so‘zlarni qanday talaffuz qilish kerak? O‘qituvchi mashqdagi so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzini tushuntiradi. So‘z boshidagi a unli tovushi o deb talaffuz etilsa-da, a tarzida yoziladi. So‘z oxirida btovushini p tarzida, d tovushini t tarzida, 2-bo‘g‘indagi u tovushini i tovushiga moyil aytish to‘g‘i talaffuz.
“So‘z tuz” ta’limiy o‘yin. Unlini o‘zgartirib yangi so‘z tuza olasizmi? Ko‘z, bol, to‘n, tosh, kit so‘zlari beriladi. Demak, tovushlar so‘zning ma’nosini o‘zgartirib yuborar ekan. Shuning uchun so‘zlarni to‘g‘ri yozish lozim. Unli bo‘lmasa shu so‘zlarni tuzib bo‘larmidi? — savoliga javob beradilar. Download 161.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling