Guruhi talabasi Bekturdiyeva Orastaning Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan Kurs ishi
Download 161.59 Kb.
|
Bekturdiyeva Orasta 19-10 TIM kurs ishi
Didaktik o`yin – ta’lim beruvchi usul bo`lib, bu usul muayyan ta’limiy maqsadlarga erishishga yani o`tilgan o`quv materiallarini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo`ladi. Har bir didaktik o`yinni o`tkazishda muayyan bir vazifa maqsad qilib olinadi. Masalan : doiraviy misollar o`yinida ikkinchi o`nlik ichida hisoblash malakalarini mustahkamlashdan iborat bo`lgan didaktik topshiriq qo`yiladi. Didaktik topshiriq darsga qo`yiladigan umumiy maqsadining bir qismini tashkil qiladi. Har bir didaktik o`yinning ham, har qanday o`yindagi singari qoidalari bo`ladi. O`sha qoidalarga amal qilinmasa o`yinning o`yin sifatidagi ahamiyatli binobarin o`yinning ta’lim tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo`qoladi. O`yin qoidalari o`yin topshirig`iga kiritiladi. O`yin topshirig`i – o`qituvchining bolalarga o`yinning qanday o`ynalishini, kim g`olibligini aniqlashdan iborat. Har bir didaktik o`yin o`z navbatida quyidagi komponentlardan tuziladi: o`yin maqsadi, qoidalari, jihozi, mazmuni natijasi.
1. O`yin qoidalari. O`yinni olib borish va unga qatnashish tarkibini aniqlab beradi. Qoidalar o`yin maqsadidagi mos holda o`quvchilar faoliyatini tartibga solish uchun kerak bo`ladi. 2. O`yin mazmuni o`quvchilarning bajarishi kerak bo`lgan harakatlari bilan aniqlanadi, kimyo darsida bu harakatlar ko`proq misol va tajriba masalalar yechishdan iborat bo`ladi. O`yin jihozi o`yinni o`tkazish uchun kerak bo`lgan predmet – modellar real va shartli predmetlar, kartochka va ko`rgazmalardan iborat. 3. O`yin natijasi. Qo`yilgan vazifaning bajarilishi bilan aniqlanadi. Natija o`quvchilarni qoniqtirishi kerak “U kim? Bu nima?”.Stol ustida bir qancha predmetlar terib qo’yiladi. O’quvchi shu predmetlardan birortasiga ta’rif beradi. O’quvchilar ta’rif asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar. Bu o’yinning afzallik tomoni shundaki, uni dars davomida o’quvchilar diqqatini jamlah, qo’llariga dam berish maqadida yoki yangi mavzuni bayon qilish jarayonida foydalanish mumkin. Bu o’yin o’quvchilarda ziyraklik, inchkovlik va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirih imkoniyatini beradi. Download 161.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling