G‘urur va faxr timsoli


Download 15.88 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi15.88 Kb.
#1766229
Bog'liq
G\'urur va faxr timsoli


G‘urur va faxr timsoli
Vatan ramzlari doimo ulug‘ va muqaddas sanalgan. Bayroq hamisha insonlarni yakdillikka, ulug‘ maqsad yo‘lida birlashishga chorlagan. Davlat ramzlari or-nomus, shon-sharaf belgisi sifatida e’zozlangan. Zero, bayroq har bir xalq, millatning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagi, asriy an’ana va urf-odatlarini o‘zida aks ettirgan.
Prezidentimiz quyidagi so‘zlari javob bo‘ladi: “Davlat bayrog‘i – xalqning shon – sharafi, g‘ururi. Bayroqni qadrlash, e’zozlash o‘z mamlakatiga va shaxsan o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash demakdir”.
Bayroq nima? Yurtimiz osmonida fusunkor bezak. Istiqlolim belgisi, iftixorim, millatimning yashayotgan udumlari, yo‘lchi yulduz, kuch va adolat timsolidir. Bayroq tashkilot yoki biror davlatga tegishli bo‘lishi mumkin. Bular orasida millat uchun eng muhimi, uning mustaqilligini va xalqaro darajadagi hurmatga egaligini bildiruvchi bayroq – davlat bayrog‘i.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i Respublikamiz Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan. Va shu kuni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi. Ushbu qonun 13 moddadan iborat bo‘lib, uning 3-moddasida shunday deyiladi: “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi”.
Ma’lumki, turkiy xalqlar makon tutgan hududlarga islom kirib kelishi bilan be yerda yashovchi xalqlarning bayroqlari ham ma’lum o’zgarishlarga yuz tutgan. Yangi chiqqan oy va yulduzlar islom dini ramzidir. Yashil rang ham Islomning ramzlaridan biri hisoblanadi.
Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat va g‘alaba timsoli bo‘lgan. Biz uchun mustaqillikning muqaddas ramzi – davlatimiz bayrog‘i doimo azizdir. Shu bois, bayrog‘imizga nazar solar ekanmiz, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpiraganda yoki madhiyamiz yangraganda biz ruhiy quvvatni, qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga bo‘lgan ishonch tuyg‘usini his etamiz. Buyuk o‘tmish, shonli tarixga ega xalqimizning davlat barpo etish g‘oyasi, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, eng avvalo, o‘zining davlat ramzlarida aks etgan. O‘z ramzlariga ega bo‘lgan davlat o‘z taqdirini o‘zi belgilaydi.
Mustaqilligimiz timsoli bayrog‘imiz o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgan. Ayniqsa, milliy bayrog‘imizning davlat idoralari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, xorijdagi elchixona va vakolatxonalarimiz binosida hilpirab turishi, turli bayram va tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini o‘zida namoyon etishi barchamizga iftixor baxsh etib, qalblarimizni yayratadi. 
Agar tarixga nazar tashlasak, bayroq – insoniyat tarixini o‘zida aks ettiradigan beqiyos timsoldir. Chunonchi, dastlabki bayroqlar olis o‘tmish qa’rida, eramizdan avvalgi III-II ming yillikda paydo bo‘lib, ular qabilalarni bir-biridan farqlab ko‘rsatuvchi belgi sifatida qo‘llanilgan. Keyinchalik ular hukmdorlar, lashkarboshilarning hukmronligini bildiradigan ramzga aylangan. Hozirgi vaqtda esa bayroqlar davlat mustaqilligining asosiy ramzi sanalib, unda mamlakatning milliy mintaliteti va tarixi aks etadi. Bayroq qadim-qadimdan har bir xalq, millat uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ko‘z qorachig‘idek asragan. Bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan.
Hozirgi tinch va osoyishta davrda davlatimiz bayrog‘i mustaqillik va milliylikni o‘zida aks ettirib vatanimiz hududlarida viqor bilan hilpirab turishi har birimizga quvonch va faxr baxshida etadi. Albatta, mana shunday shirin lahzalar har bir vatandoshimizda yurtga bo‘lgan cheksiz mehr va sadoqatning yorqin namunasini namoyon etadi. Zero, davlat ramzlari ona Vatan kabi aziz va muqaddas bo‘lib unda xalq tarixi, buguni va kelajagi o‘z aksini topadi. Xulosa qilib aytganda, davlatimiz bayrog‘i xalqimiz or-nomusini uyg‘otuvchi beqiyos kuch sifatida ozodlik, vatanni sevishga da’vat etib, milliy g‘urur, fidoyilik va vatanparvarlikni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 15.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling