Gurux talabasi Teshaboyev Sherdorbek
Savol: Lombard krediti nima?
Download 26.81 Kb.
|
Pul va banklar mustaqil ta\'lim
Savol: Lombard krediti nima?
Javob: 1-§. Banklarga o‘zgarmas stavka bo‘yicha lombard kreditini berish 16. Banklarga lombard krediti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan shartnoma asosida beriladi. 17. Bank lombard kreditini olish uchun amaliyot kuni soat 10:30 gacha Markaziy bankka o‘zgarmas foiz stavka bo‘yicha lombard kreditini olish to‘g‘risidagi arizani mazkur Nizomning 2-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda taqdim etadi va bu arizalar mazkur Nizomning 3-ilovasida ko‘rsatilgan shakldagi qayd etish daftarida ro‘yxatga olinadi. 18. Arizani qabul qilish jarayonida Markaziy bank tomonidan quyidagilar tekshiriladi: arizaning to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi; Oldingi tahrirga qarang. arizada ko‘rsatilgan bankning operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvarag‘ining “Garovga olingan” bo‘limiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan davlat qimmatli qog‘ozlar tarkibi va soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi; (18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda) so‘ralgan lombard krediti, shu jumladan foizlarning bankning depozitariydagi operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvarag‘ining “Garovga olingan” tegishli bo‘limiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan davlat qimmatli qog‘ozlarining zarur summasi bilan ta’minlanganligi; bank tomonidan mazkur Nizomning 11 va 12-bandlarida ko‘rsatilgan talablarga rioya etilishi. 19. Markaziy bank amaliyot kuni davomida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi, tekshiradi va lombard kreditini berish yoki bermaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi. So‘ralgan lombard krediti summasining yetarli darajada ta’minlanganligini tekshirish uchun kreditni ta’minlashga berilgan davlat qimmatli qog‘ozlarining bozor narxi to‘g‘risidagi birja ma’lumotlaridan foydalaniladi. Agarda bankning garovga olingan davlat qimmatli qog‘ozlari bozor narxi (Markaziy bank belgilagan tuzatish koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan) lombard krediti bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni ta’minlash uchun yetarli yoki undan ko‘p bo‘lsa, lombard krediti yetarli darajada ta’minlangan hisoblanadi. Etarli darajada ta’minlanmaslik bankka so‘ralgan miqdordan kam hajmda lombard krediti berishga asos bo‘ladi. 20. Mazkur Nizomda qarz oluvchi bankka qo‘yilgan talablar bajarilmasa, Markaziy bank joriy amaliyot kuni davomida bankning arizasini rad etadi va unga lombard krediti berish to‘g‘risidagi arizani qondirmaslik to‘g‘risida mazkur Nizomning 4-ilovasida ko‘rsatilgan shaklda xabarnoma yuboradi. Mazkur Nizomda belgilangan talablar to‘liq bajarilganda Markaziy bank banklar bilan lombard krediti berish to‘g‘risida shartnoma tuzib, ularning arizalarini qondiradi. 21. Lombard krediti berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda Markaziy bank amaliyot kuni davomida ariza bergan bankka kredit berish borasidagi shartlar ko‘rsatilgan holda mazkur Nizomning 5-ilovasida berilgan shakldagi xabarnomani hamda lombard krediti to‘g‘risidagi shartnomani to‘ldirish va imzolash uchun taqdim etadi. Oldingi tahrirga qarang. 22. Qarz oluvchi bank xabarnomani olgandan so‘ng, bankning operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvarag‘ining “Garovga olingan” bo‘limiga davlat qimmatli qog‘ozlarini o‘tkazadi. (22-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda) 23. Qarz oluvchi bank tomonidan imzolangan lombard kreditini berish to‘g‘risidagi shartnomani Markaziy bank keyingi ish kuni soat 10:00 gacha qabul qilib oladi. Oldingi tahrirga qarang. Shartnomaga bankning operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvarag‘ining “Garovga olingan” bo‘limi raqami ko‘rsatilgan holda bankning DEPO hisobvarag‘idan ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi. Ushbu ilova so‘ralgan lombard summasini olish uchun zarur bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bankning DEPO hisobvarag‘i bo‘limiga o‘tkazilganligini tasdiqlaydi. (23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda) 24. Markaziy bank mazkur Nizomning 23-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni olgan kunda lombard kreditini berish to‘g‘risidagi shartnomani imzolaydi va qarz oluvchi bankning tegishli hisobvarag‘iga kredit summasini o‘tkazadi. 25. Shartnoma mazkur Nizomning 23-bandida ko‘rsatilgan muddatda taqdim etilmasa, Markaziy bank shartnoma tuzmaydi va bankka lombard kreditini bermaydi. 26. Lombard krediti berilgan kun kredit summasi bankning HKKMdagi tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazilgan kun hisoblanadi. Download 26.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling