Gurux talabasi Teshaboyev Sherdorbek
Kreditlarni kimoshdi savdolari asosida o‘tkazish
Download 26.81 Kb.
|
Pul va banklar mustaqil ta\'lim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malumotlar LEX-UZ internet sayti ma’lumotlariga tayanga holda tayyorlandi
Kreditlarni kimoshdi savdolari asosida o‘tkazish
54. Bank kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun Markaziy bankka, kimoshdi savdosi o‘tkazilishidan bir ish kuni oldin soat 13:00 gacha quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq ariza; bankning o‘z hisobvarag‘ida so‘ralayotgan kredit va undan foydalanilgan muddat uchun hisoblanadigan foizlarning umumiy miqdoriga yetarli garovga olinadigan chet el valyutasi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarning Markaziy bank tomonidan qabul qilib olinganligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 8-ilovasida ko‘rsatilgan shakldagi qayd etish daftarida ro‘yxatga olinadi. 55. Markaziy bank banklardan arizalarni qabul qilish jarayonida arizalarning to‘g‘ri tuzilganligi va banklar tomonidan mazkur Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan talablarga amal qilinganligini tekshiradi. 56. Kimoshdi savdolarida qatnashish uchun qabul qilingan arizalar, banklar tomonidan taklif etilgan foiz stavkalari darajasi bo‘yicha, eng yuqorisidan boshlab, kamayib borish tartibida saralanadi. 57. Banklardan tushgan arizalarda ko‘rsatilgan foiz stavkasi, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan foiz stavkasidan yuqori yoki unga teng miqdorda bo‘lgan hollarda qondiriladi. 58. Kimoshdi savdosi uchun belgilangan resurslar hajmi foydalanib (taqsimlanib) bo‘linganligi, qondirilgan arizalar ro‘yxatidagi so‘nggi arizaning summasini qisqartirilishiga asos bo‘ladi. Bunda, banklar arizalari qisman qondirilishi mumkin. 59. Markaziy bank belgilangan kunda kimoshdi savdosini o‘tkazadi va kimoshdi savdosida ishtirok etgan banklarga uning natijalarini ma’lum qiladi. Kredit oluvchi banklarga kredit berish shartlari ko‘rsatilgan holda mazkur Nizomning 9-ilovasida berilgan shakldagi xabarnomani hamda kredit berish to‘g‘risidagi shartnomani to‘ldirish va imzolash uchun taqdim etadi. 60. Kredit ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng, ariza bergan bank amaliyot kuni davomida garovga qo‘yiladigan chet el valyutasini Markaziy bankning tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. 61. So‘ralayotgan kredit qisman ta’minlangan taqdirda, Markaziy bank kredit summasini arizada ko‘rsatilganidan yetishmaydigan ta’minot summasi miqdorida kamaytirishi mumkin. 62. Banklar kimoshdi savdosi o‘tkazilgan kundan keyingi ish kuni soat 10:00 gacha Markaziy bankka rasmiylashtirilgan kredit shartnomasini taqdim etadi. 63. Markaziy bank banklar tomonidan taqdim etilgan kredit shartnomasini qabul qilgan kun uni tasdiqlaydi va shu vaqtning o‘zida HKKMga bank vakillik hisobvarag‘iga tegishli kredit summasini o‘tkazish to‘g‘risida topshiriq beradi. 64. Bank tomonidan mazkur Nizomning 62-bandida belgilangan talab bajarilmagan taqdirda, Markaziy bank tushgan arizani bekor qilish va kredit shartnomasini tuzishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega. Bunda, Markaziy bank amaliyot kuni davomida HKKMga garovga olingan chet el valyutasini bankka qaytarish to‘g‘risida farmoyish beradi. Malumotlar LEX-UZ internet sayti ma’lumotlariga tayanga holda tayyorlandi: Tayyorladi: Teshaboyev Sherdorbek. Download 26.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling