Gurux talabasi Teshaboyev Sherdorbek


-§. Lombard krediti kimoshdi savdolarini o‘tkazish


Download 26.81 Kb.
bet5/8
Sana06.10.2023
Hajmi26.81 Kb.
#1693775
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pul va banklar mustaqil ta\'lim

2-§. Lombard krediti kimoshdi savdolarini o‘tkazish
27. Lombard kreditlarini kimoshdi savdolari asosida berishda Markaziy bank har bir kimoshdi savdolariga qo‘yiladigan kreditning eng yuqori hajmiga limit belgilaydi.
Kimoshdi savdolariga qabul qilingan arizalar banklar tomonidan taklif etilgan foiz stavkalari darajasi bo‘yicha eng yuqorisidan boshlab pasayish tartibida joylashtiriladi.
Lombard krediti belgilangan hajmining tugashi qondirilgan arizalar ro‘yxatidagi oxirgi ariza summasini qisqartirish uchun asos bo‘ladi. Bunda banklarning arizalari qisman qondirilishi mumkin.
Arizalar banklar tomonidan unda taklif etilgan foiz stavkalari bo‘yicha qondiriladi va bu stavkalar Markaziy bank belgilagan chegirish stavkasiga teng yoki undan yuqori bo‘ladi.
28. Bank lombard krediti kimoshdi savdolarida qatnashish uchun lombard krediti o‘tkazilishi kunidan oldingi ish kunida soat 13:00 dan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagilarni taqdim etadi:
lombard krediti kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
bankning yetarli miqdordagi davlat qimmatli qog‘ozlari mavjudligini tasdiqlovchi DEPO hisobvarag‘i holati to‘g‘risidagi ko‘chirmasidan (ariza berilgan kundan oldingi sanaga) nusxa.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Yuqoridagi hujjatlarning qabul qilinganligi Markaziy bankning vakolatli xodimi tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq lombard kreditini olish to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish daftariga qayd etib qo‘yiladi.
29. Markaziy bank banklardan arizalarni olgan kunda ularning to‘g‘ri tuzilganligini hamda ushbu banklar mazkur Nizomning 11 va 12-bandlarida ko‘rsatilgan talablarga javob berishlarini tekshiradi.
30. Markaziy bank belgilangan kunda kredit kimoshdi savdolarini o‘tkazadi va unda ishtirok etgan banklarga savdolar natijalarini ma’lum qiladi. Kredit oluvchi banklarga kredit olish shartlari ko‘rsatilgan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq xabarnomani hamda lombard kreditini berishga doir shartnoma shaklini to‘ldirish va imzolash uchun taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Kimoshdi savdolari natijalariga ko‘ra lombard kreditini olish huquqiga ega bo‘lgan banklar operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvarag‘ining “Garovga olingan” bo‘limiga zarur miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish to‘g‘risida O‘zRVBga DEPO topshiriqnomasini ijro uchun beradi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Bank lombard kimoshdi savdolari o‘tkazilgan kunning ertasida soat 10:00 gacha Markaziy bankka bankning O‘zRVBga bergan DEPO topshiriqnomasi nusxasini hamda lombard kreditini berish to‘g‘risida o‘zi tomonidan imzolangan shartnomani taqdim etadi. Topshiriqnomada bankning operatori Markaziy bank hisoblangan DEPO hisobvarag‘ining “Garovga olingan” bo‘limiga qimmatli qog‘ozlar o‘tkazilganligi to‘g‘risida O‘zRVBning belgisi qo‘yilishi lozim.
Ushbu hujjatlar (O‘zRVBga berilgan DEPO topshiriqnomasining nusxasi va shartnoma) belgilangan muddatda taqdim etilmasa, Markaziy bank shartnomani tuzmaydi va bankka lombard kreditini bermaydi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
33. Bank mazkur Nizomning 32-bandida qayd etilgan hujjatlarni taqdim etgan kuni (Nizomning 18-bandiga muvofiq tekshiruv o‘tkazilganidan so‘ng) Markaziy bankning vakolatli shaxsi Markaziy bank nomidan lombard kreditini berish to‘g‘risidagi shartnomani imzolaydi va qarz oluvchi bankning tegishli hisobvarag‘iga kredit summasini o‘tkazish to‘g‘risida farmoyish beradi.

Download 26.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling