H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
- BOB. Moliya va moliyaviy tizimning mohiyati va vazifalari
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
5- BOB. Moliya va moliyaviy tizimning mohiyati va vazifalari
Bozor iqtisodiyoti asosini tovar — pul munosabatlari tashkil etadi. Moliya — bu kategoriya sifatida xalq xo‘jaligida pul mablag‘larini jamlash, ularni taqsimlash va sarflash borasidagi iqtisodiy munosabatlarni bildiradi. Ma'lumki, har qanday iqtisodiy faoliyatni moliyaviy mablag‘ va turli tuman resurslarsiz tassavur qilib bo‘lmaydi. Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar faqat egasiga yetgandan va ko‘rsatilgan xizmatlar bajarilgandan so‘nggina haq to‘lanishi iste'mol qilinishi mumkin. Sotilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymat, ya'ni pul shakliga aylanadi. Bu esa o‘z navbatida korxonaning moliyaviy mablag‘larini tashkil etadi. Iste'molchilardan korxonaga kelib tushgan moliyaviy mablag‘lar hisobidan ishlab chiqarishga zarur bo‘lgan xom-ashyo, moddiy-texnik resurslar va turli xo‘jalik anjomlari xarid qilinadi. Shu tariqa tovar-pul almashuvi vujudga keladi. Bunda korxonaning moliyaviy mablag‘i yildan-yilga olgan foydasi tufayli ko‘payib boradi. Zarar ko‘rgan korxonalarda esa buning aksi kuzatiladi. Natijada korxonalarning foyda va zarar ko‘rishining tahlili orqali ularning faoliyatlarini ijobiy yoki salbiy baholash mumkin. Bu esa o‘z navbatida korxonalar moliyaviy mablag‘lari ko‘p yoki kam bo‘lishining asosini tashkil etadi. Shubhasiz, ushbu mablag‘larni tashkil etishda va ularni sarflashda bevosita qatnashuvchilar moliyaviy munosabatlarning sub'ektlari hisoblanadi. Moliya ishtirokchilari — bu davlat, korxona, tashkilot va fuqarolardir. Ularning o‘rtasida bir-birlari bilan bo‘ladigan turli iqtisodiy va moliyaviy munosabatlar o‘z navbatida pul fondlarini yuzaga keltiradi. Bu fondlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga, aholini ijtimoiy himoyalashga, davlatni boshqarish va mudofaani mustahkamlashga hamda tegishli rezervlarni barpo etishga, boshqa tadbiriarni amalga oshirishga sarflanishi lozim. Moliyaviy munosabatlar xo‘jalik sub'ektlarining moddiy yoki nomoddiy sohada faoliyat ko‘rsatishiga qarab turlicha bo‘ladi. Albatta, ular eng avvalo, ishlab chiqarishning o‘zida, ya'ni korxonada, so‘ngra ishlab chiqarish bilan boshqa turli- tuman sohalar o‘rtasida va nihoyat oilada paydo bo‘ladi. Moliyaviy munosabatlarning ob'ekti bo‘lib pul mablag‘lari hisoblanadi, lekin ular, albatta, moddiy mahsulotning ma'lum qismini o‘zida ifoda etadi. Moliyaviy munosabatlarga xos bo‘lgan belgilar va xususiyatlar moliyaning funksiyasi — vazifasida ifodalanadi. Moliyaning 6 ta funksiyasi mavjud: Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling