H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/61
Sana04.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1164175
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
Bog'liq
Фин менедж Хусаинов

Valyuta siyosati — xalqaro valyuta-moliya tashkilotlarining va davlatning 
valyuta munosabatlari bo‘yicha amalga oshiradigan iqtisodiy, xuquqiy va tashkiliy 
shakl hamda uslublarining yig‘indisi hisoblanadi. 
Kredit siyosati — bu kredit kapitalning harakatini boshqarishga 
yo‘naltirilgan iqtisodiy uslublar va huquqiy normalarning yig‘indisi hisoblanadi. 
Pul muomalasini tartibga solishning asosiy iqtisodiy uslublari quyidagilardir: 
— birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari 
tomonidan berilgan kreditlar hajmini aniqlash; 
ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari 
tomonidan berilgan kreditlarning foiz stavkalarining hisobi; 
— uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va 
boshqalarida tijorat banklari joylashtiradigan majburiy rezervlarning me'yorini 
belgilash. 
Hisob (yoki diskontli) siyosati — kredit siyosati bilan uzviy bog‘liq. 
Kreditning hajmiga, pulning qadrsizlanishining o‘sishiga, to‘lov balansining 
holatiga va boshqalarga ta'sir ko‘rsatish maqsadida belgilangan hisob stavkasini 
oshirish yoki pasaytirish tadbirlari amalga oshiriladi. 
Hisob stavkasi — bu hisob foizi miqdorini hisoblashda foydalaniladigan 
stavkadir. Hisob foizi qimmatli qog‘ozlar, obligatsiyalar va veksellarni sotib olish 
uchun avans — bo‘nak sifatida undiriladigan pul to‘lovidir. 
38


6- BOB. Moliyaviy menejment va moliyaviy mexanizm 
,,Menejment“ tushunchasini uch tomonlama ko‘rish mumkin: iqtisodiy 
boshqaruv tizimi sifatida, boshqaruv organi sifatida va tadbirkorlik faoliyati shakli 
sifatida. Menejment (ingliz. management - boshqaruv) umumiy ko‘rinishda ishlab 
chiqarishni iqtisodiy boshqarish tizimi sifatida ta'riflanadi va u o‘z ichiga 
boshqaruvning tamoyillarini, uslublarini, shakllarini va usullarini qamrab oladi. 
Moliyaviy menejment — bu pul oqimini, moliyaviy resurslarning harakatini 
va moliyaviy munosabatlarni tashkil etishni spesifik boshqarish tizimidir. 
Moliyaviy menejment boshqaruv tizimi sifatida ikkiga bo‘linadi va uni 
sxematik ravishda quyidagicha taqdim etish mumkin. 
Kirish 
Axborot holati to‘g‘risida axborot 
Tashqi 
Boshqaruv sub'ekti 
Moliya direksiyasi va
uning bo‘linmalari 
Moliyaviy menejer 
Komanda 
axboroti 
Boshqaruv sub'ekti 
…………………………………………………………………………………
Moliyaviy munosabatlar 
Pul oqimi 
Kapitalning
aylanma
doirasi 
Moliyaviy
resurslar 
Chiqish

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling