H husanov, M. L. Tursunxodjayev, A. R. Bakiyev moliyaviy menejment
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Фин менедж Хусаинов
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisob (yoki diskontli) siyosati
- Hisob stavkasi
- 6- BOB. Moliyaviy menejment va moliyaviy mexanizm
Valyuta siyosati — xalqaro valyuta-moliya tashkilotlarining va davlatning
valyuta munosabatlari bo‘yicha amalga oshiradigan iqtisodiy, xuquqiy va tashkiliy shakl hamda uslublarining yig‘indisi hisoblanadi. Kredit siyosati — bu kredit kapitalning harakatini boshqarishga yo‘naltirilgan iqtisodiy uslublar va huquqiy normalarning yig‘indisi hisoblanadi. Pul muomalasini tartibga solishning asosiy iqtisodiy uslublari quyidagilardir: — birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmini aniqlash; — ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarning foiz stavkalarining hisobi; — uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqalarida tijorat banklari joylashtiradigan majburiy rezervlarning me'yorini belgilash. Hisob (yoki diskontli) siyosati — kredit siyosati bilan uzviy bog‘liq. Kreditning hajmiga, pulning qadrsizlanishining o‘sishiga, to‘lov balansining holatiga va boshqalarga ta'sir ko‘rsatish maqsadida belgilangan hisob stavkasini oshirish yoki pasaytirish tadbirlari amalga oshiriladi. Hisob stavkasi — bu hisob foizi miqdorini hisoblashda foydalaniladigan stavkadir. Hisob foizi qimmatli qog‘ozlar, obligatsiyalar va veksellarni sotib olish uchun avans — bo‘nak sifatida undiriladigan pul to‘lovidir. 38 6- BOB. Moliyaviy menejment va moliyaviy mexanizm ,,Menejment“ tushunchasini uch tomonlama ko‘rish mumkin: iqtisodiy boshqaruv tizimi sifatida, boshqaruv organi sifatida va tadbirkorlik faoliyati shakli sifatida. Menejment (ingliz. management - boshqaruv) umumiy ko‘rinishda ishlab chiqarishni iqtisodiy boshqarish tizimi sifatida ta'riflanadi va u o‘z ichiga boshqaruvning tamoyillarini, uslublarini, shakllarini va usullarini qamrab oladi. Moliyaviy menejment — bu pul oqimini, moliyaviy resurslarning harakatini va moliyaviy munosabatlarni tashkil etishni spesifik boshqarish tizimidir. Moliyaviy menejment boshqaruv tizimi sifatida ikkiga bo‘linadi va uni sxematik ravishda quyidagicha taqdim etish mumkin. Kirish Axborot holati to‘g‘risida axborot Tashqi Boshqaruv sub'ekti Moliya direksiyasi va uning bo‘linmalari Moliyaviy menejer Komanda axboroti Boshqaruv sub'ekti ………………………………………………………………………………… Moliyaviy munosabatlar Pul oqimi Kapitalning aylanma doirasi Moliyaviy resurslar Chiqish Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling